16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:45
Sport 👁 363

AMUDARYo TUMANI SPORT MAKTABIDA “SOGʻLOM OILA – YaNGI OʻZBEKISTON TAYaNChI” ShIORI OSTIDA AYoLLAR OʻRTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

AMUDARYo TUMANI SPORT MAKTABIDA “SOGʻLOM OILA – YaNGI OʻZBEKISTON TAYaNChI” ShIORI OSTIDA AYoLLAR OʻRTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Oilalarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda ayollarning oʻrni alohida. Ayol sogʻlom boʻlgan oilada tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat hamda baraka boʻladi. Shu bois ham ayollar salomatligini saqlash, ularni sportga jalb qilish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. Chunki ayolning biror bir sport turi bilan shugʻullanishi, eng avvalo oilada sogʻlom, har tomonlama yetuk insonlar kamol topishi uchun sharoit yaratadi. Mamlakatimizda deyarli har yili “Ota-onam va men – sportchi”, “Salomatlik uchun 5000 qadam”, “Gimnatstrada – oilamiz uchun quvonch bagʻishlaydi” mavzularidagi oilaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar shu boisdan ham tobora keng qamrov kasb etmoqda.

Amudaryo tumanida “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” munosabati bilan “Sogʻlom oila – Yangi Oʻzbekiston tayanchi” shiori ostida oʻtkazilayotgan sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarida turli mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan ayollar hamda tumanning eng chekka hududlaridagi ishsiz, uyushmagan xotin-qizlar ham faol ishtirok etishmoqda. Shunisi eʼtiborliki, oʻtkazilayotgan sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari va sportning turli yoʻnalishlaridagi musobaqalar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat, joʻshqinlik baxsh etmoqda.

Joriy yilning 23-24-fevral sanalarida Amudaryo Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining sport maydonida boʻlib oʻtgan voleybol musobaqalari ham “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”ga bagʻishlandi va mazkur musobaqada tumandagi turli mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan iborat 12ta jamoa ishtirok etdi.

“Sogʻlom oila – Yangi Oʻzbekiston tayanchi” shiori ostida boʻlib oʻtgan musobaqalar nihoyatda qizgʻin bahslarga boy, qiziqarli tarzda oʻtkazildi. Ikki kun davom etgan qizgʻin bellashuvlar halollik va shaffoflik asosida amalga oshirilishi uchun musobaqa tashkilotchilari tomonidan ishtirokchi jamoalar aʼzolari musobaqa shartlari bilan oldindan tanishtirildi. Unga koʻra kishloq va mahallalarda eng yaxshi, chaqqon va epchil xotin-qizlardan iborat jamoalar shakllantirilib, musobaqaga oldindan puxta hozirlik koʻrildi.

Voleybol sportidagi asosiy qoidalar, voleybol maydonchasida oʻyinchilarning joylashish tartibi, bir jamoa bilan ikkinchi jamoa aʼzolari oʻrtasida oʻzaro eʼtibor va hurmat tushunchalari xususida zarur maʼlumot va tavsiyalar berildi. Natijada musobaqalar shaffoflik asosida, doʻstona vaziyatda oʻtdi.

Ikki kun davom etgan qiziqarli bahslar natijalariga koʻra, Amudaryo sport maktabining ayollar jamoasi faxrli 1-oʻrinni egalladilar. Ikkinchi oʻrin esa 63-sonli umumtaʼlim maktabining pedagog ayollar jamoasiga nasib etdi. Uchinchi oʻrin uchun daʼvogarlar koʻp boʻldi. Halollik va shaffoflik tamoyiliga koʻra, jamoalarning voleybol sporti qoidalariga muvofiq koʻrsatgan qiziqarli oʻyinlari, sportchi madaniyatini saqlash boʻyicha hatti-harakatlari eʼtiborga olinib, namunali jamoa sifatida 19-sonli umumtaʼlim maktabi xodimlaridan iborat xotin-qizlar jamoasi uchinchi oʻringa loyiq koʻrildi.

Jamiyatimizda sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish, sogʻlom oilalar safini yanada oshirish, har tomonlama yetuk va barkamol insonni tarbiyalab, voyaga yetkazishga qaratilgan mazkur tadbir ishtirokchilarda oʻzaro doʻstlik, vatanparvarlik va oilaparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlab, jismoniy faollikka undagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019