16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 315

Gʻoʻza parvarishida toʻgʻri tashkil etilgan agrotexnik tadbirlar moʻl hosil uchun xizmat qiladi

Gʻoʻza parvarishida toʻgʻri tashkil etilgan agrotexnik tadbirlar moʻl hosil uchun xizmat qiladi

Shu kunlarda gʻoʻza maydonlarida sugʻorish, suvdan keyin qator oralarini shudgor qilish, chilpish, sugʻorilgan maydonlarga maxsus texnikalar bilan ishlov berish, gʻoʻza zararkunandalariga qarshi kurashish kabi ishlar agrotexnika tadbirlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Sifatli va moʻl hosil yetishtirish maqsadida amudaryolik ilgʻor fermer xoʻjaliklari qatorida “Muzaffar Eshchanov” fermer xoʻjaligining ham paxta dalalarida ish qizgʻin pallaga kirgan. Chunki avgust oyi oxiriga qadar gʻoʻza parvarishi uchun zarur boʻlgan barcha agrotexnik tadbirlar toʻliq yakunlanishi zarur.

Mazkur fermer xoʻjalik raisi Muzaffar Eshchanov qishloq xoʻjaligi sohasi bilan 15-yildan buyon shugʻullanib keladi. Joriy yilda “Muzaffar Eshchanov” fermer xoʻjaligi 63 gektar maydonga “Sulton” navli paxta urugʻlarini ekib, 134 tonna “oq oltin” topshirishni reja qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, agrotexnologiya tadbirlar toʻgʻri, oʻz vaqtida va samarali olib borilsa, gʻoʻza iyun-iyul oylarida shigʻil hosilga kiradi va koʻplab koʻsaklar vujudga keladi, hosil elementlarining toʻkilishi kam boʻladi. Hosilning 46 foizi iyun oyida, 47 foizi iyul va 7 foizi avgust oyining birinchi yarmida shakllanadi. Bu agrotexnik tadbirning maqbul vaqtida bajarilishi gʻoʻzaning shona, gul tugunchalarini saqlash, koʻsak paydo boʻlishi va yetilishi jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. Natijada koʻsaklarning pishib yetilishi tezlashib, hosildorligi ortadi.

Maʼlumki, gʻoʻza oʻsishga moyil boʻladi, shuni eʼtiborga olib, uning bosh poyasi va oʻsuv shoxlarining uchi chilpib tashlansa, oziq moddalar hosil shoxlariga, undan hosil tugunchalariga oʻtadi, ularning toʻkilishi kamayadi, koʻsaklar koʻpayib, vazni ortadi, suv sarflanishining samaradorligi ham koʻpayadi. Chilpish oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilganda koʻsaklarning pishishi 5-10 kunga tezlashadi va hosildorlik gektariga 3-4 tsentenerga ortadi.

Gʻoʻzaning hosil tugunchalarini tashlamasligi uchun eng avvalo, paykallardagi tuproq namligini bir maromda saqlab turish zarur. Agar namlik yetarli boʻlmasa, gʻoʻza tanasidagi fiziologik va fotosintez jarayonlari buziladi. Sugʻorish sifati koʻp jihatdan suvchilarning ish tajribasiga, ilm-fan va ishlab chiqarish yutuqlarini qoʻllay olish mahoratiga, fermerlarning suvchilarga yetarlicha qulaylik yaratib berishiga bogʻliq, albatta.

Taʼkidlash joizki, fermerlarimiz gʻoʻza parvarishida sugʻorishdan tashqari kultivatsiya, begona oʻtlardan tozalash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, chilpish kabi agrotexnik tadbirlarga ham jiddiy eʼtibor berishlari yuqori hosildorlikka erishishning asosiy omili hisoblanadi.

Obi hayotdan tejamli foydalanishda sharbat usulida sugʻorish ham ayni muddaodir. Bu usul gʻoʻzaga ozuqa berishi barobarida, suv bugʻlanishini kamaytirib, tuproqqa singishini yaxshilaydi.

Maʼlumki, oziq-ovqat xavfsizligi hamma vaqt dolzarb masalalardan hisoblangan. Takroriy ekinlar esa oilalarga baraka va daromad olib keladi. “Muzaffar Eshchanov” fermer xoʻjaligining gʻalladan boʻshagan 19 gektar maydonida takroriy ekin sifatida sabzavot, poliz, mosh va chorva mollari uchun ozuqa ekinlari ekilgan. Bu maydonlar mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand aholi vakillariga ajratib berilgan. Mehnatkash dehqonlar yozning har bir kunidan unumli foydalanib, kuzgi moʻl hosil uchun harakat qilishmoqda.

Mosh mamlakatimizning barcha hududlarida asosiy va takroriy ekin sifatida ekiladi. Toʻgʻri tashkil qilingan agrotexnik tadbirlar natijasida mosh poyalari yaxshi rivojlanmoqda. Hozirda qator oralarini kultivatsiya qilish ishlari bajarilyapti.

Sentyabr oyidan mamlakatimizning barcha hududida paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlanadi. Hozirda texnik xodimlar texnika vositalarini mavsum uchun shay holatga keltirishmoqda. Mavjud kamchiliklar koʻzdan kechirilib, bartaraf etilayapti. Jumladan, nosoz ehtiyot qismlari yangilariga almashtirish va traktor tirkamalarining shikastlangan joylarini payvandlash ishlari bajarilayapti.

Bir soʻz bilan aytganda, tumanimizdagi barcha fermer xoʻjaliklarida kuzgi moʻl “oq oltin” hosili uchun barcha agrotexnik tadbirlar samarali tashkil etilyapti. Shuningdek, barcha texnika vositalari koʻzdan kechirilib, mavsum oldi shay holatga keltirilmoqda. Albatta, bu jarayonlar mavsum davomida oʻz natijasini koʻrsatadi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019