16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:31
Siyosat 👁 230

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 77-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 77-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2024-yil 29-iyul kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining 77-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Kengash raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 11-Oʻrta qala saylov okrugidan deputat Hamro Xodjayev saylandi.

Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Qudrat Abdikalikov hisobot berdi.

Hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida Vazirlar Kengashining tegishli qarorlari bilan tumanda 2024-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari oqilona joylashtirilganligi, lekin baʼzi fermer xoʻjaliklarida ushbu qarorlar talablarini buzib, suvni koʻp talab qiladigan, joylashtirishda koʻrsatilmagan sholi ekinini ekish holatlari kuzatilayotgani taʼkidlandi.

Ushbu masala boʻyicha Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspektsiyasining tuman boʻlimi boshligʻi Sarvar Matyakubov hamda tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Shukurullo Yusupovlar soʻzga chiqib, yuqoridagi kabi qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan yer ijara shartnomalarini bir tomonlama bekor qilish taklifini qoʻllab-quvvatladilar.

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Kamiljan Aytbayev soʻzga chiqib, mol-mulk va yer soliqlarini yigʻishda faollik koʻrsatgan Amir Temur nomli ovul va Jumurovul mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarini mahalliy byudjetning ortiqcha bajarilgan manbalari hisobidan bir martalik moddiy ragʻbatlantirish taklifini bildirdi. Taklif duputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Kengashning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeshchanov soʻzga chiqib, tumanining doimiy aholisi sonidan kelib chiqqan holda tegishli qonun talablariga muvofiq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi deputatlik oʻrinlari sonini navbatdagi chaqiriqdan boshlab 25ta etib belgilash toʻgʻrisida taklif kiritdi. Ushbu taklif ham deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Sessiyada Amudaryo tuman Adliya boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Vaisniyazov, tibbiyot birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari Hakimjon Sobirov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratovlar soʻzga chiqib, tegishli tashkilotlarda 2024-yilning oʻtgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar.

Deputatlar tegishli masʼullarga aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, tumanda tibbiyot sohasini yanada isloh qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim sohasida qamrov darajasini oshirish, maktab taʼlimida samaradorlikni yanada yaxshilash boʻyicha taklif hamda tavsiyalar bildirdilar.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Deputatlarning fikr va mulohazalari tinglanib, faol muhokamalardan keyin kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019