16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Jamiyat 👁 352

Orzuning oydin yoʻllarida

Orzuning oydin yoʻllarida

Insonda iqtidor va qobiliyat tugʻma boʻladi, omad va baxt esa intilish, fidoyi mehnat, bilim va tajriba, tashabbuskorlik mahsulidir. Yuksak iqtidor va qobiliyat sohibi boʻlsang-u, ana shu Xudo bergan neʼmatni amalda namoyon etaolmasang, sen uchun omad va baxt quyoshi aslo nur sochmaydi. Alloh tomonidan ato etilgan noyob qobiliyat va iqtidor egalari ana shu quyosh nurlari tomon intilib yashashdan, bu yoʻl aro mashaqqatlar chekishdan hech qachon charchamaydilar. Pirovardida, oʻz saʼy-harakatlari bilan orzuning oydin yoʻllariga chiqib oladilar. Bu yoʻlning manzillari obod va charogʻon, bunda kechadigan har bir lahza farahli.

Bosuv mahallasi hududida Ushoq ovul deb ataluvchi, odamlari mehnatkash va fidoyi, mehnatsiz oʻtgan kunini umrin hisobiga qoʻshmaydigan, tabiati goʻzal ajib maskan bor. Oʻzbek xalqining ulugʻ, otashnafas shoiri Hamid Olimjon taʼrif berganlariday, ona Oʻzbekistonning jimitdaygina bu goʻshasida ham “...qurtlar ipak toʻqiydi, qushlar kitob oʻqiydi, arilari asal yigʻadi”. Ulugʻ shoirning Vatanga taʼrifiga biron soʻz qoʻshmoqqa ojizmiz. Lekin men bilgan Ushoq ovulda har kuni yana bir moʻʼjiza tugʻiladi: sheʼr-u shuurga oshna shoirlari tilidan toʻkilgan latif satrlar ovul ahlining gap-gashtaklarida koʻngillarni tebratuvchi qoʻshiq boʻlib jaranglar sochadi. Bu diltortar qoʻshiqlarning ijrochilari ham, ularga musiqiy jarang berib, joʻshqin, tildan tushmas ohanglarga aylantirguvchilar ham ushoqovulliklarning iqtidorli, intiluvchan farzandlari. Agar taʼbir joiz boʻlsa, Muhabbatxon Ibragimova hamda Bahromjon Yoʻldoshevlarning sanʼatsevar farzandi Abbosbek noyob iqtidori, shirali ovozi, kitobsevarligi, hatto havaskor shoirligi bilan allaqachon “tilga tushib”, oʻz muxlislari auditoriyasiga ega boʻlgʻusi sozanda, kelajagi porloq yoshlardan.

Yaqinda, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga koʻra, mamlakatimizdagi alohida qobiliyatli, intiluvchan, tashabbuskor yoshlardan bir guruhi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandilar. Taqdirlanganlar orasida ushoqovullik Abbosbek Yoʻldoshevning ham borligi har bir amudaryolik yoshning qalbida havas va iftixor tuygʻularini uygʻotgan boʻlsa ne ajab!    

Farzandining musiqaga boʻlgan qiziqishlarini payqagan Bahromjon bilan Muhabbatxon uni Qipchoq shaharchasidagi 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabiga oʻqishga berishga qaror qilganlarida Abbosbek 4-sinf oʻquvchisi edi. 26-sonli maktabning aʼlochi oʻquvchilaridan biri boʻlgan Abbosbek Yoʻldoshevning oʻqishi pasayib ketishidan xavotirlangan 4-sinf rahbari Gulora Tilevboyeva:

– Qipchoq shaharchasi ovuldan ancha olis, qish-qirovli kunlarda bola qiynalib qolmasmikan, – dedi sevimli oʻquvchisining kelajagi haqida qaygʻurib.

Tabiatan tirishqoq, oʻz ustida ishlashdan aslo charchamaydigan Abbosbek umumtaʼlim maktabi dasturi bilan musiqa va sanʼat maktabining rubob cholgʻusi yoʻnalishi boʻyicha belgilangan oʻquv dasturidagi darslarni baravar ravishda, namunali tarzda oʻzlashtirish qobiliyatini namoyon etganida har ikkala oʻquv maskanidagi ustozlari chin dildan quvonishdi.

Ayniqsa, ilk marta qoʻliga rubob cholgʻu asbobini tutqazib, uni sanʼat olamiga olib kirgan, bu musiqa asbobining sir-sinoatlarini erinmay oʻrgatgan 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining rubob yoʻnalishi boʻyicha mutaxassis oʻqituvchisi, sanʼatdagi birinchi ustozi Rajabboy Abdullayev Abbosbekni turli koʻrik-tanlovlarga tayyorladi, intilishlarini qoʻllab-quvvatladi. Tinimsiz izlanishlar, uzviylik asosidagi musiqiy dars va mashgʻulotlar oʻz samarasini berib, bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan M.Ashrafiy, Muhiddin Qori Yoqubov nomidagi koʻrik-tanlovlarda ustozi Rajabboy Abdullayev rahbarligida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir necha marta sovrindor boʻldi. Erishgan yutuqlari Abbosbekning qalbidagi orzulariga qanot bagʻishlab, kelajagi sari oydin yoʻllar ochdi.

Umumtaʼlim maktabining 9-sinfini aʼlo baholarga tugatgan Abbosbek Yoʻldoshev Nukus ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabiga imtiyozli ravishda qabul qilindi. Mazkur maktabda taniqli sozanda va pedagog Nesipbay Alekseyevdan musiqa sirlarini qunt bilan oʻrganishga kirishgan boʻlgʻusi iqtidorli sozanda mazkur maktabning ilk tahsilini olishni boshlagan kezlaridanoq maktab pedagogika jamoasining nazariga tushdi. U maktabning 1-bosqichida oʻqib yurganidayoq “Yosh ijrochilar” Respublika koʻrik-tanlovida ishtirok etib, Qoraqalpogʻiston miqyosida faxrli 1-oʻrinni egalladi.                  

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari, qolaversa, qoraqalpogʻistonlik sanʼatsevar yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan 2021-yilning 5-aprel sanasida Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasining Nukus filiali ochildi. Ushbu nufuzli taʼlim maskanining ochilishi Abbosbek Yoʻldoshev va unga oʻxshagan qoraqalpogʻistonlik sanʼatsevar yoshlarning oʻz iqtidorlarini amalda namoyon etishlari, tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha chuqur bilim olishlari uchun katta imkoniyat yaratdi.

Abbosbek Yoʻldoshev 2021-2022 oʻquv yilida mazkur oliy sanʼat taʼlim dargohining ilk talabalari safidan joy oldi. U 1-2-bosqichlarda oʻqib yurgan kezlaridanoq turli nufuzli festivallar, Qoraqalpogʻiston va mamlakat miqyosidagi koʻrik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, har safar gʻoliblar safidan munosib joy oldi. Xususan, 2021-yilda boʻlib oʻtgan “Xalq cholgʻulari” ansambllarining Respublika miqyosidagi festivalida Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi Nukus filialining “Xalq cholgʻulari” ansambli aʼzosi sifatida ishtirok etib, ansamblning muvaffaqiyatiga munosib hissa qoʻshgani uchun filial maʼmuriyati tomonidan munosib ragʻbatlantirilib, unga minnatdorchilik xati taqdim etildi. 2022-yilda boʻlib oʻtgan “Poeziya gulshani” onlayn koʻrik-tanlovida maxsus diplom bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, 2022-yilda Germaniyada oʻtkazilgan xalqaro “GRAND PRIX” onlayn tanlovidagi faol ishtiroki uchun u Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasining organ zalida bir martalik bepul kontsert berish imkoniyatini taqdim qiluvchi vaucher sohibi boʻldi va tengdoshlariga, konservatoriya professor-oʻqituvchilariga oʻz sanʼatini namoyish etdi.

Abbosbekning yutuqlari 2022-2023 oʻquv yilida yanada samarali boʻldi. U 2022-yilda “Oʻz mutaxassisligi boʻyicha yilning eng bilimli talabasi”, 2023-yilda esa 15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan Konservatoriya maʼmuriyatining Faxriy yorligʻi, talaba-yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Kitobxon talaba” tanlovida 2-darajali Diplom, Toʻlepbergen Qaipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi tanlovidagi faol ishtiroki uchun sertifikat, shuningdek, “Madaniyat va sanʼat” ilmiy-amaliy jurnalida yoritilgan ilmiy maqolasi uchun maxsus sertifikat va 2024-yilda yosh ijrochilar oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Yangi yil yulduzlari” 2-Respublika koʻrik-tanlovida 1-darajali Diplom bilan taqdirlandi.

Abbosbek Yoʻldoshev joriy oʻquv yilini ham muvaffaqiyatli yakunladi. Konsevatoriya filialining 3-bosqichini faqat aʼlo baholarga yakunlab, 4-bosqichga oʻtgan iqtidorli talaba uchun 30-iyun — Yoshlar kuni qoʻsha-qoʻsha quvonchlar ato etdi. Yoshlar kuni bayrami arafasida, alohida iqtidorli, tashabbuskor va bilimdon, vatanparvar yoshlardan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi Prezident Qaroriga muvofiq Abbosbek Yoʻldoshev “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Yoshlar kuni munosabati bilan 2024-yil 28-iyun kuni boʻlib oʻtgan tantanali anjumanda uning koʻkragiga Prezidentning shaxsan oʻzi mukofot nishonini taqib qoʻydi.

“... – Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini gʻanimat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz sadoqat tuygʻusi bilan yashasangiz, albatta kam boʻlmaysiz”, – degan Prezidentimizning davʼatkor soʻzlari, ayniqsa, biz yoshlarni “... yigit-qizlar bizning bebaho boyligimiz, oltin fondimizdir”, – deya mamnuniyat bilan eʼtirof etganlari har birimizning zimmamizga yuksak masʼuliyat yuklaydi. Ayniqsa, men Yurtboshimizning bu eʼtirofidan nafaqat ruhlandim, juda katta maʼnaviy kuch oldim, – deydi Abbosbek quvonchlarini yashirolmay.

Abbosbekning hayotida shu kuni yana bir quvonchli voqea yuz berdi. Uning oʻqishda, jamoat ishlarida, ijodda erishayotgan muvaffaqiyatlari alohida eʼtirof etilib, ”Millat umidi” koʻkrak nishoni bilan ham taqdirlandi.

Koʻksida qoʻsha nishonlar bilan oʻzi tugʻilib-oʻsgan qadrdon qishlogʻiga yanada ezgu orzular ogʻushida qaytgan “Mard oʻgʻlon”ini Ushoq ovulliklar, uning qoʻllariga ilk qalam tutqazgan, sanʼat olamiga qoʻygan birinchi qadamiga oq yoʻl tilab, orzuning oydin yoʻllariga olib chiqqan birinchi ustozlari quvonch va samimiyat bilan kutib oldilar.

Shogirdining kamolini koʻrishdan ham ulugʻroq baxt bormi ustoz uchun! Shu kuni u oʻzi tahsil olgan 26-sonli umumtaʼlim maktabiga borib, quvonchlarini aziz ustozlari bilan boʻlishdi, yanada yaxshi oʻqishga, kelajakda aziz xalqiga munosib xizmat qilishga, unga ishongan ustozlarining ishonchlarini oqlashga soʻz berdi. Ustozlari Abbosbekning orzulariga yanada porloq va oydin yoʻllar tilashdi. Zero, ezgu tilaklar har bir lahzada insonni qoʻllab, yangi marralar sari ruhlantirib turadi, kelajak sari dadil qadam tashlashga undaydi. Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasining Nukus filiali 4-bosqich talabasi, Amu elining “Mard oʻgʻlon”i, ”Millat umidi” koʻkrak nishoni sohibi Abbosbek Yoʻldoshevga:

– Orzu yoʻllaring hamisha oydin, Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston sanʼatini dunyoga tanitishdek ezgu niyatlaring doimiy yoʻldoshing boʻlsin, sanʼating hayotingga va jonajon Vataningga koʻrk, ziynat bagʻishlasin, – deymiz.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019