16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Fan va taʼlim 👁 256

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari ishtirokida ijodkorlik koʻrgazmasi oʻtkazildi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari ishtirokida ijodkorlik koʻrgazmasi oʻtkazildi

Joriy yilning 19-fevral kuni Amudaryo tumanidagi “Ilk rivojlanish markazi” binosida tumanda faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari hamda ularga masʼul sifatida biriktirilgan pedagoglar ishtirokida amaliy-koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda asosiy eʼtibor “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi talablari asosida “Ijodkorlik ustaxonalari”da qoʻl mehnati orqali yaratiladigan har xil turdagi oʻyinchoqlar va koʻrgazmali qurollardan samarali foydalanish masalalariga qaratildi.

Seminarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi bosh metodisti Hulkar Babajanova va shuʼba metodisti Saule Patullayevalar soʻzga chiqib, tumanda maxsus “Ijodkorlik ustaxonasi” tashkil etilganini, unda har bir maktabgacha taʼlim tashkilotidan biriktirilgan xodimlar muntazam ravishda ijodiy ishlar olib borayotganini taʼkidlab oʻtdi. Yaratilgan didaktik oʻyinchoqlar va ularni tayyorlagan ijodkor pedagoglarning ilgʻor ish tajribalari kelgusida barcha xodimlarga ommalashtirilishi taʼkidlab oʻtildi.

Tadbirda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan "Turon kichkintoylari" bolalar teatr jamoalari uchun maxsus qoʻl mehnati bilan yaratilgan koʻrgazmali qurollar orqali sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Yigʻilganlar eʼtiboriga 29-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Maxsuda Qalandarova tomonidan qoʻgʻirchoq teatri yoʻnalishida “Ur toʻqmoq” ertagi jonli tarzda havola qilindi.

Shuningdek, 18-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Sanobar Bazarbayeva soya teatri usulida “Kapalak” ertagini mahorat bilan koʻrsatib berdi. 8-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti vakili Shahlo Eshimbetova esa barmoq va qoʻlqop teatri yoʻnalishidan foydalangan holda “Sholgʻom” ertagini sahnalashtirdi. Bundan tashqari, 45-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Komila Amankulova stol teatri yordamida “Tulki va turna” ertagini yigʻilish ishtirokchilariga namoyish qildi. Ushbu rang-barang sahna koʻrinishlari seminar ishtirokchilari tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi va mutaxassislarda juda katta taassurot qoldirdi.

Seminarning navbatdagi qismida koʻplab ijodkor pedagoglar oʻzlarining qoʻl mehnati asosidagi mahsulotlari bilan yaqindan oʻrtoqlashdilar. Jumladan, 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Oysha Safarbayeva, 36-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Nasiba Babaniyazova hamda 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Oʻgʻiljon Rajabovalar oʻzlari yaratgan didaktik oʻyinchoqlar namoyishini oʻtkazdi. 9-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Mohira Xolimbetova, 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Mohira Jalalova va 17-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Muborak Yuldashevalar tomonidan tayyorlangan didaktik oʻyinchoqlar ham seminar ishtirokchilarida katta taassurotlar qoldirdi. Ayniqsa, 19-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Asaloy Seytbayeva hamda 38-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Salomat Qurbanbayevalar tomonidan yaratilgan oʻziga xos didaktik oʻyinchoqlar bolalarning har tomonlama rivojlanishiga hissa qoʻshishi alohida qayd etildi.

Mutaxassislar mazkur koʻrgazmali qurollarning qanday materiallardan va qay usulda yasalishini, qaysi mavzularda hamda qaysi yosh guruhlarida foydalanilishini batafsil tavsiflab berdilar. Eng muhimi, ushbu vositalar orqali bolalarda qanday bilim va koʻnikmalar shakllanishi alohida tushuntirildi.

Seminar yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan qizgʻin savol-javoblar oʻtkazilib, qatnashuvchilarning barcha fikr va mulohazalari tinglandi. Tashkilotchilar kelgusida qoʻl mehnati bilan oʻyinchoqlar yaratish boʻyicha maxsus qoʻllanmalar ishlab chiqilib, yaratilgan didaktik materiallar boʻyicha ijodkor pedagoglarning ilgʻor ish tajribasi barcha taʼlim tashkilotlarida keng ommalashtirilishini alohida qayd etdilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019