16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Siyosat 👁 353

Deputatlar ishtirokida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi

Deputatlar ishtirokida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi

2024-yil 9-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan yigʻilish va Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkazildi.

Yigʻilishda Amudaryo tumani hokimi, sektor rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar tuman Kengashi rahbarlari, tuman tijorat banklari rahbarlari, “Mahalla yettiligi” aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Ulugʻbek Jalmenov qatnashdi va nutq soʻzladi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha joriy yilning ikkinchi yarim yilligiga belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda tumanga biriktirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Ulugʻbek Jalmenov tumanda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini yanada tezlashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar xususida toʻxtalib oʻtdi.

Kun tartibidagi masala boʻyicha Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, tumanda aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha Prezidentimizning 2024-yil 9-yanvardagi qaroriga asosan joriy yilda jami 15 ming 836 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilganini, bu boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Oʻtgan 6 oy davomida tumanda Sayxunobod tajribasi boʻyicha yerdan yanada samarali foydalanish, dehqonlar uchun bozor topishga koʻmaklashish, tadbirkorlarni sifatli urugʻ va dori vositalari bilan taʼminlash, tadbirkorlarning eksportiga amaliy yordam berish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 2 ming 107 nafar fuqaroga 29,7 mlrd soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilib, ularning tadbirkorlik faoliyatlari yoʻlga qoʻyilgan.

Uychi tajribasi asosida tuman hokimi tadbirkorlik va biznes bilan shugʻullanish istagidagi aholi bilan manzilli ishlash tizimini yoʻlga qoʻyib, aprel-iyun oylarida jami 8-marta uchrashuvlar oʻtkazgan hamda 60dan ortiq tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglangan.

Uychi tajribasi asosida 18-30 yosh oraligʻidagi 38 ming 390 nafar yoshlar xatlovdan oʻtkazilib, ular orasidan ishsizlarining bandligini taʼminlash boʻyicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi joriy yilning ikkinchi yarmida ham barcha yoʻnalishlardagi ishlar uzluksiz davom ettirilib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha samarali natijalarga erishilishi uchun zarur choralar koʻrilishini taʼkidladi.

Shundan soʻng Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 78-sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Dastlab Amudaryo tumani soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimov Amudaryo tumanida 2024-yil 6 oy davomida byudjetga tushumlarni taʼminlash va “Mahallabay” ishlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berdi.

Hisobotda qayd qilinganidek, byudjetga tushumlarni taʼminlash boʻyicha 2024-yilning birinchi yarmi uchun 23 mlrd 221,3 mln. soʻm reja grafigi belgilangan boʻlib, amalda 23 mlrd 685 mln. soʻm, yaʼni rejaga nisbatan 102 foiz miqdorida, byudjetga qoʻshimcha 463,7 mln. soʻm ortigʻi bilan tushum taʼminlangan. Byudjet tushumlari 2023-yilning mos davriga solishtirganda 133,1 foizga oʻsgan.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi, adliya kichik maslahatchisi Quvonch Yesenbekov byuro tomonidan joriy yilning oʻtgan 6 oyida amalga oshirilgan ishlar xususida, Kengashning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeshchanov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov oʻtkazish boʻyicha Amudaryo tumanidagi okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya qilish masalasida axborot berdi.

Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova deputatlarga xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berib, “Ayollar maslahat kengashi”ga kelib tushgan xotin-qizlarning murojaatlariga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj 5 nafar xotin-qizlarni “Ayollar daftarining” 1-toifasiga kiritish boʻyicha taklif bildirdi.

Shuningdek, sessiyada Amudaryo tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Javlonbek Jumamurodov tuman mahalliy byudjeti parametrlarida koʻzda tutilgan xarajatlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha, tuman hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi Jahongir Yoʻldoshov mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish masalalarida takliflar kiritdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, takliflar tinglandi hamda faol muhokamadan keyin xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019