16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:24
Qishloq xoʻjaligi 👁 387

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

Bugungi kunda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi sohasini va uning tarmoqlarini yanada rivojlantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada olib borilayotgan islohotlar ijrosini oʻrganish, amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samarasi bilan tanishish maqsadida Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.

Qishloq xoʻjaligi vaziri hamda respublika miqyosidagi agrar soha masʼullari, olimlar tashrif chogʻida dastlab Choykoʻl ovuli hududidagi “Choykoʻl Doʻstlik” fermer xoʻjaligidagi ekin maydoniga Xitoydan keltirilgan urugʻlik chigit ekish ishlari bilan tanishdilar. Vazir uchrashuvga yigʻilgan tumandagi qishloq xoʻjaligi soha mutasaddilariga paxta urugʻini ekish texnologiyasi, hosildorlikni oshirish, xitoy urugʻi va uni ekish borasida tavsiyalar berdi.

Shuningdek, dala oʻquv seminari tashkil etilib, Xitoydan keltirilgan chigitni yerga qadashdan tortib, unga beriladigan oʻgʻitlar, kelgusi hosildorlik, agrotexnik tadbirlarga rioya qilishning ahamiyati va mohiyati yuzasidan shu yerning oʻzida amaliyot sifatida koʻrsatib, tushuntirib berildi.

Fermerlar seminarda ishtirok etayotgan olimlarga Xitoydan keltirilgan urugʻlik chigitning oʻziga xos xususiyatlari xususida savollar berdilar, olimlar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Tashrif mobaynida Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda seminar ishtirokchilari tumandagi tomorqalardan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida olib borilayotgan ekish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib sharoit yaratish, ertangi kun egalarini kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash eng ustuvor ahamiyatga ega yoʻnalishlardan biri sifatida alohida eʼtibor qaratmoqda.

Qishloq xoʻjaligi vaziri tumanda yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida ajratilgan ekin yer maydonlarida olib borilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi. Maʼlumot oʻrnida, seminar ishtirokchilari borgan Xolimbeg ovuli hududidagi 70 nafar ishsiz yoshlarga 15 sotixdan 30 sotixgacha boʻlgan yer maydonlari qishloq xoʻjaligi mahulotlarini ekish va oʻzini oʻzi band qilib, oila iqtisodiga daromad olib kelishlari uchun berilgan. Shuningdek, yoshlarning qishloq xoʻjaligi, dehqonchilik sir-sinoatlarini oʻrganishlari, ekin maydonidan yaxshi hosil olishlari hamda hosildan yuqori daromad olishlari uchun har 5 nafar yoshga 1 nafar fermer biriktirilgan.

Fermerlar yoshlarga berilgan ekin yer maydonlarida ekish ishlarini jadal suratlarda tashkil etishlari uchun texnika va urugʻlik koʻchatlarni yetkazib berishmoqda, qolaversa, bilim, tajribalarini ayamasdan har tomonlama qoʻllab-quvvatlamoqdalar.

Berilgan imkoniyatdan samarali foydalanib, yuqori daromad olishni maqsad qilgan yoshlar oʻzlariga ajratib berilgan ekin yer maydonlarida turli sabzavot koʻchatlari, xususan, kartoshka, piyoz, karam kabi mahsulotlar hamda qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari urugʻlarini yerga qadashmoqda. Masʼullar yoshlarga ajratilgan ekin dalalarida ish qizgʻin ketayogani, koʻzlarida ertangi kunga qatʼiy ishonch aks etgan faol va ishbilarmon yigit-qizlar yerdan unumli foydalanib, oilasi iqtisodini yaxshilash va mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshishga bel bogʻlaginining guvohi boʻldilar.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov tashrif mobaynida nafaqat qishloq xoʻjaligi obʼektlarida, balki aholi xonadonlarida ham boʻlib, tomorqasidan samarali foydalanayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashdi, ularga dehqonchilik madaniyatini yanada yuksaltirish, har qarich yerdan samarali foydalanish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Xolimbeg ovuli hududida yashovchi hamyurtimiz Erkin Qoʻshayev tomorqasida har xil qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib kelayotgan, koʻp yillik tajribaga ega, dehqonchilik sirlaridan yaxshigina xabardor boʻlgan tomorqachilardan biri sifatida hurmat va eʼtiborga sazovor.

Tomorqasidagi har bir qarich yerdan unumli foydalanadigan Erkin Qoʻshayev yuqori eʼtibor va alohida parvarish talab qiladigan qulupnay, limon, xurmo kabi mevalar, kartoshka, piyoz, pomidor, bodring kabi sabzavotlar ekib, yiliga ikki martadan hosil oladi va olasiga yaxshi daromad olib keladi. Shuningdek, dehqonchilik bilan bir qatorda parrandachilik, quyonchilik hamda chorvachilikni ham yoʻlga qoʻygan.

Mahallada istiqomat qiluvchi yana bir hamyurtimiz Shavkat Oʻrozboyevning tomorqasi bilan tanishish chogʻida mehmonlar bu yurtdoshimizning ham anʼanaviy usulda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishdan tashqari, 16 sotix maydonda issiqxona tashkil etib, yerdan samarali foydalanayotganiga guvoh boʻlishdi. Tomorqada pomidor va bodring yetishtirib, oilaviy daromadini yil sayin oshirib borayotgan dehqon yerdan samarali foydalanish boʻyicha koʻp yillik tajribasi va bu yilgi rejalari toʻgʻrisida mehmonlarga maʼlumotlar berdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026