16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:44
Siyosat 👁 298

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 79-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 79-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 79-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman saylov komissiyasi aʼzolari, siyosiy partiyalarning tuman kengashlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyani 13-Qilichboy saylov okrugidan deputat Bahrom Qadirov ochdi va olib bordi.

Sessiya majlisida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashga oid qator masalalar yuzasidan tegishli masʼullarning hisobotlari hamda axborotlari tinglandi.

Xususan, kun tartibidagi dastlabki – 2024-yilning 7 oy davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxammetali Xojamuratovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda keltirilishicha, joriy yilning 7 oyi davomida tuman hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, “Profilaktika kuni” tadbirlari davomida 108ta jinoyatlar muhokama qilingan, 38 ming 76ta xonadon oʻrganilib, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 1 ming 419 nafar shaxslar bilan ijtimoiy profilaktik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “Mahalla yettiliklari”ga xulosalar taqdim etilgan. Mahalla faollari tomonidan 1 ming 207 nafar ijtimoiy profilaktika obʼekti boʻlgan shaxslarning muammolarini ijobiy hal etish choralari koʻrilgan.

Shundan soʻng sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – mahalliy byudjetning 2024-yil 1-choragi holatiga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman hokimligining bosh mutaxassisi Jahongir Yoʻldoshov hisobot berdi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi Jahongir Haydarov hisobot berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 12-avgust kungi 22-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobidan umumiy maydoni 42,2 gektar yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qoʻyish taklifini bildirdi.

Shundan soʻng Kengashning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeshchanovning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatligiga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan axboroti tinglandi.

Axborotda tumandagi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga taklif etilgan nomzodlar Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishida dastlabki tarzda koʻrib chiqilgani hamda 64ta uchastkaning har biriga 11-13 nafardan jami 754 nafar nomzodlar koʻrsatilgani taʼkidlandi.

Deputatlar kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha axborot va hisobotlarni tinglab, fikr-mulohazalarini bildirdilar. Faol muhokamalardan keyin sessiya kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026