16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:29
Qishloq xoʻjaligi 👁 378

Qishloq xoʻjaligi texnikalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmoqda

Qishloq xoʻjaligi texnikalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmoqda

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan barcha turdagi texnika vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tadbirlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Chunki bahorgi ekish mavsumidan to kech kuzda yetishtirilgan hosilni yigʻib-terib olgunga qadar boʻlgan mavsumiy yumushlarning barchasida texnika dehqonga qoʻl-qanot.

Ayni kunlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari tasarrufidagi mavjud texnika vositalarining bahorgi ekish mavsumiga qay darajada shayligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Agroinspektsiyasining Amudaryo tuman boʻlimi xodimlari tomonidan maxsus koʻrikdan oʻtkazilmoqda.

Tumandagi fermer xoʻjaliklari ixtiyoridagi qishloq xoʻjalik texnikalariga xizmat koʻrsatuvchi muqobil mashina-traktor parklarida amalga oshirilayotgan tiklash-taʼmirlash jarayoni Agroinspektsiyaning tuman boʻlimi xodimlari tomonidan qatʼiy nazoratga olingan boʻlib, ishning sifatli bajarilishiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy 2024-yil bahorgi ekish mavsumida qatnashadigan texnikalarni taʼmirlash ishlariga masʼul boʻlgan joylardagi 18ta muqobil mashina-traktor parklaridagi barcha qishloq xoʻjalik texnikalari va ularning tirkamalarining ekishga tayyorlik holati Agroinspektsiya mutaxassislari tomoindan sinchiklab koʻzdan kechirildi. Oʻrganishlar jarayonida 18ta muqobil mashina-traktor parklariga taʼmirlash uchun keltirilgan 150 dona seyalka, 325ta kultivator, 1700ta tishli borona, 293ta molani taʼmirlash ishlari yakunlangani va ekish ishlariga shay qilib qoʻyilgani aniqlandi.

Dehqonning asosiy ish quroli boʻlgan texnika vositalarining sozligi, albatta, boshlanayotgan yangi dehqonchilik yilining muvaffaqiyatli oʻtishi uchun mustahkam zamin hisoblanadi. Shu bois, amudaryolik fermerlarning dalalarida ekish ishlarida qatnashadigan texnikalarning mavsumga sifatli tayyorlanganligi alohida eʼtirof etilib, texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi haqida sertifikatlar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Amudaryo tuman boʻlimi xodimlari Turkmaniston muqobil mashina-traktor parkida boʻlishib, mazkur korxonaga keltirilgan paxta va boshqa qishloq xoʻjalik texnikalarining texnik sozlik holatini koʻrikdan oʻtkazdilar.

Mazkur muqobil mashina-traktor parklarida yigʻilib, taʼmirlangan 7ta chigit ekish seyalkasi, 19ta kultivator, 108dona tishli borona, 19ta temir mola ekish mavsumiga soz holatga keltirilib, ekish ishlariga 100 foiz tayyorligi boʻyicha 27 nafar mexanizatorlarga sertifikatlar berildi.

Shuningdek, Agroinspektsiyaning Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Sarvar Matyoqubov rahbarligidagi mutaxassislar Oq oltin muqobil mashina-traktor parkida ham boʻlishib, bu yerga yigʻilgan texnika vositalarining 2024-yil ekish mavsumiga tayyorligi holati bilan tanishdilar.

Ushbu muqobil mashina-traktor parklarida 9dona chigit ekish seyalkasi, 15ta kultivator agregati, 130 dona tishli borona, 14ta temir mola sifatli taʼmirlangan va ekish mavsumiga soz holatga keltirilgan. Agroinspektsiyaning tuman boʻlimi mutaxassislari xulosasiga koʻra, mazkur muqobil mashina-traktor parklari tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan fermer xoʻjaliklarining mexanizatorlariga texnika vositalarining texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi haqida sertifikatlar topshirildi.

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi ishlarning asosiy qismini texnikalar bajaradi. Shu tufayli bahorgi dala ishlarining oʻz vaqtida va qulay muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlash esa texnika vositalarining sifatli taʼmirlanishiga bogʻliq. Bu borada Agroinspektsiyaning tuman boʻlimi mutaxassislari taʼmirlash jarayoni qatʼiy nazorat asosida olib borilishiga hamisha masʼuldirlar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026