16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:55
Salomatlik 👁 432

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxonova ishtirokida seminar oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxonova ishtirokida seminar oʻtkazildi

Mamlakatimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalq salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda sogʻlom farzand dunyoga kelishi uchun sharoitlar yaratish imkonini bermoqda. Prezident Farmon va Qarorlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli sohaning moddiy-texnika bazasi tobora yangilanib, xalqimizga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi yil sayin yaxshilanib bormoqda. Ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli tugʻruq paytida va tugʻruqdan keyingi ona va bola oʻlimi keskin kamayishiga erishilgani kelajagimiz boʻlgan yosh avlodni har tomonlama sogʻlom va barkamol insonlar qilib tarbiyalash imkonini bermoqda.

Amudaryo tumanida ham ona va bola salomatligini muhofaza qilish, homilador va fertil yoshidagi ayollarning tibbiy madaniyatini oshirish, Tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokorlik punktlari mudirlari va bosh doyalari, yetakchi (lider) doyalar, patronaj doyalarining bilim va malakasini uzluksiz oshirib borish maqsadida doimiy ravishda sohaning yetakchi mutaxassislari, olimlar, trener-shifokorlar ishtirokida mahorat saboqlari, seminar treninglar oʻtkazilib borilmoqda.

 Joriy yilning 27-iyun sanasida Tibbiyot birlashmasi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Elmira Irkinovna Basitxonova ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ham Amudaryo tumanida onalik va bolalikni mufofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil muhokama etildi. Tibbiyot birlashmasi boshligʻining oʻrinbosarlari, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokorlik punktlari rahbarlari, ayollar maslahatxonasi mudirlari, shuningdek, akusher-ginekologlar, patronaj doyalar, oilaviy shifokorlar, sohaga masʼul xodimlar ishtirok etgan mazkur uchrashuv davomida mahorat darslari ham oʻtkazilib, oʻzaro tajriba almashuv jarayonlari amalga oshirildi.

Shundan soʻng, Elmira Basitxonova rahbarligida Tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimlari, Tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻp tarmoqli poliklinika ayollar maslahatxonasida monitoring oʻtkazilib, zarur maslahat va tavsiyalar berildi. Xususan, aholi orasida tibbiy madaniyatni shakllantirish aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat koʻrsatish, har bir oilada sogʻlom farzand dunyoga kelishini taʼminlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, doyalar tomonidan oilani sogʻlom rejalashtirish yuzasidan oʻzaro fikr almashinib, qimmatli maslahatlar berildi.

Shuningdek, Elmira Basitxonova Tibbiyot birlashmasining tajribali akusher-ginekologlari, oilaviy shifokorlar hamda patronaj doyalar bilan zamonaviy tibbiyot sohasidagi oʻzgarishlar, sohaga tatbiq etilayotgan yangiliklar yuzasidan suhbatlashib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026