16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Iqtisodiyot 👁 289

Oq oltin ovulidagi oʻzini oʻzi band etgan, tomorqasidan unumli foydalanayotgan hamyurtlarimiz hayotidan

Oq oltin ovulidagi oʻzini oʻzi band etgan, tomorqasidan unumli foydalanayotgan hamyurtlarimiz hayotidan

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlar banligini taʼminlash, ularning hayotda, jamiyatda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumanidagi barcha ovul va mahallalarda faoliyat olib borayotgan “yettilik” tomonidan aholining band boʻlmagan qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tumanimizdagi Oq oltin ovulida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoli Mohira Yakubova hududdagi ishsiz xotin-qizlarning hayot tarzining oʻzgarishida, oʻzlarining iqtidorlari va qobilayatlarini yuzaga chiqarishi, oʻzini oʻzi band qilishida har tomonlama yordam bermoqda.

Oq oltin ovulida yashovchi yosh oila bekasi, 2 nafar farzandning onasi Muyassar Saparboyevaning tikuvchilik kasbiga qiziqishi juda katta ekanligini bilgan Mohira opa uning hozirgi kunda yaxshi daromad topayotgan qoʻli gul tikuvchi boʻlishiga katta hissa qoʻshgan.

Muyassar Saparboyeva oddiy, eski tikuv mashinasi orqali qoʻni-qoʻshni va qarindoshlarning kiyimlarini tikib berayotganini koʻrgan xotin-qizlar faoli Mohira Yakubova oʻtgan yili unga 22 mln soʻm miqdorida kredit mablagʻi olishiga hamda ushbu mablagʻ hisobiga yangi, zamonaviy koʻp funktsiyali tikuv mashinalari olishiga amaliy yordam berdi.

Shuningdek, Muyassar “Tamara Textil” MChJda oʻqib, kasb-hunar oʻrgandi hamda tikuvchilik sohasi boʻyicha bilimlarini yanada boyitdi. Hozirda Muyassarning 2 nafar shogird qizlari u bilan birgalikda faoliyat yuritib kelmoqdalar. Risolat Davletboyeva, Sevara Rahimbergenova kelgusida ustozi kabi qoʻli gul tikuvchi boʻlish uchun yangi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar hamda bandligi taʼminlanib oʻzlarining kundalik ehtiyojlari uchun daromad topmoqdalar.

Ayni paytda Muyassar uyda farzandlari parvarishi hamda uy yumushlarini qilish bilan bir qatorda uy sharoitida tikuvchilik orqali yaxshi daromad topib kelmoqda. Mijozlari soni kundan kunga koʻpaymoqda.

Ana shunday qoʻli gul hunarmadlardan yana biri Gulchehra Oʻtaboyeva ishsiz xotin-qizlardan biri sifatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan edi. Gulchehraning toʻquvchilikka boʻlgan qiziqishi bolalik chogʻlarida uygʻongan. U toʻquvchilikning sirlarini ilk bora momosidan oʻrgangan. 3-4-sinf oʻquvchisi boʻlgan paytlaridayoq toʻqishni oʻrganib, oʻziga va oila aʼzolariga turli kiyim-kechaklar toʻqiy boshlagan.

Gulchehra kasb-hunar kollejida oʻqib, oʻz bilimlarini yanada boyitdi hamda hunarmand toʻquvchi sifatida sertifikatga ega boʻldi. Hozirda 3 nafar farzandning onasi Gulchehra uyida ham farzandlar tarbiyasi bilan shugʻullanadi, ham qaynona-qaynotasining xizmatini qiladi hamda qoʻni-qoʻshni, qarindosh urugʻlar, tanish-bilishlar uchun buyurtma asosida turli kiyim-kechaklar, qishki bosh kiyimlar, qoʻlqoplar, paypoqlar, nimchalar hamda turli koʻrinishdagi yumshoq oʻyinchoqlar toʻqib, oilasiga yaxshi daromad olib kelmoqda.

Gilamdoʻzlik ota-bobolarmizdan, avloddan avlodga yetib kelayotgan eng qadimiy hunarlardan biridir. Oq oltinlik yana bir hamyurtimiz Toʻlgʻonoy opa Xudaybergenova gilam toʻqish sirlarini ota-bobolaridan oʻrgangan. Maktab oʻquvchisi boʻlgan paytlaridan buyon gilam toʻqish bilan shugʻullanib keladi.

Maktabni bitirgandan keyin otasi va akasi Toʻlgʻonoy opaga katta gilam toʻqish asbobini yasab berishadi. Ushbu uskunani hozirgi kunga qadar avaylab-asrab foydalanib kelayotgan Toʻlgʻonoy opa katta xonadonidagi barcha gilamlarni oʻz qoʻl mehnati bilan toʻqigan. Bugungi qadar Toʻlgʻonoy opa koʻplab shogirdlar chiqargan.

Hozirgi kunda 3 nafar oʻgʻli, kelinlari, nevaralari bilan katta oila boʻlib birgalikda yashab kelayotgan oilaning hamjihatligi havas qilgulik. Kelinlari va nevaralari ham Toʻlgʻonoy opadan katta qiziqish bilan gilamdoʻzlik sirlarini oʻrganib kelishmoqda.

Oq oltin ovulida yerdan unumli foydalanib kelayotgan hamyurtlarimiz ham juda koʻp. Shulardan biri Karimboy aka Niyatullayev oʻz tomorqasida issiqxona tashkil etib, turli xil savzavotlar yetishtirib kelmoqda.

Karimboy aka oila aʼzolari bilan bundan 4-yil oldin bank krediti hisobiga tomorqasida tashkil etgan 2,5 sotixlik issiqxonasida mehnat qilishadi. Issiqxonada, asosan, Karimboy akaning turmush oʻrtogʻi Xushroʻy Allambergenova va kelini Dildora Sobirova ekilgan pamidor, bodring, rediska, piyoz, kortoshka, karam kabi sabzavotlar nihollarini parvarish qilishadi. Yiliga ikki marta hosil olinadigan issiqxonada suv tejamkorligi uchun tomchilatib sugʻorish yoʻlga qoʻyilgan. Oila oʻzlarining isteʼmolidan ortgan sabzavotlarni Mangʻit dehqon bozoriga olib borib sotadi va yaxshi daromad oladi.

Shuningdek, Oq oltin ovulida yashovchi nuroniy Qurolboy ota Kamolov 15-yildan buyon tomorqasida tashkil etgan issiqxonasida turli mahsulotlarning koʻchatlarini yetishtirib kelmoqda.

Qurolboy ota tomoqasidagi archa nihollarini yoshligida Rossiyadan olib kelgan va koʻpaytirishni yoʻlga qoʻygan. Tomorqadagi 4 sotix yer maydonida tashkil etilgan issiqxonada farzandlari va kelinlari pomidor, bodring, rediska, karam kabi sabzavotlar hamda mevali daraxtlar koʻchatlarini yetishtirishadi. Yetishtirilgan koʻchatlarni ovul aholisiga hamda bozorga olib borib sotadi va bundan kelayotgan daromad evaziga oilaning iqtisodiy ahvoli kun sayin yaxshilanmoqda.

Ovuldagi xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit va subsidiyalarni jalb qilish, oilalarning iqtisodiy sharoitini yaxshilashga hissa qoʻshayotgan Oq oltin ovuli xotin-qizlar faoli Mohira Yakubovaning kelgusidagi faoliyatiga ham rivoj tilaymiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019