16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Sport 👁 327

45-sonli maktabda oʻquvchilar ishtirokida voleybol musobaqasi tashkil etildi

45-sonli maktabda oʻquvchilar ishtirokida voleybol musobaqasi tashkil etildi

Sport – sogʻlik garovi. Sogʻlom inson teran aql egasi va jamiyatning faol aʼzosi sanaladi. Xalqimiz qadimdan jismoniy harakatni qoʻllab-quvvatlab, sportga oshno boʻlib kelgan. Milliy sport turlari va oʻyin qoidalarida xalqimiz ruhiyati mujassamdir. Donolar bejizga sogʻlom tanda – sogʻlom aql, deyishmagan.

Shu maʼnado mamlakatimizda yoshlarning maʼnan yetuk, jismonan sogʻlom ulgʻayishlari uchun, aholi, ayniqsa uyushmagan yoshlar orasida ommaviy sportni keng targʻib qilish maqsadida joylarda tegishli tashkilotlar va sektor rahbarlari tamonidan sport musobaqalarini tashkil etish yaxshi anʼanaga aylangan. Jumladan, “Hokim kubogi”, “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi”, “Prokuror kubogi”, “Ichki ishlar vazirligi kubogi” hamda “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari ham ommaviy sport targʻibotida, shuningdek, uyushmagan yoshlarni sport bilan qamrab olish va ularning vaqtini mazmunli oʻtkazishlarida muhim vosita boʻlmoqda.

Amudaryo tumani Jumurovul mahallasidagi 45-sonli maktabda uyushmagan yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida sportning voleybol va shaxmat-shashka turlari boʻyicha tashkil qilingan musoqa ham yoshlarning gʻoliblik uchun murosasiz kurashlariga boy boʻldi. Voleybol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqa davomida yigitlar va qizlar jamoasi oʻz tajriba va chaqqonliklarini yana bir bor sinab koʻrishdi.

Mazkur sport tadbirida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazrirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligʻi, mayor Shavkat Turayev, Amudaryo tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi boshligʻi, kapiatan Abdurahmon Umarov hamda maktab rahbariyati ishtirok etdi.

Musobaqaga maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Soatboy Matkarimov va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Bekzod Karimovlar hakamlik qilib, baholab borishdi.

Sport tadbiri avvalida tashkilotchilar muntazam sport bilan shugʻullanish salomatlik uchun bebaho foyda ekanligi, sport – bu harakat, doimiy harakatdagi insondan har xil mavsumiy kasalliklar yiroq boʻlishi, mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, yoshlar bilan samimiy muloqot qilishdi.

Har bir yigit vatan uchun harbiy xizmat burchini oʻtashni orzu qiladi. Sport bilan doimiy shugʻullanib jismoniy chiniqqan yoshlar askarlik davomida maxsus mashqlarni bajarishdan qiynalmaydi. Shuningdek, kun kelib har bir yigit oila boshligʻiga aylanadi. Oila rahbari farzandlariga har tomonlama namuna boʻlishi lozim. Sogʻlom onadan esa, sogʻlom farzandlar dunyoga keladi.

Aql gimnastikasi boʻlmish shaxmat-shashka esa insonning intellektual rivojlanishida muhim vosita hisoblanadi. Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham shaxmat oʻyiniga alohida mexr qoʻygan. Oʻyinchi gʻolib boʻlish uchun maxsus hujum uusullarini oʻylaydi. Bu jarayon yoshlarda teran fikrlash koʻnikmalarini shakkllantiradi. Katta tajribaga ega xodimlar tomonidan tadbirda bildirilgan fikrlar yoshlarga sport bilan doimiy shugʻillanishlari uchun kuchli motivatsiya bergan boʻlsa, ajab emas.

Musobaqa davomida yigitlar va qizlar jamoalari oʻzaro gʻoliblik uchun astoydil kurashdilar. Yigʻilganlar yoshlarning epchil va chaqqonliklarini kuzatib, qarsaklar bilan olqishlab turishdi. Bunday samimiy eʼtirof oʻyinchalarga yanada kuch bagʻishladi.

Sport tadbiri yakunida gʻolib jamoalar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Yoshlar oʻtkazilgan musobaqa uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

Yoshlikning har dami gʻanimat. Umrning kuch-gʻayratga toʻla bu oltin davrini mazmunli oʻtkazishda har birimiz oʻzimizning munosib hissamizni qoʻshib, namuna boʻlishimiz lozim. Zero, bugungi beparvolik, ertangi pushaymonliklarga sabab boʻlishini unutmaylik.

Abdurahmon Umarov, tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi boshligʻi, kapitan

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019