16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Jamiyat 👁 240

“HUNARMAND” UYuShMASINING AMUDARYo TUMANI BOʻLIMI TOMONIDAN YoShLARGA KASB-HUNAR OʻRGATILMOQDA

“HUNARMAND” UYuShMASINING AMUDARYo TUMANI BOʻLIMI TOMONIDAN YoShLARGA KASB-HUNAR OʻRGATILMOQDA

Juda qadim zamonlarda ham hozirda mamlakatimiz hududida yashovchi xalqlar orasida hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, oʻzbek milliy hunarmandchiligi mahsulotlari – qoʻlda toʻqilgan gilam, rang-barang gullar bilan bezatilgan choyshab va sochiqlar, yostiq va koʻrpa jildlari, soʻzana va palaklar qardosh xalqlarni oʻziga jalb etib kelgan. Xalq hunarmandchiligining nodir namunalari asrlar osha betakror jozibasi bilan dunyo miqyosidagi koʻrgazmalar va tarixiy muzeylar zallarini bezab, millionlab insonlarga hayrat bagʻishlagani, ayni paytda, yuksak darajada taraqqiy etgan texnika asrida ham qadr-qimmatini yoʻqotmagani xalq hunarmandchiligi mahsulotlarining har bir inson qalbiga yaqinligidan.

Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasida hunarmandchilik bilan shugʻullanayotgan “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari soni 4 316 nafarni tashkil etadi. Shundan usta-hunarmandlar soni 1 035 nafar, shogirdlar soni esa 3 281 nafarni tashkil etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida Hunarmandchilikning 43ta yoʻnalishidan 29ta yoʻnalishi mavjud boʻlib, shulardan bugungi kunda hududimizda gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar, metallardan buyumlar yasash, yogʻochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash, milliy liboslar tayyorlash, mualliflik mebellarini tayyorlash, tunukadan buyumlar tayyorlash, musiqa asboblarini tayyorlash, esdalik buyumlarini tayyorlash, qoʻlda gilam toʻqish, kashtachilik hamda bosh kiyimlar tayyorlash yoʻnalishlari rivojlangan.

“Hunamand” uyushmasining maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalq hunarmandchiligi anʼanalari asosida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar faoliyatlarini muvofiqlashtirish, oʻzaro hamkorlik va erkin raqobat muhitini yaratish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

“Hunarmand” uyushmasi aʼzolari boʻlgan usta hunarmandlar tomonidan ustoz-shogird” anʼanalari asosida ishsiz xotin-qizlarga va yoshlarga muntazam ravishda turli hunarlari oʻrgatib kelinmoqda.

Joriy yilning 12-fevral kunidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi tashabbusi bilan, “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi, “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi, Amudaryo tuman hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tumani boʻlimi hamkorligida tumandagi hunar oʻrganish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda kengaytirish istagida boʻlgan xotin-qizlar va yoshlar biznes trening kurslarida kasb-hunarga oʻqitildi.

Shuningdek, oʻquv kurslarida hunarmandchilikning quroqchilik, qoʻlda gilam toʻqish, oddiy metallardan yasalgan taqinchoqlar, tikuvchilik yoʻnalishlari boʻyicha biznes rejani ishlash, uni qanday qilib amalga oshirish boʻyicha seminar trening oʻtkazildi.

Amudaryo tumanida hozirgi vaqtda hunarmandchilik subʼektlari soni 141ta boʻlib, shundan 45 nafari usta-hunarmandlar, 96 nafari esa shogirdlar hisoblanadi.

Endilikda, ushbu oʻquv kurslarida tahsil olgan xotin-qizlar va yoshlar oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish orqali daromad topishiga hamda tumanda tadbirkorlar sonining oshishiga ham turtki boʻladi.

Ravshan Bahromov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019