16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:19
Siyosat 👁 479

Endilikda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi” hamkorlikda faoliyat yuritadi

Endilikda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi” hamkorlikda faoliyat yuritadi

Maʼlumki, 2024-yil 4-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur qaror bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari tasdiqlandi.

20-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligida ushbu qarordan kelib chiqadigan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda mazkur masala boʻyicha Amudaryo tumaniga biriktirilgan senator – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi raisi Uliqbek Jalmenov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Joʻqorgʻi Kengesning tumandan saylangan deputatlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, hokimlik va idora-tashkilotlar masʼullari qatnashdi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, endilikda aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish, muammolarini hal etish, hududlarda sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish kabi masalalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi” oʻzaro hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, ushbu hamkorlik yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, aholiga davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, mahalliy byudjet daromadlari barqarorligini taʼminlash kabi masalalarni ham qamrab oladi.

Qaror bilan tuman va shahar Kengashi deputatlariga bir oy davomida oʻzi biriktirilgan mahalladagi “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish, bunda “Mahalla yettiligi” tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligiga alohida eʼtibor qaratish, mahalla fuqarolarining qabulini tashkil etish, aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etish choralarini koʻrish topshirilgan.

Oʻrganish va aholi bilan muloqot natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar hamda bildirilgan takliflar umumlashtirilib, tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etiladi. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati esa deputatlar tomonidan taqdim etilgan muammolarni tegishliligi boʻyicha doimiy komissiyalar oʻrtasida oʻrganish uchun taqsimlaydi. Tuman kengashining doimiy komissiyalari har oyda deputatlar hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan koʻtarilgan muammolarni mutasaddi idoralar vakillari bilan birgalikda oʻrganib, sayyor tarzda muhokama qiladi va hal etish choralarini koʻradi. Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻz yechimini topmagan muammolar esa Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritadi.

Endilikda tuman va shahar Kengashlari har chorakda hududdan saylangan senator va Joʻqorgʻi Kenges yoki tegishli viloyat Kengashi deputatlari ishtirokida sessiya oʻtkazadi. Sessiyada “Mahalla yettiligi” faoliyati va ular bilan hamkorlik samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Mahalla uyushmasi tuman va shahar boʻlimi rahbarlarining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi. Bundan tashqari, fuqarolar yigʻini raislarining faoliyatiga baho beriladi, oʻz faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildiriladi.  

Yigʻilishda Oliy Majlis Senati Kengashining yuqoridagi qarorini amalga oshirish mexanizmlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlikda faoliyat yuritishini taʼminlashda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlarga batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Aytish kerakki, “Mahalla yettiligi” – Kengash – Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik mexanizmining amaliyotga tatbiq etilishi mahallalardagi ishlarni tizimli va samarali tashkil etishga, muammolar yuzasidan oʻz vaqtida va taʼsirchan deputatlik, Kengash va Senat nazorati oʻrnatilishiga xizmat qiladi.

Gʻ.Yeshniyozov, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisining oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019