16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Fan va taʼlim 👁 315

"Talabalik davrim mening davronlarning zoʻrisan..." Yohud maktabga talaba boʻlib qaytgan yoshlar diydori

"Talabalik davrim mening davronlarning zoʻrisan..." Yohud maktabga talaba boʻlib qaytgan yoshlar diydori

Hayotda oʻz oʻrningni topish va omad... Ikkisi bir biriga bogʻliq tushunchalarday boʻlib tuyulishi mumkin ammo aslida ular orasida biroz farq bor: omadni sen yaratolmaysan, u senga taqdir tomonidan inʼom etiladi. Biroq bu bilan men omadsizman deyishga shoshilma, chunki sening yashayotganing, ayni damda bu gaplarni idrok etayotganing oʻzi bir omad. Hayotda oʻz oʻrnini topish esa bu senga va sening harakatlaringga, niyatingga bogʻliq. Axir, izlagan har doim imkon topadi. Eng muhimi esa– ezgu maqsadlaring yoʻlida sobit qadam boʻlib tura olishing!

"Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyatining "Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan Uchinchi Renessans sari" nomli grant loyihasi doirasida biz yoʻqlab borgan yoshlar esa bugun hayotda oʻz oʻrnini, topishga intilayotgan, ilm olishga chanqoq yoshlardan.

Yaqindagina Amudaryo tumanining 1-sektori hududida joylashgan 26-sonli maktabni tugatgan, bugungi kunda talabalik baxti nashidasini surayotgan yoshlarning ilm olish yoʻlidagi mehnatlarini qadrlab, ularning intiluvchanligini, erishgan yutuqlarini tengdoshlariga namuna qilib koʻrsatish maqsadida ularni yoʻqlab bordik.

2023-yilda ushbu maktabni 18 nafar oʻquvchilar bitirgan boʻlsa, shundan 14 nafari OTMlari talabalari boʻlishdi. Bu baxtli yoshlarning orasida Faxriddin Masharipov ham bor. Qahramonimiz 2023-yilda tumanimizdagi 26-sonli maktabni aʼlo baholarga tugatib, chuqur bilimi, zakovati hamda besamar ketmagan harakatlari natijasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti kimyo fakulteti talabasi boʻldi. Faxriddin maktabda oʻqib yurgan kezlaridayoq namunali xulqi, oʻtkir zehni bilan ustozlari nazariga tushgan.

Kimyo fani boʻyicha fanlar olimpiadasida hamisha faol ishtirok etib, yaxshi natijalarni qayd etib keldi. Talaba hozirda esa, endi boʻldi, maqsadimga erishdim bemalol yurishim mumkin demasdan til oʻrganish, ingliz tilini chuqur oʻzlashtirish bilan band. Unga havas qilgan ikki nafar singlisi ham hozirda ham oʻquvchi, ham abituriyent. "Ot izini toy bosadi", yaxshi farzand ota-onaning orzu umidlarini roʻyobga chiqarish, ularga rahmat keltirish ilinjida yashaydi. Faxriddin otasi Sobirjon Madrahimov hamda onasi Hamida Ortiqovalardan oʻrnak olib, ular tanlagan ilm yoʻlidan dadil qadam tashlamoqda. Ota-ona esa farzandining kamoli uchun har doim mehnatda, 26-sonli maktabda biri oʻqituvchi, biri maktabning MMIBDOʻ boʻlib faoliyat yuritishadi. Piru badavlat bobo va buvijonisining esa qoʻllari hamisha duoda. Oq fotiha berib, nabiralar kamolini tilaydi.

Maqolamizning keyingi qahramonlari ham xuddi Faxriddin kabi tumanimizdagi ushbu maktabni oʻtgan yili tamomlab, hozirda talaba.

Nurshoda Saʼdullayeva bolalikdan xorijiy tillarga oʻzgacha mehr qoʻydi hamda maktabda oʻqib yurgan kezlarida til oʻrganib, oʻzining ingliz tili boʻyicha lugʻat boyligini oshirib bordi. Ham oʻquvchilik, ham abituriyentlik biroz qiyinchilik tugʻdirsa-da, oldiga qoʻygan maqsadidan aslo ogʻmadi. Va harakatlari zoye ketmadi. U ham 2023-yilda OʻzMU xorijiy filologiya fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga kirdi. Bugungi kunda vaqtini mazmunli oʻtkazish, oliygohdagi olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida ovulning bir guruh bolajonlariga ingliz tili saboqlarini oʻtib kelmoqda.

Navbatdagi tinib-tinchimas, iqtidorli talaba qiz Shohida Nurullayevadir. Bu qizning qisqa muddat ichida erishgan va erishayotgan natijalarini koʻrib, bizning ham havasimiz keldi. Bu qizimiz ham oʻtgan yili ushbu maktabni aʼlo baholarga tugatib, talaba nomiga sazovor boʻldi. Hozirda u Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti biznes boshqaruvi fakulteti, bank ishi va audit yoʻnalishi talabasi. Shohidaning omadli va xushxabarlarga boy yillari qatorasiga birin-ketin keldi. 3-yil matematikadan, 4-yil ingliz tili fanlarini chuqur oʻzlashtirgan maqolamiz qahramoni 2022-yilda matematika boʻyicha milliy sertifikat, 2023-yilda esa ingliz tili boʻyicha SEFR S1 til sertifikatiga ega boʻldi. Oddiy, kamsuqum biroq oʻta aqlli va chinakam ilm sohibasi boʻlgan bu qiz oilada oʻrtancha farzand. Opa uka, singillari jigarining erishgan bu yutuqlaridan hamisha faxru iftixor tuygʻularini his etib, ular ham Shohidaga oʻxshashga harakat qiladi.

Shohidaxonning hayotida yana bir muhim yangilik uni yaqinda yurtimizdagi nufuzli banklarning biri ishga taklif qildi.

– U yerda 25 mln soʻmgacha maosh oladigan xodimlar bor ekan, men ham kelajagimni bank bilan bogʻliq holda tasavvur etaman, masʼuliyatli xodim boʻlaman deya jilmayib qoʻyadi u.

Agar eʼtibor bergan boʻlsangiz bu uchala yoshni biz maqolamiz qahramonlari deya eʼtirof etdik. Bu bejizga emas albatta. Bugungi tahlikali davr yoshlar tarbiyasida kuchli masʼuliyatni taqozo etmoqda. Ana shunday bir paytda oʻzining yuksak aql-u, zakovati, namunali xulqi, tirishqoqligi, jamiyatda erishayotgan yutuqlari bilan ibrat boʻlayotgan bu kabi yoshlar qahramon deyishga loyiq.

Zero, mahallada yoki maktabda bir nafar ana shunday ibrat siymosi paydo boʻlsa uning ortidan yana necha-nechalab doʻstlari ergashadi. Havas qiladi. Harakat qiladi. Biz esa jamiyatimizda mana shunday qahramon yoshlar koʻpayaverishini tilab, xayrlashdik.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019