16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:32
Jamiyat 👁 420

DOʻRMAN QIShLOGʻINI KOʻRGANI KELING!

DOʻRMAN QIShLOGʻINI KOʻRGANI KELING!

Doʻrman – Amudaryo tumanining Qilichboy mavzesidagi jannatmakon qishloqlaridan biri. Xalqi juda mehnatkash, ahil, inoq. Bir bora bu qishloqda boʻlgan kishining xotirasida yoʻl boʻylarida saf tortgan qoratollar, olcha daraxtlari, mevazor bogʻlar, ariqlar boʻylarida qishloqqa kelguvchilarga xuddi: “Xush kelibsiz”, deganday bosh egib turgan naʼmatak butalari, obod va farovon xonadonlar, qalblarni entiktirib yuborguvchi soʻlim tabiat manzaralari bir umr muhrlanib qoladi. Shuning uchun ham Oʻzbekistonning, Qoraqalpogʻistonimizning qay goʻshasida boʻlib, “Amudaryodanman”, desangiz, albatta, Doʻrman qishlogʻi, uning betakror, soʻlim tabiati, hosildan shoxlari larzon mevazor bogʻlari haqida soʻrashadi. Doʻrmanni Oʻzbekistonning dunyoga mashhur Shohimardon, Soʻqoq, Gʻazalkent, Nanay kabi qishloqlariga mengzashadi.

Haqiqatan ham bir vaqtlar osmonoʻpar boʻyteraklari bilan tilga tushgan Doʻrman qishlogʻining bugungi koʻrki, toʻrt fasl tarovatini oʻzida mujassam etgan yam-yashil archazorlari, tobora obodlik kasb etayotgan infratuzilma obʼektlari bilan yanada chiroy ochgan.

Umumiy yer maydoni 156 gektar boʻlgan bu goʻzal maskanda 2673 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi, yaʼni salkam  1000 nafari yoshlar hissasiga toʻgʻri kelishini inobatga olsak, doʻrmanliklar tobora yosharib borayotganini his etasiz. Hududdagi 100 gektarlik ekin maydonining har bir qarich yeridan unumli foydalanayotgan aholi turmush tarzi havasga munosib. Boʻzchi, Bekobod, Paxtaobod, Sarioltin, Kunxoʻja nomidagi va Oltinsoy koʻchalarining har birida tadbirkorlik subʼektlari – 2ta sartaroshxona, ayollar goʻzallik saloni, dorixona, 7ta kundalik ehtiyoj mollari bilan savdo qiluvchi doʻkon, chevarlik tsexlari mavjud.

Qishloq aholisining oʻzaro mehr-oqibati, birdamligi bois, oʻzbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari birining mushkulini biri oson, ogʻirini yengil qilib yashashga odatlanishgan.

– Qishloqda begona yoʻq, – deydi mamnuniyat bilan OFY raisi Atamurat Yusupov, –hamma bir-biriga qon-qarindosh, qardosh, ildizi, orzu-niyatlari, hatto taqdirlari tutash insonlar. Shuning uchun ham hamqishloqlarimizning bitmagan ishi qolmaydi.

Haqiqatan ham doʻrmanliklar hududni obodonlashtirish, koʻkalamzor goʻshaga aylantirish, bogʻ-rogʻ yaratib, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishda hamisha  yakdil. Kech kuzda, erta bahorda qishloq ahli jam boʻlishib koʻchalar boʻylariga, guzar yoʻllar chetlariga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishadi. Aholi tomorqa yerlarini suv bilan taʼminlovchi ariqlarni kech kuzda ham, erta bahorda ham yaxshilab tozalab qoʻyishga odatlangan aholi uchun yerlarni sugʻorish masalasida muammo tugʻilmaydi, suv yoʻli toza boʻlgach, isrofgarchilikning oldi olinadi va suv ravon oqadi.

Qishloq hududida amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlarda “Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boʻzchi va Bekobod koʻchalariga shagʻal-tosh yotqizish, Bekobod-4 koʻchasi aholisining elektr energiyasi taʼminotini  yaxshilash maqsadida transformator oʻrnatishda, shuningdek, Bekobod koʻchasining 600 metrlik qismida yangidan yoʻl ochilib, 8 km. uzunlikdagi suv yoʻllarining tozalanishida “Mahalla yettiligi”ning tashabbusi, aholining hamjihatligi tufayli barcha ishlar samarali va sifatli yakun topdi. Bu hamjihatlik kech kuzda, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi koʻchat ekish ishlarini ham muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berdi. OFY raisi Atamurat Yusupov bosh-qosh boʻlgan kuzgi koʻchat ekish mavsumida doʻrmanliklar “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda 1200 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi. Qishloq hududidagi 3 km. markaziy yoʻl boʻylaridagi daraxtlarga ohak bilan ishlov berilib, naʼmatak butalari tartibga keltirildi. Bekobod-7, Bekobod-5 koʻchalariga 45 dona beton ustunlar oʻrnatilib, 550 metr SIP kabellari tortildi. Yuksak maʼnaviyat koʻchasiga esa 12 dona quyosh panelli tungi yoritgichlar oʻrnatilganidan aholi mamnun.

Paxtaobod va Oltinsoy koʻchalarida istiqomat qiluvchi aholi koʻchalarning notekis, oʻnqir-choʻnqirligidan, qishda loy, yozda chang koʻtarilib, xonadonlargacha kirib borishidan aziyat chekishardi. Bu muammo ham “Mahalla yettiligi”ning hamkorligi, qolaversa, aholining hamjihatligi tufayli ijobiy yechim topdi. Mazkur koʻchalarning 1 km. qismiga tosh va shagʻal toʻshaldi.

Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida “Yashil energiya” resurslaridan samarali foydalanilmoqda. Xususan, OFY binosiga quyosh paneli, hududdagi koʻchalar boʻylariga quyosh panelli tungi yoritgichlar oʻrnatildi. Qishloq hududini tuman markazi va qoʻshni Xorazm viloyatining Gurlan tumani bilan bogʻlovchi guzar yoʻlini kesib oʻtuvchi zahkash ustiga temir-beton koʻprik qurilgani esa aholi uchun katta qulaylik yaratdi. Endilikda aholi har ikkala tumanlar markaziga borish uchun olis masofadan, aylanib yurishmaydigan boʻlishdi, yoʻl ham, vaqt ham qisqardi.

Qishloq aholisini ijtimoiy himoyalash, aholi bandligini taʼminlash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli Prezidentimizning shaxsiy tashabbuslari bilan har bir mahalla uchun ajratilgan 500 mln. soʻmlik davlat mablagʻi hisobidan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 11tasining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida xonadonlarining tom qismi shiferlab berildi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi oʻrganishlar natijasida 49 nafar ishsiz fuqaroga oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida yakka tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun sharoit yaratish maqsadida imtiyozli kredit mablagʻlari olishlariga koʻmaklashildi va 2 nafar fuqaroga subsidiya ajratildi.

Ayni paytda doʻrmanlik tomorqa yer egalaridan 7 nafarining  oʻz issiqxona xoʻjaligi bor. 4 nafar fuqaro esa baliqchilik bilan shugʻullanadi. 3ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 1ta tozalangan suv bilan taʼminlash shoxobchasi, goʻsht doʻkoni, etikdoʻzlik ustaxonasi va 12ta xalq isteʼmol mollari va oziq-ovqat doʻkonlari doʻrmanliklar xizmatida. Kuniga 5 xildagi non yopadigan nonvoyxona xizmatidan aholi mamnun.

Doʻrmanliklarning farzandlari taʼlim-tarbiya oladigan 20-sonli va 84-sonli maktablari esa haqiqiy maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari hisoblanadi.

Oʻz faoliyati davomida necha minglab bilimdon yoshlarni katta  hayot sari uchirma qilgan 20-sonli maktabning sobiq bitiruvchilari orasida yirik davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar borligini hisobga olsak, Doʻrman qishlogʻining soʻlim tabiatidan bahra olib ulgʻaygan insonlar haqiqiy elparvar, vatanparvarlardir.

Hududdagi 84-sonli umumtaʼlim maktabi nafaqat oʻzining soʻlim tabiat bagʻrida joylashgani, balki ushbu taʼlim maskanida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tufayli ham havasga munosib. Yam-yashil archazorlar bagʻridagi muhtasham binoda taʼlim-tarbiya olayotgan doʻrmanlik  yoshlar erishayotgan yutuqlar alohida mavzu. Hududdagi 15-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining burro soʻzlashlari, hatto oʻzlari tugʻilib-oʻsgan qishloq bilan faxrlanishlari ham havasga munosib.

Darvoqe, “Mahalla yettiligi”ning hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari bilan 2023-yil davomida ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan fuqarolarning oʻz hayotlarini yaxshilashlari uchun zarur sharoitlar yaratildi. 45 nafar yoshga, 93 nafar “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan ayol-qizlarga, “Temir daftar”dagi 1 nafar fuqaroga hududdagi fermer xoʻjaliklari tomonidan sabzavot ekinlari ekishlari uchun 15 gektar yer ajratib berildi. “Yoshlar daftari”dagi 17 nafar, “Ayollar daftari”dagi 12 nafar ishsiz xotin-qizlarning har biriga bugʻdoydan  boʻshagan maydonlar takroriy ekinlar ekish uchun 0,25 sotixdan ajratilib, ularning oʻz oilalari iqtisodini yaxshilashlari uchun koʻmaklashildi.

Qishloqda boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi bor boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 19 nafar ayol-qizlar “Mahalla yettiligi”ning doimiy eʼtiborida. Ularning har biriga 1 320 000 soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratilib, 12 nafar tibbiy muolajaga muhtoj ayollarning oʻz salomatliklarini tiklashlarida, sogʻlomlashtirilishida koʻmaklashildi.

Doʻrman – usta paxtakor, mohir tomorqachi, har bir qarich yerning qadrini oshirib, bogʻ-boʻstonga aylantiruvchi fidoyi insonlar yurti. Qishloq ahli 2023-yilda boʻsh turgan 5 gektar yer maydonini kim oshdi savdolari orqali yutib olib, bu yerlarda moʻl-koʻl hosil  yetishtirdilar. Ular nafaqat oʻz oilalari, balki amudaryoliklar, qolaversa, Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlari aholisi dasturxonlarini ham sarxil noz-neʼmatlari bilan boyitdilar.

Elim, yurtim, oilam, farzandim, deb yashaguvchi qishloq ahli uchun qaynona-kelin mojarosi, qoʻshni bilan qoʻshni oʻrtasidagi araz, gina-kuduratlar begona. Bu qishloqda biri-biriga qon-qarindosh, tub-ildizi bir oilalar farzandlari yashashadi. Qaynona bilan kelin oʻrtasidagi yoki qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasidagi araz, gina-kuduratning oldini olishga nuroniy otaxon va onaxonlar, koʻcha boshchilari, ziyolilar oʻzlarini masʼul deb bilishadi. Shu bois, hududda huquqbuzarliklar, oilaviy  kelishmovchiliklar, firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlar, yosh oilalar oʻrtasidagi araz va ginalarga oʻrin yoʻq.

– Bu kabi salbiy holatlarga barham berish doʻrmanliklarning burchi, – deydi Atamurat Yusupov.

Biz ijodiy jamoamiz bilan tabiati goʻzal va soʻlim, xalqi ahil va mehnatkash Doʻrman qishlogʻida boʻlganimizda bir narsaga amin boʻldik: qayerdaki, odamlar bekorchi boʻlib qolishsa, oʻsha yerda jinoyatlar, huquqbuzarliklar urchiydi, odamlar orasidan mehr-oqibat koʻtariladi. Doʻrman qishlogʻida esa hayot tamoman boshqacha, qishloq ahli mehnatsiz oʻtgan kunini umr daftariga kiritishmaydi, hovlisida kaftdek yerni boʻsh qoldirishni oʻzlariga ep koʻrishmaydi, qoʻshni-qoʻshnisi bilan musobaqalashgan kabi deqqonchilik  qilishadi, tadbirkorlik bilan shugʻullanishadi. Chunki ular kimsan, Qilichniyozboyning avlodlari, izdoshlari. Qilichboyning havosidan nafas olib, Qilichboy arna suvini ichib, oʻsib-ulgʻaygan, farzand tarbiyalayotgan fidoyi xalq!

Xalqimiz bekorga:

– Qanday yashab, mehnat qilishni qilichboyliklardan oʻrganing, – deyishmagan.

Yaxshisi, azizlar, Amu elining jannatmakon vodiysi, sohibkor-bogʻbonlar, fidoyi va mehnatkash insonlar yurti – Qilichboy mavzesining Doʻrman qishlogʻini koʻrgali, musaffo havolaridan toʻyib nafas olgali bir bora keling, bunga yaqqol guvoh boʻlasiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019