16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:37
Jamiyat 👁 190

Notariat sohasidagi yangiliklarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Notariat sohasidagi yangiliklarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda notariat institutining oʻrni beqiyos. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ushbu tizimni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va aholiga tezkor huquqiy xizmat koʻrsatish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday muhim qadamlardan biri sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentyabrdagi “Notariat institutini yanada rivojlantirish va tizimni raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi binosida mazkur qaror ijrosi va unda belgilangan yangi vazifalarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi. Tadbirda fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining sudyasi Muhabbat Qaypova, tumanda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Bibizuhra Bekimbetova, shuningdek, “Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, “Agrobank”ning tuman filiallari hamda “Oʻzsuvtaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatining Amudaryo tuman filiali xodimlari ishtirok etdilar. Seminarda asosiy eʼtibor yangi tartib-qoidalarni amaliyotga toʻgʻri va samarali joriy etish masalalariga qaratildi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab notariuslarning vakolatlari yanada kengaytirildi. Endilikda bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha boʻlgan nizosiz talablar boʻyicha notariuslar tomonidan ijro xatlari yozish tartibi yoʻlga qoʻyildi. Bunga notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talablar, qarzdorning majburiyatlari taʼminoti boʻlgan koʻchar mol-mulkka undiruvni qaratish, ijara toʻlovlari, koʻp kvartirali uylardagi majburiy badallar, kommunal va aloqa xizmatlari boʻyicha qarzdorlikni undirish kabi masalalar kiradi. Bu yangilik, oʻz navbatda, sudlarning ish yuklamasini kamaytirishga va undiruvchilarning sarson boʻlishining oldini olishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, sohada kadrlar salohiyatini oshirish va tajribali mutaxassislar mehnatidan unumli foydalanish maqsadida 2026-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekistonda notarius lavozimida boʻlishning eng yuqori yosh chegarasi 65 yoshdan 70 yoshga oshirildi. Albatta, bunda notarius Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi suhbatidan oʻtishi va oʻz faoliyatini davom ettirishga rozi boʻlishi talab etiladi. Shu bilan birga, tizimga kirish tartibi ham raqamlashtirildi va shaffoflashdi. 2026-yil 1-apreldan davlat notariusini tayinlash va xususiy notarial faoliyat uchun litsenziya berish malaka imtihonlari oʻrniga axborot texnologiyalari yordamida 2 bosqichli yagona tanlov joriy etildi. Dastlabki bosqichda talabgorlar davlat boshqaruvi, korruptsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik va vorislik huquqi kabi yoʻnalishlarda test sinovlaridan oʻtsalar, ikkinchi bosqichda maxsus elektron platformada hujjatlar loyihasini tuzish va muammoli kazuslarga yechim topish boʻyicha amaliy imtihon topshiradilar.

Tizimni raqamlashtirish va fuqarolarga qulaylik yaratish yoʻnalishidagi yana bir muhim qadam shundan iboratki, 2026-yil 1-apreldan xususiy notariuslar uzrli sabablarga koʻra ishlay olmaganda litsenziyasini toʻxtatib turish huquqiga ega boʻldilar. Qoidabuzarliklar uchun esa darhol litsenziyani bekor qilish emas, balki ogohlantirish va jarima kabi muqobil taʼsir choralari qoʻllaniladi.

Shuni ham taʼkidlash joizki, 2025-yil 1-dekabrdan boshlab respublika boʻylab notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalarining nusxasi axborot tizimiga majburiy yuklanadi va ularning aslini qogʻoz shaklida talab qilish bekor qilinadi. Notarial harakatlar aks etgan audio va videoyozuvlarni tizimga toʻgʻridan-toʻgʻri biriktirish va saqlash imkoniyati ham aynan shu maqsadda yaratilmoqda.

Qonunchilikdagi ushbu yangiliklar sohani butunlay yangi bosqichga olib chiqadi. Notariat tizimining masofaviy va raqamli formatga oʻtishi, xizmatlar koʻrsatish tezligining oshishi va ochiqlikning taʼminlanishi pirovard natijada oddiy insonlarning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilishdek oliy maqsadga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019