16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Sport 👁 383

Futbol va mini futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi

Futbol va mini futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi

Maʼlumki, 2021-yildan boshlab mahallalarda 16-30 yosh toifasidagi oʻgʻil va qizlar oʻrtasida har yili anʼanaviy tarzda futbol va mini futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari keng qamrovda oʻtkazib kelinmoqda.

Futbolni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni eng quyi tizimgacha tushirish hamda mahallalardan boshlab iqtidorli yoshlarni saralab olish maqsadida tashkil qilinayotgan mazkur musobaqalarda har yili mamlakat boʻylab yuz minglab yoshlar ishtirok etib, iqtidorlarini namoyish qilmoqda va salomatliklarini mustahkamlamoqda.

11-aprel kuni Amudaryo tumanida ham sportning futbol va mini futbol turlari boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlimi masʼullari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama sogʻlom va yetuk insonlar qilib tarbiyalash, ularni sportga keng jalb qilish orqali salomatliklarini mustahkamlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish, shuningdek, mahallalarda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini alohida qayd etdilar.

Maʼlumki, shu yil 20-mart kuni qabul qilingan Prezident qarorida mahalladagi yoshlar yetakchisiga mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, mahallalarda mavjud boʻlgan futbol boʻyicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish, mahallada futbol boʻyicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish va shu kabi boshqa qoʻshimcha vazifalar yuklangan edi.

Prezidentimizning ushbu qarori bilan mahalla terma jamoalarining 12-15 yosh toifalari oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” va 16-30 yosh toifalari oʻrtasida uch bosqichli Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarini oʻtkazish tizimi ravishda yoʻlga qoʻyildi.

Anʼanaviy tarzda futbol va mini futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari ham mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol taʼlim muassasalariga yoʻnaltirib borish, mahallalarni sport inventarlari bilan taʼminlash borasida muhim vosita boʻlmoqda.

Musobaqa Nizomiga koʻra futbol va mini futbol boʻyicha saralash va sektor bosqichlaridan muvafaqqiyatli oʻtgan jamoalar tuman bosqichida oʻzaro kuch sinashadilar. Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, oʻtgan yili futbol boʻyicha musobaqalarning tuman bosqichida mutloq gʻoliblikni Toʻlqin ovuli yoshlari, ikkinchi oʻrinni kuyuk-koʻpirlik yoshlar jamoasi va uchinchi oʻrinni Xolimbeg ovuli yoshlari egallashgan edi.

Mini futbol boʻyicha esa Boʻston mahallasi yoshlari faxrli birinchi oʻrinni, Xizir eli mahallasi yoshlari ikkinchi oʻrinni, Daryoboʻyi mahallasi yoshlari esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edilar.

Jamoalar bu yilgi musobaqalarga alohida puxta tayyorgarlik koʻrgani bois saralash va sektor bosqichlaridanoq oʻyinlar shiddatli tus oldi. Bir necha hafta davom etadigan saralash va sektor bosqichlari yakunlariga koʻra may oyida musobaqalarning tuman bosqichi oʻtkaziladi. Fursatdan foydalanib, futbol va mini futbol boʻyicha Davlat xavfsizligi xizmati kubogi oʻyinlarida ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tilaymiz!

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019