16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Siyosat 👁 435

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 72-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 72-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2024-yil 25-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – 72-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 2-Chordara saylov okrugidan deputat Muyassar Rahmatullayeva saylandi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi, ekologiya va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Yernazarov hisobot berdi. Hisobotda “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumida ovoz berish yakunlariga koʻra eng koʻp ovoz toʻplagan 12 ta tashabbus gʻolib deb topilib, ushbu tashabbuslarni moliyalashtirish uchun byudjetdan jami 15 mlrd 820 mln soʻm ajratilgani qayd etildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Faxriddin Yusupov hisobot berdi. Hokim oʻrinbosari deputatlarga hududiy investitsiya dasturining bajarilishi, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qabul qilingan Prezident farmonlarining ijrosi hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala muhokamasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Anvar Orazbayev hisobot berdi. Hisobotda Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obʼektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini tizimli oʻrganish boʻyicha 2024-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Sessiyada tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov Amudaryo tumanida 2024-yilning oʻtgan 3 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning profilaktikasini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda hududlar kesimida jinoyatchilik darajasi tahlil qilinib, kelgusida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha takliflar bildirildi.

Deputatlar “2024-yilda tuman aholisini, ijtimoiy soha obʼektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash toʻgʻrisida”gi masalani ham koʻrib chiqdi. Ushbu masala yuzasidan “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi bosh muhandisi Oybek Madaminov, Amudaryo tumani elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi Jasurbek Salayevlar hisobot berdi.

Hisobotlarda masʼullar isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasiga boʻlgan talabini uzluksiz taʼminlash, texnologik yoʻqotishlar hajmini kamaytirish, tarmoqlarni taʼmirlash, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, yangi isteʼmolchilarni tarmoqqa ulash boʻyicha 2024-yilga rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Sessiya soʻngida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hokimlik zaxira yer fondi hisobidagi umumiy maydoni 401,6 gektar boʻlgan ekin maydonlarini “e-auksion” elektron platformasiga qoʻyish masalasi muhokama qilindi. Ushbu masala boʻyicha tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Ilhom Polvonov axborot berdi.

Kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan muhokama qilinib, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019