16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Jamiyat 👁 328

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni!” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni!” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi

Dunyoda bolalarni yaxshi koʻrmaydigan millat yoʻq. Ammo biz kabi bolajon xalq boshqa boʻlmasa kerak. Donishmand ota-bobolarimizning “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan naqli ham bolajonlik xalqimizning qadriyatiga aylanganini ifodalaydi.

Amudaryo tumanidagi Madaniyat va istirohat bogʻida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri aholi, ayniqsa bojonlar uchun unitilmas quvonchli lahzalarga boy boʻldi.

“Bolalarga bering dunyoni!” – tadbirning aynan shunday nomlanishi ham bejizga emas. Chunki bu kunning butun shodliklari kelajagimiz egalari – bolajonlarga bagʻishlandi. Shu kuni istirohat bogʻi bolalar bilan gavjum boʻldi, attraktsionlardan ularning shodon kulgusi yangradi. Bolalarning quvonchi dunyoni toʻldirdi, goʻyo.

Bayram tadbirida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, bolajonlar va ularning ota-onalari qatnashdi.

Dastlab, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov mutasaddilar bilan birgalikda taʼlim tashkilotlari xodimlari va oʻquvchilar tamonidan namoyish qilingan bayram-koʻrgazmasi bilan yaqindan tanishdi. Mutasaddilar kelajagimiz egalari boʻlgan bolajonlarning sevimli mashgʻulotlariga qiziqib, ularni bayram bilan tabrikladi va dildan muloqot qilishdi. Koʻplab musobaqa va bellashuvlarda qatnashib, yuqori natijalarga erishgan bolajonlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining yutuqlari eʼtirof etilib, ularga faxriy yorliqlar va bayram sovgʻalari topshirildi.

Koʻrgazmada bolarning qay biri shaxmat-shashka doskasida dona surar, boshqa biri endigina chizgan rasmlariga rang berar, yana boshqa bola esa akrobatik mashqlarini namoyish qilardi. Stullarga chiroyli qilib taxlangan har xil buyumlar va oʻyinchoqlar sevimli ertak qahramonlarini eslatadi. Yigʻilganlar bolalar taʼlim-tarbiya olishdan boʻsh vaqtlarida qanday mashgʻulotlar bilan mashgʻul ekanliklarini koʻrib, xursand boʻlishdi.

Mehmonlar Madaniyat boʻlimi tamononidan tayyorlangan bayram tadbiriga tashrif buyurib, ona-onalarni, nuroniylarni hamda barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayram bilan samimiy tabrikladilar. Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tabrik nutqida Yangi Oʻzbekistonda bolalarga eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani, ularni asrab-avaylash, har tamonlama barkamol qilib voyaga yetkazish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aytib oʻtdi.

Yurtimiz kelgusida yanada ravnaq topib, xalq turmushi bundan-da farovon boʻlishi uchun farzandlarimiz komil insonlar boʻlib ulgʻayishlari zarurligi alohida taʼkidlandi. Zamonaviy uslublarda qurilgan va qayta jihozlangan maktabgacha taʼlim tshkilotlari va maktablar, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari bolajonlarimizning chuqur bilim olib, isteʼdodlarini yuzaga chiqarishlariga xizmat qilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, davlat va jamiyat bolajonlarning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Tadbir davomida maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilarining chiqishlari, mashxaraboz va tsirk tomoshalari, sevimli ertak va multfilm qahramonlarining har xil oʻyinlari, begʻubor bolalikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar bolajonlarga olam olam quvonch bagʻishladi.

Shuningdek, istirohat bogʻiga yigʻilgan bolajonlarga tuman hokimligi tomonidan muzqaymoqlar ulashildi.

Baxtli bolalik mana shunday bayramlar bilan goʻzal. Fursatdan foydalanib, biz ham barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklab, ularning Vatanga, el-u yurtga xizmat qiladigan maʼnan yetuk, jismonan sogʻlom boʻlib ulgʻayishlarini tilab qolamiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019