17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:36
Jamiyat 👁 257

“Mangʻit savdo kompleksi” MChJda taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi

“Mangʻit savdo kompleksi” MChJda taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi

Maʼlumki, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida, jumladan, Amudaryo tumanida ham 1-iyuldan 1-avgustga qadar “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dolzarb 30 kunlik” doirasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joylarda oʻtkazilayotgan taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlari natijasida xodimlar va fuqarolarning favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanishga doir bilim-tajribalari yanada mustahkamlanayapti.

Oylik doirasida “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli savdo doʻkonlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning hayoti va mol-mulkinining daxlsizligini saqlash maqsadida taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Bunda tumandagi Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Elektr taʼminoti korxonasi, tez tibbiy yordam boʻlimi xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Dastlab masʼullar tomonidan tadbir ishtirokchilariga “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kunlik” doirasida oʻtkazilayotgan taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlarining ahamiyati toʻgrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, yoz mavsumida mintaqamizdagi yuqori havo harorati sababli obʼektlardagi kutilmagan yongʻin holatlariga shay turish lozimligi taʼkidlandi va bunday vaziyatlarning oldini olish hamda favqulotda holatlarni kam talafot bilan oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng favqulodda holat haqida barcha tezkor xizmatlarga xabar berish va ogohlantirish signali chalindi. Keyingi bosqichda esa “Mangʻit savdo kompleksi” MChJ hududidagi savdo doʻkonlaridan birida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda shartli ravishda sodir boʻlgan yongʻinni zudlik bilan bartaraf etish, yongʻin oʻchogʻidan jabrlanganlarni tashqariga xavfsiz olib chiqish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, hududdan fuqarolarni evakuatsiya qilish kabi taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlarni bajarishdi.

Shuningdek, doʻkonlarda mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi, obʼektlarning birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlanishi, avtomatik yongʻin oʻchirish va yongʻindan avtomatik darak berish tizimi va shu kabi boshqa moslamalar sozligi tekshiruvdan oʻtkazildi.

Bundan tashqari, mazkur tadbir doirasida tabiiy va texnogen tusdagi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, inson hayotiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan holatlarni va boshqa shoshilinch ishlarni aniqlash maqsadida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda joylarda taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish bilan bir qatorda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan obʼektlarda qonunda belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish, jamoat joylarida yongʻin xavfsizligiga doir targʻibot bannerlarini oʻrnatish va shu kabi bir qator chora-tadbirlar ish rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Darhaqiqat, yongʻin holatlari qisqa fursatlarda sodir boʻlib, fuqarolar hayoti va mol-mulkiga jiddiy ziyon yetkazadi. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida obʼektlarni va mahsulotlarni salqin qilish maqsadida elektr energiyasi bilan ishlovchi qurilmalardan muntazam foydalanamiz. Agar obʼektlarni elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tortilgan simlar va qurilmalar talabga javob bermasa, yuqori kuchlanish sabab yongʻin sodir boʻlishi mumkin. Shunday ekan, yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan “Dolzarb 30 kunlik” tadbirlari favqulodda vaziyatlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlarda har birimiz faol ishtirok etishimiz lozim.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026