16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:18
Fan va taʼlim 👁 411

QILIChBOY OVULIDAGI 27-SONLI MTT TARBIYaChILARI “BALLI, QIZLAR!” KOʻRIK-TANLOVIDA FAOL QATNAShIShDI

QILIChBOY OVULIDAGI 27-SONLI MTT TARBIYaChILARI “BALLI, QIZLAR!” KOʻRIK-TANLOVIDA FAOL QATNAShIShDI

Yurtimizda Navroʻzi olam shukuhi kezayotgan ayni kunlarda barcha hududlarda tadbirlar oʻtkazilib, bayram xush kayfiyatda kutib olinmoqda. Ovul va mahallalarda sumalak sayillari, korxona-tashkilotlar, taʼlim muassasalarida esa turli tadbirlar tashkil etilib, hammaga bayramona kayfiyat ulashilmoqda.

Qilichboy ovulidagi 27-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham bahor bayramlari munosabati bilan, shuningdek, yuqori malakali tarbiyachilarni aniqlash va ragʻbatlantirish, ularning pedagogik mahorati, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ilgʻor tajribalarini keng ommalashtirish, kasbiy faoliyatda sogʻlom raqobat hamda ijodkorlik muhitini yaratish maqsadida “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Navroʻz bayrami arafasida oʻtkazilgan ushbu tadbirga fuqarolar yigʻini masʼullari, ovul faollari, ota-onalar va shu yerda ishlagan, ayni kunda nafaqadagi onaxonlar, tarbiyachilar tashrif buyurishdi.

Tadbirni tashkilot direktori Muhabbat Rahimboyeva ochib berdi va mehmonlarni bahor bayramlari bilan qutlab, tanlov qatnashchilariga omad tiladi. Shuningdek, tashkilotda uzoq yillar mudiralik qilib, ayni paytda qarilik gashtini surayotgan Roʻzika Asqarova, tarbiyachi boʻlib ishlagan onaxon Oygul Yusupova va boshqalar, ovulning faol onaxonlaridan Amina Yusupovalar ham soʻzga chiqib, barchani yaqinlashib kelayotgan Navroʻzi olam bilan tabriklashdi.

Tashkilot tarbiyachilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan ushbu koʻrik-tanlovda tayyorlov guruhi tarbiyachilari Malohat Ibodullayeva, Ziyoda Davletova, Gulzebo Qilichbekova, Laylo Atajonovalar, katta guruh tarbiyachilari Dilrabo Bozorboyeva, Shahlo Jumamurodovalar ishtirok etishdi. Tanlovda qatnashgan tarbiyachi-qizlar beshta shart asosida oʻz iqtidorlarini, bilimdonliklari, chaqqonliklari va epchilliklarini koʻrsatishga harakat qilishdi. Tanlov davomida qizlar shartlarga koʻra, salomlashish odobini, savol-javoblar asosida bilimdonliklari, kasbiy mahoratini, qoʻl ishlari, pazandaliklari va isteʼdodlarini koʻrsatishdi.

Tanlovning birinchi shartiga koʻra tarbiyachilar salomlashish odobini talqin qilib berishdi va taʼlim-tarbiya jarayonida yosh avlodga eng avvalo bu odobni singdirishayotganini ifoda etishdi. Keyingi, savol-javob sharti davomida esa tashkilotda qoʻllanilayotgan “Ilk qadam” dasturi va boshqa taʼlim-tarbiya usullari xususidagi bilimdonliklarini sinovdan oʻtkazishdi.

Bahoriy bezak deb nomlangan shart boʻyicha esa gulqogʻozlardan turfa bahoriy gullar, bayramlarga tabriknomalar, plastilindan multfilmlar qahramonlarini yasab mahoratlarini koʻrsatishdi. Oʻzlari yoqtirgan salatlarni tayyorlash sharti boʻyicha esa turli koʻklam salatlarini tayyorlab, pazandaliklarini namoyish etishdi. Erkin mavzu sharti davomida esa qizlar isteʼdodli ekanliklarini ham koʻrsatib, qoʻshiqlar kuylashdi, raqslar ijro etib, tadbirga yanada fayz kiritishdi. Ayniqsa, maromiga yetkazib ijro etilgan ona allasi juda taʼsirli chiqdi va barchaga manzur boʻldi.

Qizlarning har birining chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi va tayyorlov guruhi tarbiyachisi Malohat Ibodullayeva koʻrik-tanlovning mutlaq gʻolibi deb topilib, 1-oʻrin berildi. Koʻrik-tanlovda ishtirok etgan boshqa qizlar ham “Eng ijodkor tarbiyachi”, “Eng tashabbuskor tarbiyachi”, “Eng epchil tarbiyachi”, “Eng zukko tarbiyachi”, “Eng nafosatli tarbiyachi” nominatsiyalariga ega boʻlishdi.

Koʻrik-tanlov davomida Navroʻz, koʻklam, goʻzal yurt madhiga bagʻishlab ijro etilgan qoʻshiqlar, oʻzbek milliy kiyimlaridagi bolajonlar, atlas, adras koʻylaklardagi jajji qizaloqlar ishtirokidagi ajoyib raqslar barchani yanada xushnud etdi. Qiziqarli oʻtgan tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019