16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:31
Salomatlik 👁 369

“Hamshira–2024” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan hamshiralar tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdirlandi

“Hamshira–2024” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan hamshiralar tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdirlandi

Oʻrta tibbiyot xodimlari sogʻliqni saqlash sohasining tayanchi va suyanchi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Odamlar hamshira deganda, bemorlarni parvarish qiluvchi, xushmuomala, qoʻli yengil, bilim va malakasi shifokorlardan qolishmaydigan jonkuyar insonni tasavvur qiladi. Shu sababli ham yurtimizda hamshiralarning mavqeini oshirish, mehnatini qadrlash va ragʻbatlantirish masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda turli tanlovlar oʻtkazilib, ilgʻor hamshiralar mukofotlanmoqda. Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Hamshira” koʻrik-tanlovi ham shular jumlasidandir.

Bu yil ham Toshkent shahrida 12-may – Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda “Hamshira–2024” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi va munosib taqdirlandi. Bellashuvning hududiy bosqichlarida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan 15 nafar soha xodimlari orasidan shaffof va adolatli shart va mezonlar asosida saralab olingan uch nafar hamshiraga maxsus mukofotlar taqdim etildi.

Tanlovning tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasining Jarrohlik boʻlimi navbatchi hamshirasi Qozoqboyeva Hulkar Muzaffar qizi mamlakat miqyosidagi bosqichda faxrli 2-oʻrinni egalladi.   
Shuningdek, Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasining yana bir jonkuyar xodimi Sanobar Ahmedova ham “Hamshira–2024” koʻrik-tanlovda “Yilning eng yaxshi muolaja va emlash hamshirasi” nominatsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston miqyosida 3-oʻrin sohibasi boʻldi.

Tuman Tibbiyot birlashmasida oʻtkazilgan tadbirda koʻrik-tanlovda yuqori natijalarga erishgan hamshiralar Hulkar Qozoqboyeva hamda Sanobar Ahmedova, shuningdek, Tibbiyot birlashmasining bosh hamshirasi Luiza Yangiboyevalar rahbariyat tomonidan faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Hulkar Qozoqboyeva 1998-yilda Amudaryo tumanining Choykul ovulida tugʻilgan. Bolalikdan tibbiyot sohasiga qiziqqan Hulkar 2016-yilda 1-sonli Nukus tibbiyot kollejini “Umumiy amaliyot hamshirasi” mutaxassisligi boʻyicha muvaffaqiyatli tugatgan. 2018-yildan bugungi kunga qadar Tuman tibbiyot birlashmasining Jarrohlik boʻlimida navbatchi hamshira vazifasida ishlab kelmoqda.

Hulkar Qozoqboyeva 2021-yilda “Zamonaviy jarrohlikda hamshiralik ishi” sikli boʻyicha oʻz malakasini oshirgan. 2022-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi bilan hamshira mutaxassisligi boʻyicha 2-malaka toifasini, Innavotsion sogʻliqni salash milliy palatasi raisining buyrugʻi bilan 1-malaka toifasini olgan.

U sogʻlikni saqlash tizmida olib borilayotgan islohatlar va yaratilayotgan imkoniyatlarning tumanimizdagi faol targʻibotchisi ham sanaladi. Kasbining fidokor hamshirasi bemorlarning dardiga malham boʻlib kelmoqda.

Hulkar Qozoqboyeva oʻz ishining bilimdoni, jonkuyar va tashabbsukor xodim. Faoliyati davomida shifokor tamonidan berilgan har bir tibbiy topshiriqni sidqidildan bajarib, tizimning qoida-meʼyorlariga qatʼiy amal qilib, namunali mehnat qilib kelmoqda. U bemorlar orasida yuqumli va oʻta xavfli kasalliklarning oldini olish, aholi hayotida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish ishlarida ham faol xodim sanaladi.

Sohaga doir ilmiy jurnallarda Hulkar Qozoqboyevaning qator maqolalari nashr qilingan. Termiz davlat pedogogika institutida boʻlib oʻtgan “Taʼlim tizimida psixologik xizmatning zamonaviy tendentsiyalari: nazariya va amaliyot” nomli konferentsiyada “Maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan ruhiy-emotsional muammolarga psixologik yondashuv” nomli maqolasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, Taʼlimni rivojlantirish tahliliy onlayn jurnalida maqolasi xorijiy tilda eʼlon qilindi.

“Hamshira–2024” koʻrik-tanlovda “Yilning eng yaxshi muolaja va emlash hamshirasi” nominatsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston miqyosida 3-oʻrin sohibasi boʻlgan tuman tibbiyot birlashmasining yana bir jonkuyar xodimi Sanobar Ahmedova 1985-yilda Amudaryo tumani Mangʻit shahrida tugʻilgan. U Toshkent tibbiyot kollejini “Hamshiralik ishi” mutaxassisligi boʻyicha 2005-yilda muvaffaqiyatli tugatgan.

Sanobar Ahmedova Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasida 2012-yildan 2017-yilga qadar tugʻruqxona boʻlimi chaqaloqlar xonasi xamshirasi, 2017-yildan 2020-yilga qadar emlash xonasi xamshirasi, 2020-yildan bugunga qadar esa tugʻruq kompleksi chaqaloqlar xonasi hamshirasi vazifasida ishlab kelmoqda.

U 2021-yilda Respublika oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Nukus filialida “Neontologiya hamshiralik ishi” mutaxassisligi boʻyicha malakasini oshirgan.

2022-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligi oʻrta tibbiyot xodimlariga toifa berish attestatsiyasi komissiyasidan muvaffaqiyatli oʻtib, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisining buyrugʻi bilan hamshiralik ishi mutaxassisligi boʻyicha oliy toifali hamshira sertifikatiga ega boʻldi. Koʻp yillik samarali mehnati, bilim va tajribasi bilan tibbiyot xodimlari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan hamshira bemorlarga sirinsoʻzligi, mehribonligi bilan namuli xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Oʻz ustida tinimsiz shugʻullanib, muntazam ravishda malaka oshirish kurslarida tajribasini oshirib kelayotgan Sanobar Ahmedova har bir ishni sidqidildan bajarishi, oʻziga va atrofdagilarga talabchanligi bilan mehnat jamoasida katta hurmat qozongan.

Xalq salomatligi yoʻlida fidokorana xizmat qilayotgan shifokor va hamshiralarning, barcha tibbiyot xodimlarining mehnati tahsinga sazovor. Ularning kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tilab, xalq salomatligi yoʻlida xizmat qilishdan aslo charchamang, deymiz.

Luiza Yangiboyeva, TTB bosh hamshirasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019