16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:27
Fan va taʼlim 👁 264

52-SONLI MAKTABDA "TARAQQIYoT KOʻZGUSI" GAZETASI TAHRIRIYaTI TOMONIDAN “MAʼNAVIYaT KUNI” DOIRASIDA SUHBAT OʻTKAZILDI

52-SONLI MAKTABDA "TARAQQIYoT KOʻZGUSI" GAZETASI TAHRIRIYaTI TOMONIDAN “MAʼNAVIYaT KUNI” DOIRASIDA SUHBAT OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirish jarayonida ularni maʼnaviy-ruhiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashga alohida eʼtibor berilmoqda. Boisi, ota-bobolarimiz “bilagi zoʻr birni, bilimli zoʻr mingni yiqadi”, deb bejizga aytmagan.

Yoshlarni maʼnaviy kamol toptirishda teran ildizlardan suv ichgan azaliy qadriyatlarimizning, urf-odatlarimizning oʻrni alohidadir. Shu bilan bir qatorda bu borada yoshlarning koʻngil koʻzini ochadigan, oʻzligini anglashga chorlaydigan badiiy asarlar oʻqishga jalb etish, maʼnaviyat targʻibotchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish ham muhim oʻrin tutadi.

Buningdek xayrli vazifa ijrosiga hissa qoʻshish maqsadida Amudaryo tumanining “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati amalga oshirayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant loyihasi doirasida yoshlarning ziyolilar, shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda va ularga maʼnaviy oziq ulashilmoqda.

Yaqinda ana shunday tadbirlardan biri tumandagi 52-sonli maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazildi. Doʻstona, samimiy suhbatda mazkur maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilaridan bir guruhi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibasi, 8ta sheʼriy, nasriy asarlar muallifi, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva, tumanimizda ilk bor Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan, qator sheʼriy kitoblar muallifi Zulfiya Ollayorova, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi, ikkinchi darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibasi Oygul Rajabovalar ishtirok etdilar.

Tadbirda dastlab “Maʼnaviyat kuni” doirasida yurtimizda huquqiy-demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish, yoshlarga zamonaviy ilm-fanni chuqur singdirish, ular koʻnglida el-yurtga sadoqat va milliy gʻurur tuygʻularini yuksaltirish, yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlarni keng targʻib etish maqsadida suhbat olib borildi.

Ijodkorlarning ijod namunalaridan tinglash uchrashuvga yigʻilganlar uchun yanada zavqli boʻldi. Robiya Yoʻldosheva, Zulfiya Ollayorova, Oygul Rajabova, mazkur maktab oʻqituvchisi, uzoq yillardan beri mazmunan boy sheʼrlari bilan tanilgan Gulmirza Bobojonovlarning sheʼrlarini barcha zoʻr qiziqish bilan tingladilar.

Alloma “Oʻqiganim va bilganim sari oʻqimaganim va bilmaganim qanchalar koʻp ekanligini tushunib, xijolat tortaman”, deganida naqadar haq edi. Ha, biz qancha oʻqisak, tinglasak, shuncha shuurimiz oydinlashadi, maʼnaviyatimiz boyiydi.

Mazkur suhbatda oʻqilgan sheʼrlar ham tinglovchilar tomonidan qizgʻin qarshi olingani bejiz emas. Shuningdek, oʻqituvchilarni, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga ijodkorlar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Suhbat soʻngida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zarifboy Eshniyozov maktabga uchrashuv uchun tashrif buyurgan ijodkorlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi va ijodlariga baraka tiladi.

Davra suhbati taassurotlarga boy boʻldi.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019