16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:47
Sport 👁 403

Tashlandiq yer oʻrnida sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasi barpo qilindi

Tashlandiq yer oʻrnida sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasi barpo qilindi

Joriy yilning 26-may kuni Xolimbeg ovulida yangi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, Sport maktabi, OFY masʼullari, sportchi yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdilar.

Marosimda tuman hokimi soʻzga chiqib, Xolimbeg ovuli ahlini yangi sport inshooti ish boshlagani bilan tabrikladi va sportchilarga zafarlar tiladi. Tuman hokimi oʻz soʻzida amudaryolik sportchilarining katta musobaqalarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlari, yuksak natijalari maqtovga loyiq ekanligini, bunda xolimbeglik sportchi yoshlarning ham hissasi yuqori ekanligini, ovul yoshlarining sport va jismoniy tarbiyaga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishda mazkur sport maydonchasi muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, tashlandiq, qarovsiz holatdagi yer maydonida shunday zamonaviy imkoniyatlarga ega sport maydonchasini qurib, xayrli ishga qoʻl urgan tadbirkor – “Durdona-Eʼzoza-Asaloy” MChJ rahbari Amina Tajimuratovaning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, mazkur sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasi oʻrni oldin qarovsiz holdagi tashlandiq yer boʻlgan. Tadbirkor Amina Tajimuratovaning tashabbusi bilan tashlandiq yer obod qilindi. Tadbirkor jami 300 mln soʻm, shundan 33 mln soʻmi bank krediti, qolgani oʻz mablagʻi hisobiga mazkur sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasini bunyod qildi. Endilikda mazkur mini futbol maydonchasi orqali xolimbeglik yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ovul yoshlarining salomatliklarini mustahkamlash va ularni yanada katta yutuq hamda marralarga undash maqsad qilingan.

Taʼkidlash kerakki, Xolimbeg ovulining mini futbolchi qizlar jamoasi koʻp yillardan buyon respublika miqyosida chempionlikni va faxrli oʻrinlarni egallab kelishmoqda.

Jumladan, 2018-yilning mart oyida Qashaqadaryo viloyati Qarshi shahrida mini futbol boʻyicha boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida 14 yoshgacha qizlar oʻrtasidagi musobaqalarda xolimbeglik qizlar faxrli 2-oʻrinni, 2020-yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston kubogi musobaqalarida 15 yoshgacha qizlar oʻrtasida ovul qizlari jamoasi faxrli 2-oʻrinni egalladilar.

Shuningdek, 2019-yilda Toshkent shahrida futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida 17 yoshgacha qizlar boʻlgan xolimbeglik qizlar jamoasi 3-oʻrinni, 2021-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar Oʻzbekiston chempionatida hududiy bosqichda faxrli 1-oʻrinni, 2022-yilda esa Oʻzbekiston kubogi musobaqalarida faxrli 2-oʻrinni egalladilar.

2023-yilda tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining “Aral W” professional futbol jamoasi tarkibida 8 nafar amudaryolik qizlar toʻp surayotgan boʻlsa, shularning 5 nafari xolimbeglik qizlardir. Mazkur jamoaning bosh murabbiyi Rufat Babajanov, yordamchi murabbiy Bayram Eshimovlar ham Xolimbeg ovulining farzandlari hisoblandi.

2023-yilda “Aral W” jamoasi professional futbol jamoasi 14 yoshlilar oʻrtasida Oʻzbekiston chempoinatida faxrli 2-oʻrinni, Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarida mini futbol boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida faxrli 1-oʻrinni egallab, chempionlikni qoʻlga kiritdilar.

Xolimbeg ovuli qizlar jamoasi joriy yilda ham futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqalarida tumanda faxrli 1-oʻrinni egallab, respublika bosqichiga yoʻllanmasiga ega boʻldi.

21-26-may kunlari Qirgʻiziston Respublikasi Bishkek shahrida 15 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan futbol boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi faxrli 2-oʻrinni egalladi. Chempionatda “Aral W” qizlar futbol jamoasi aʼzolari Oʻzbekiston shaʼnini himoya qildi.

Endilikda xolimbeglik mini futbol va futbol bilan shugʻullanuvchi yoshlar mashgʻulotlarni boshqa hududlarda emas, oʻz mahallalardagi maydonchada olib borishadi. Ushbu yangi maydonchada toʻp suradigan sportchi yoshlarning kelgusida ham ulkan yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz!

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019