16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:07
Salomatlik 👁 657

Tibbiyot sohasiga yangiliklar izchillik bilan joriy etilmoqda

Tibbiyot sohasiga yangiliklar izchillik bilan joriy etilmoqda

Salomatlik – nainki insonning oʻzi, balki jamiyat uchun ham juda katta va bebaho boylik hisoblanadi. Har tomonlama sogʻlom insonlardan iborat jamiyat esa taraqqiyot sari dadil odimlaydi, salomatligi mustahkam insonlar hayoti barakali va mazmunli boʻladi. Shu bois, mustaqil mamlakatimizda inson omiliga eʼtibor masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qaraladi va sogʻlikni saqlash sohasini isloh qilish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish, tizimni zamon talablari, dunyo tibbiyoti andozalari darajasida rivojlantirish asosiy, bosh maqsad hisoblanadi.

Amudaryo tumanida ham tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar, ilmiy-nazariy va amaliy yangilanishlar oʻzining ijobiy natijalarini koʻrsatmoqda. Soha xodimlari aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, aholini zamonaviy patronaj xizmati bilan qamrab olish, har qanday kasallikdash asoratlarsiz sogʻayib ketishlarini taʼminlash maqsadida fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda.

Bugungi kunda tuman Tibbiyot birlashmasi tarkibida barcha qulayliklarga ega markaziy shifoxona, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan Tez tibbiy yordam boʻlimi, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, shuningdek, hududlarda qishloq oilaviy poliklinikalari, chekka qishloqlarda esa mahalla tibbiyot punktlari tashkil etilgan boʻlib, aholining salomatligi hududiy shifokorlar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

Muhtaram Prezidentimizning 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarorining tegishli bandiga asosan mamlakatimiz hududida tez tibbiy yordamni zudlik bilan amalga oshirish maqsadida shoshilinch chaqiriqqa moʻljallangan va tun-u kun ishlaydigan yagona telefon raqami faoliyatini taʼminlaydigan Call-markazlarini tashkil etish belgilangan edi. 2023-yilning dekabr oyidan boshlab tuman hududidan “103” telefon raqamiga kelib tushadigan barcha chaqiriqlar Nukus shahrida joylashgan Call-markazi xizmati orqali amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, joriy yilning aprel oyidan boshlab boʻlimdagi barcha tez tibbiy yordam brigadalari planshetlar bilan taʼminlandi. Endilikda tumanning barcha hududidan kelib tushadigan chaqiriqlar Call-markazi dispetcher xodimlari tomonidan qabul qilinib, tumandagi yoʻnaltiruvchi dispetcher xizmati kompyuteriga uzatiladi va yoʻnaltiruvchi dispetcherlar tomonidan chaqiriqlar saralanib, chaqiriq turi boʻyicha chaqiriq manziliga eng yaqin hududda joylashgan tez tibbiy yordam brigadasi planshetiga yoʻnaltiriladi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda Respublika Tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali hududida “Meddata-2” dasturi joriy qilingan boʻlib, ushbu dastur test rejimida ishlamoqda. Sohani raqamlashtirish borasidagi bu kabi saʼy-harakatlar tufayli tumanda tez tibbiy yordam koʻrsatish xizmati sifat va samaradorlik jihatidan oldingiga nisbatan ancha oshdi.

Shuningdek, aholi sonining oʻsib borishi hisobga olinib, muhtaram Prezidentimizning sohaga oid Qaror va koʻrsatmalariga muvofiq 2023-yilning iyul oyidan boshlab markaziy stantsiyada yangidan tez tibbiy yordam brigadasi ham tashkil etilib, jami tez tibbiy yordam brigadalari soni 16taga yetkazildi. Bu esa shoshilinch chaqiriqlarni yanada tez va sifatli amalga oshirish imkonini bermoqda. Ayni paytda Tez tibbiy yordam boʻlimida 305 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Ulardan 40 nafari asosiy mutaxassis shifokorlar va 20 nafari oʻrindoshlik asosida faoliyat olib borishadi. Mutaxassis shifokorlarning 23 nafari oliy, 7 nafari 1-toifa, 14 nafari 2-toifaga ega. 161 nafar oʻrta tibbiyot xodimlaridan 77 nafari malaka toifalariga ega oʻz sohasining bilimdonlaridir.

Boʻlimda faoliyat yurituvchi shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirib borishga alohida eʼtibor qaratiladi va har haftaning chorshanba kuni zamonaviy tibbiyot sohasiga oid oʻzgarishlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib, har oy yakunida oʻtilgan mashgʻulotlar yuzasidan xodimlarning bilim va malakalari sinovdan oʻtkaziladi.

Soʻnggi yillarda boʻlimning moddiy texnika taʼminoti ham zamonaviy texnologiyalar hisobiga yangilandi. Boʻlim tasarrufidagi 16ta zamonaviy tez tibbiy yordam uskunalari bilan jihozlangan avtomobillarning barchasi doimiy ishchi holatida.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, rivojlangan davlatlarda tibbiy sugʻurta tizimidan samarali foydalaniladi va buning afzallik tomonlaridan birinchi navbatda xalq manfaatdor. Chunki tibbiy sugʻurtaga ega boʻlgan inson kutilmagan holatlarda kasallik tufayli noxush vaziyatga tushib qolganida hech qanday toʻsiq va muammolarsiz tibbiy muolajalar olish, oʻz salomatligini mustahkamlash imkoniga ega boʻladi.

Amudaryo tumanida ham Davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy qilishga tayyorgarlik koʻrish, aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifat va samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamiga yuqori malakali tibbiy xizmat koʻrsatishni mahallabay, maqsadli amalga oshirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tibbiy muassasalarni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnologiyalari va boshqa texnik vositalar, lokal tarmoq bilan taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar ham boshlab yuborildi.

Raqamlashtirish sohasi boʻyicha Medxab dasturiga tuman boʻyicha 193 ming 203 nafar, yaʼni 93 foiz aholi biriktirilgan. Fertil yoshidagi 52 ming 821 nafar ayol-qizlarning 78 foizi mazkur dasturga kiritilib, ularning salomatliklari masʼul shifokorlar tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.

Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi barcha oilaviy poliklinikalar yuqori tezlikda ishlovchi va eng soʻnggi turdagi optik tolali internet tarmogʻiga ulangan va ichki lokal tarmoq bilan taʼminlangan. 2024-yil davomida Tibbiyot birlashmasida faoliyat olib boruvchi 45 nafar xodim IT parklarda kompyuter savodxonligi boʻyicha malakalarini oshirdilar.

Bundan tashqari, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini yaxshilash, zamonaviy talablarga mutanosib ravishda shifo maskanlarini rekonstruktsiya qilish, yangidan barpo etishga ham alohida eʼtibor qaratilayotgani bois, bugungi kunda tuman Tibbiyot birlashmasi joylashgan hudud haqiqiy tibbiyotchilar shaharchasiga aylanib bormoqda. Zamon talablariga toʻliq javob beradigan yangi tugʻruqxona majmuasi qad rostlab, hududda xususiy tibbiy klinikalar, stomatologiya poliklinikalari, dorixonalar faoliyat yuritayotgani xalqimiz uchun qulayliklar yaratmoqda.

Jismonan va ruhan sogʻlom insonlargina jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻsha oladilar. Buni sidqidildan his qilib, zimmalaridagi xalq salomatligini saqlashdek yuksak masʼuliyat hissi bilan fidoyilik koʻrsatib mehnat qilayotgan tibbiyot sohasi xodimlarini Mustaqilligimizning 33 yillik eng ulugʻ, eng aziz bayrami bilan samimiy muborakbod etaman va el-u yurtga bebaho boylik – salomatlik ulashib yashashdek sharafli kasb faoliyatlarini amalga oshirishlarida mustahkam sogʻlik, kuch-quvvat tilayman!

Faxriddin Abdullayev, Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019