16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:45
Sport 👁 322

Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv sport-texnika klublari sportchilari oʻrtasida yozgi biatlon musobaqalari oʻtkazildi

Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv sport-texnika klublari sportchilari oʻrtasida yozgi biatlon musobaqalari oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi oʻquv sport-texnika klubi sportchilari oʻrtasida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan yozgi biatlon sport musobaqalarida eng kuchli, jismonan va aqlan yetuk sportchilar oʻzaro kuch sinashadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Qoraqalpogʻiston respublikasi Kengashining 2024-yil 1-martdagi 17-sonli buyrugʻiga asosan Joriy yilning 4-mart kuni Amudaryo tumanida yoshlar oʻrtasida “Yozgi biatlon” sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashining 2024-yilgi ish rejasiga koʻra, Shuhrat Kamolov xotirasiga bagʻishlangan Qoraqalpogʻiston kubogi sport musobaqasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tasarrufidagi oʻquv sport-texnika klubi jamoalari ishtirok etdilar.

Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlaridan 8ta jamoa ishtirok etishdi. Ertalab soat 10:00da tantanali ravishda boshlangan musobaqa maydonida barcha jamoalar saf tortib turishdi. Tadbirni tashkilotning Qoraqalpogʻiston respublikasi Kengashi raisi Quatbay Razbekov ochib berdi va sportchilarga omad tiladi.

Musobaqa shartiga koʻra, ishtirok etayotgan jamoalarning har bir aʼzosi 3000 metrga yugurishi va oraliqda bir marta tik turgan holatda, keyingi aylanani yugurib oʻtib, yotgan holatda havo miltigʻidan nishonlarga oʻq otishni amalga oshirdilar. Agarda berilgan 5 ta oʻqdan nishonlarga kam tegizilsa, shuncha marta belgilangan jarima aylanasini qoʻshimcha ravishda yugurib oʻtdilar.

Bu yilgi yozgi biatlon sport musobaqalari har galgidan ertaroq boshlandi va ishtirokchi jamoalar musobaqani oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan Nizom bilan oldindan tanishtirildi. Shu bilan birga musobaqaning namunaviy shartlari asosida puxta tayyorgarlik koʻrishlari uchun oʻzlari aʼzo boʻlgan oʻquv sport-texnika klublari tomonidan zarur sharoitlar yaratildi. 110 nafardan ziyod sportchi-yoshlar ishtirok etgan musobaqa ishtirokchilar uchun ham, tomoshabinlar uchun ham nihoyatda qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi.

Shu bilan birga mazkur musobaqada tumanlardagi oʻquv sport-texnika klublari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismonan baquvvat, maʼnan yetuk insonlar sifatida shakllanishlarini taʼminlashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaviy ishlarning holatiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, kuchli, epchil, ayniqsa, merganlik qobiliyatiga ega yoshlarning chiqishlari, sportchi madaniyatiga amal qilishlari ham inobatga olindi.

Musobaqa kurashlarga boy, qiziqarli tarzda oʻtdi. Barcha jamoalar gʻolib chiqish uchun harakat qildilar. Musobaqa yakunida yaxshi natijalar koʻrsatgan jamoalar gʻolib va sovrindorlar qatoridan oʻrin oldilar. Unga koʻra, yozgi biatlon boʻyicha eng kuchli jamoalar aniqlandi. Amudaryo tuman oʻquv sport-texnika klubi jamoasiga 1-oʻrin, 2-oʻrin Beruniy tuman oʻquv sport-texnika klubi jamoasiga, 3-oʻrin esa Qoraoʻzak tuman oʻquv sport-texnika klubi jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida oʻgʻil bollalar oʻrtasida yaxshi natijalar koʻrsatgan sportchilar ham aniqlandi. Unga koʻra, ishtirokchilardan Behruz Baxtiyarov 1-oʻrin, Zafar Qodirov 2-oʻrin, Jasurbek Davletboyev 3-oʻrin sohiblari boʻldilar.

Shuningdek, musobaqada yaxshi natijalar koʻrsatgan sportchi qizlardan Charos Oʻrazboyeva 1-oʻrin, Shohida Bazarboyeva 2-oʻrin, Shohida Sabirova 3-oʻrin sohibalari boʻlishdi.

Tadbir yakunida gʻolib jamoa va shaxsiy birinchilikka erishgan sportchilarga “Vatnparvar” tashkiloti tomonidan diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019