16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:03
Qishloq xoʻjaligi 👁 363

Tumanimizda gʻalladan boʻshagan dalalarga takroriy ekin ekish tadbirlari boshlandi

Tumanimizda gʻalladan boʻshagan dalalarga takroriy ekin ekish tadbirlari boshlandi

Ayni kunlarda tumanimizda gʻallani nest-nobud qilmay oʻrib-yigʻib olish ishlari qizgʻin davom etayotgan pallada dalalar somondan peshma-pesh tozalanib, shudgor qilinib, takroriy ekinlarni ekish tadbirlari ham boshlab yuborildi.

Takroriy ekinlarni ekish nafaqat bozorlarimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldiradi, balki ishsiz aholining mavsumiy bandligi taʼminlanishida ham muhim omil sanaladi. Mavsum davomida ekilgan sabzavot, poliz, dukkakli hamda chorva mollari uchun ozuqa ekinlari kuzgi hosil davrida bozorlarimiz toʻkin-sochinligi va chorvaga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida moʻl yem-xashak gʻamlanishida muhim vosita boʻladi. Donishmand xalqimiz azaldan qish gʻamini yozda koʻr, deb bekorga aytishmagan. Bugun serquyosh zaminimizning har qarich yeridan samarali foydalanish orqali qish payti va keyingi hosil pishib-yutilgunga qadar xonadonlarimizdagi farovonlikka, bozorlarda narx-navo barqaror saqlanishiga erishamiz. Zero, takroriy ekinlarni ekishning afzalligi ham yil davomida xalqimiz dasturxoniga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishdan iborat.

Amudaryo tumanida oʻziga xos dehqonchilik maktabiga ega boʻlgan namunali ovul-mahallar koʻp. Ana shunday mehnatkash dehqonlar-u mirishkor fermerlar istiqomat qiluvchi manzillardan biri, shubhasiz Ayoqchi mahallasi hisoblanadi. Joriy yilning 19-iyun kuni Ayoqchi mahallasi hududidagi “Sherali Avezov” fermer xoʻjaligiga qarashli boʻlgan dala-maydonlarida takroriy ekinlar ekish mavzusida seminar tashkil qilindi.

Tadbirda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, Qoraqalpogʻiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomarqa yer egalari kengashi raisi Ilhom Yunusov, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tijorat banklarining tuman boʻlimi rahbarlari, hududiy agronomlar va sohaga masʼul mutaxassislar ishtirok etishdi.

Mutaxassislar tomonidan seminar ishtirokchilari, fermer va dehqonlarga takroriy ekinlarning ahamiyati va gʻalladan keyin boʻshagan hosildor dalalar daromad manbai ekanligi toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirilib, sifatli hosil yetishtirishga oid zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, mutasaddilar tomonidan mamlakatimizda xalq farovonligi yoʻlida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oʻshirilayotgan islohotlar, soha rivoji yoʻlida qabul qilingan qonuniy hujjatlarning mazmun-mohiyati, aholi bandligini taminlash maqsadida berilayotgan imkoniyatlar alohida batafsil maʼlumotlar berildi. Tijorat banklari tarafidan aholiga mineral oʻgʻit, koʻchat va urugʻ xarid qilish uchun 5 mln soʻmgacha 18 oy muddatga berilayotgan kredit mablagʻlari dehqonlarimizning kuchiga-kuch, gʻayratiga-gʻayrat qoʻshishi shubhasiz.

Bugungi kunda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʼminlash maqsadida gʻalladan boʻshagan ekin maydonlaridan 20 sotixdan yer ajratib berilyapti. Dehqonlarga qulay tarafi shundaki, dalalar fermerlar tomonidan somondan tozalanib va shudgor qilinib, ekishga tayyor holatda topshirilmoqda. Qolaversa, fermerlarimiz ekinlarni suv bilan uzluksiz taʼminlashga koʻmaklashishni ham oʻz zimmalariga olishgan. Endi yer egalari moʻl hosil olish uchun javlon urib mehnat qilishsalar bas.

Ayoqchi mahallasida istiqomat qiluvchi dehqon va fermerlar ertaki ekin va gʻalladan boʻshagan dalalarga sabzi va mosh ekish orqali moʻl hosil yetishtirib, yuqori daromad olishni maqsad qilishgan. Mirishkor fermerlarimiz va dehqonlarimiz sabzi ekilgan dalalarning har gektaridan 40 tsentnergacha hosil olish harakatida yozning issiq kunlariga qaramay halol mehnat qilishyapti.

Seminar yakunida tumanimizga tashrif buyurgan mehmonlar ekin dalalarida mehnat qilayotgan dehqonlarimizga hormasin aytib, hosil barakasiga tilakdosh boʻlishdi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019