16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:31
Salomatlik 👁 224

40 yoshdan oshgan aholi oʻrtasida qandli diabetga skrining tekshiruvlari oʻtkazildi

40 yoshdan oshgan aholi oʻrtasida qandli diabetga skrining tekshiruvlari oʻtkazildi

Qandli diabet — bu inson salomatligiga jiddiy tahdid soluvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. Bu kasallik uglevodlar almashinuvining buzilishi bilan bogʻliq boʻlib, insulin ishlab chiqarish yoki uning taʼsirining yetishmasligi natijasida paydo boʻladi. Qandli diabetning erta aniqlanishi va samarali davolanishi kasallikning ogʻir asoratlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda akademik Yolqin Toʻraqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining bir qator hududlarida 40 yoshdan oshgan aholi oʻrtasida skrining tekshiruvlari oʻtkazildi.

Skrining tekshiruvlari — bu kasallikning bor-yoʻqligini aniqlash uchun amalga oshiriladigan testlardir. Bu testlar orqali diabetning dastlabki bosqichlaridayoq uni aniqlash mumkin, bu esa kasallikning oldini olish yoki rivojlanishini sekinlashtirish imkonini beradi.

Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash va profilaktika muassasalarida boʻlib, bemorlar ahvolidan xabar oldi va ularni davolovchi shifokorlarga tegishli tavsiyalar berdi.

Aytish joizki, Oʻzbekistonda qandli diabet va diabet oldi holatlarini aniqlash uchun skrining tekshiruvlarini oʻtkazish amaliyoti keng joriy qilinmoqda. Amudaryo tumani boʻyicha 2,5 mingdan ortiq qandli diabetga chalingan bemorlar roʻyxatga olingan. Dunyo boʻyicha hamda Oʻzbekiston miqyosida olib qaralganda aholining 8-10 foizi ushbu kasallikdan aziyat chekadi. Bundan kelib chiqadiki, tuman boʻyicha 20 mingga yaqin odam qandli diabetga chalingan boʻlishi, ammo aksariyati bu haqida bilmasligi yoki shifokorga vaqtida murojaat qilmagan boʻlishi mumkin. Bu esa kelgusida kasallikning ogʻir asoratlar bilan kechishiga olib keladi.

Shu sababli ham yuqori xavf guruhida boʻlgan insonlar, jumladan 40 yoshdan oshganlar har yili bir marotaba qondagi qand miqdorini aniqlash uchun tegishli tahlillarni topshirishlari tavsiya etiladi.

Akademik Yolqin Toʻraqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mutaxassislari markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali rekonstruktiv plastik jarrohlik boʻlimida ham boʻlib, 16 nafar qandli diabet asoratlari mavjud boʻlgan bemorlarni chuqurlashtiriligna tibbiy koʻrikdan oʻtkazidi va ulardan 4 nafarida jarrohlik operatsiyalarini bajardi. 

Malakali vrachlar tashrifi Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash-profilaktika muassasalari shifokorlarining bilim va tajribalarini yanada takomillashtirishda ham muhim imkoniyat boʻldi.

Notoʻgʻri ovqatlanish, kamharakatlilik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn, nosogʻlom turmush tarzi sabab qandli diabet bilan kasallanganlar soni yildan-yilga koʻpayib, kasallikning oʻzi esa borgan sari yosharmoqda. Shu bois, diabetning oldini olish bugun soha vakillari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. “Qars ikki qoʻldan chiqadi” deganlaridek, nafaqat tibbiyot xodimlari, balki aholi, ayniqsa 40 yoshdan oshgan yurtdoshlarimiz ham oʻz salomatliklariga befarq boʻlmay, har yili qondagi qand miqdorini tekshirtirib turishlari lozim. Bu esa kasallik kelib chiqishining oldini olib, uni barvaqt aniqlash va davolash imkonini beradi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019