16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:33
Siyosat 👁 777

AMUDARYo TUMANIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI TANTANALI TARZDA NIShONLANDI

AMUDARYo TUMANIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI TANTANALI TARZDA NIShONLANDI

Xalqimiz sevib nishonlaydigan bayramlar koʻp. Har biri oʻzining anʼanaviyligi, koʻp millatli vatandoshlarimizning orzu-intilishlariga hamohangligi bilan hayotimizga oʻziga xos fayz-tarovat bagʻishlaydi. Lekin Mustaqillik bayramining fayzi ham, tarovati ham boshqacha: tantanali bayram oqshomlarida sanʼatkorlarimiz tomonidan ijro etiladigan kuy-qoʻshiqlar jarangidagi, boshdan-oyoq bezangan shahar-u qishloqlar qiyofasidagi ajib jilvalar ham oʻzgacha! Boisi, bu ayyomda Ona Yurt qadri, TINChLIK, TOTUVLIK, DOʻSTLIK, ERK va OZODLIK tuygʻulari yanada ulugʻlanadi. Vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, Istiqlol neʼmatlaridan bahramand Yangi Oʻzbekistonning navqiron avlodlari madh etilib, ERK va OZODLIK uchun jon fido qilgan ajdodlar – jadid bobolar xotirlanadi.

Prezidentimizning 2024-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarori ham barcha sohalarda tobora yuksak taraqqiyot sari dadil odimlayotgan Yangi Oʻzbekistondagi yangilanishlar, xalqimiz hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda “Mustaqil Vatanimizning toza qon tomirlari” boʻlgan yoshlar erishayotgan katta muvaffaqiyatlarni, jadid bobolarimizning ezgu orzularini amalga oshirish borasidagi fidoyiliklarini oʻzida mujassam etgan tantanali bayram tadbirlarini tashkillashtirish va unda keng xalq ommasining ishtirokini taʼminlashga asosiy eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlangan.

Azaldan yuqoridan biron bir koʻrsatma kutishga odatlanmagan amudaryoliklar bu yil ham Mustaqillikning oʻttiz uch yillik ayyomi tantanalarini barvaqt boshlab yubordilar. Avgust oyining ilk kunlaridanoq qishloq va mahallalarda katta tantanalar bilan boshlangan bayramona tadbirlar 29-avgust kuni Amudaryo tumani Bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga qarashli oʻyingohda joʻshqinlik bilan davom etdi.

Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan, “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” ezgu shiorini oʻzida mujassam etgan olti boʻlimdan iborat teatrlashtirilgan bayram tadbirining butun mazmun-mohiyatida xalqimizning asrlar boʻyi shakllangan umriboqiy qadriyatlari, Istiqlol bergan ulugʻvor imkoniyatlar oʻz ifodasini topgani bilan qalblarda goʻzal taassurotlar uygʻotdi. Bayram tantanalarida koʻp millatli xalqimizning jipsligi, birdamligi va mustaqillik gʻoyalariga sodiqligi yana bir bor namoyon boʻldi.

“Mustaqil Vatanda el aziz, inson aziz!” “2024-yil – yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”, “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” kabi shiorlar bilan bezatilgan yoʻl-u yoʻlaklar, amudaryolik mirishkor dehqonlar, qoʻli gul hunarmandlar-u tadbirkorlar mehnatlarining samaralari, ilmda, sport va sanʼatda iqtidorli yoshlar erishayotgan yutuqlar aks ettirilgan koʻrgazmalar koʻzlarni quvontirdi. Nazarimda har dilda Vatanga mehr, tinchlik va ahillikdan shukronalik tuygʻulari hokim bu lahzalardan koʻngillar yanada tozardi.

Vatan, muncha shirin non-u tuzlaring,

Ohanrabosi bor dala-tuzlaring.

Dunyoga yuz tutgan oʻgʻil-qizlaring

Tugʻingni boshida tutganda, jahon

Koʻrdi! Har yurakda bir Oʻzbekiston!

Bayram tadbirining mezboni ham, mehmonlari ham ahil va inoq, et bilan tirnoq kabi taqdirlari bir-birlariga tutash oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, boshqird, koreys, ukrain kabi xalqlar vakillari boʻldilar va barchalari “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” ezgu shiori ostida yanada jipslashdilar. Chunki “Inson qadri ulugʻlangan Yangi Oʻzbekiston!” shiori bilan boshlangan bayram tadbirining ilk lahzalaridanoq Amudaryo tumani hokimi S.Xoʻjametovning aziz xalqiga yoʻllagan bayram tabrigi har bir inson qalbida oʻzi tugʻilib oʻsgan muqaddas zaminga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat, iftixor tuygʻusini uygʻotdi.

Tuman hokimi S.Xoʻjametov amalga oshirilayotgan katta muvaffaqiyatlar, amudaryoliklar hayotidagi ijobiy oʻzgarishlar va yangilanishlar davlatimiz rahbarining odilona siyosati, xalq zakosi, millatlar doʻstligining hayotiy ifodasi ekanligini chin dildan eʼtirof etib, Amu xalqiga xos boʻlgan ming yillik qadriyatlar bardavomligini tiladi.

Bayram tadbiriga maydon uzra yangragan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori yanada joʻshqinlik baxsh etdi. Amudaryolik sanʼatkorlar tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan adabiy-musiqiy dastur bayram ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Ayniqsa, jadid bobolar, qatagʻon qurbonlari haqidagi sahna koʻrinishlari bugungi dorilomon kunlar xalqimizga osonlikcha kelmaganini, mustaqillik, erk va ozodlik uchun kurashlarda qurbon boʻlgan ulugʻ ajdodlarimiz xotirasi oldida qarzdorlik hissi bilan yashashga burchli ekanligimizni anglatib, tarixiy xotiralar kelajak poydevorini mukammal barpo etishga daʼvatkor kuch boʻlajagini har bir qalbda mustvhkam muhrladi goʻyo.

Tadbirga yosh va iqtidorli sanʼatkorlarning, “Barkamol avlod” bolalar maktabi jajji bolajonlarining chiqishlari, “Oʻzbekiston – yagona uyimiz!” shiori ostidagi sanʼatkorlarning joʻshqin kuy-qoʻshiqlari, dilrabo raqslari yanada fayz va tarovat bagʻishladi.

Nazarimda, amudaryoliklar mustaqillikdek bebaho, oliy neʼmatning qadr-qimmatini yanada teranroq his etib, bayram bahona bir-birlari ila diydorlashgan qozoq, qoraqalpoq, turkman-u qirgʻiz, tojik, boshqird, tatar, rus va ukrain kabi millatlar Oʻzbekiston ichra ahil va totuv bir oila boʻlib yashayotganlaridan mamnun, bir-birlariga, Amu eliga xush kayfiyat ulashdilar. Zotan,

Yagona xalq boʻlib birlashgan millat,

Totuvlik qalblarda eng oliy neʼmat.

Siyosatda oʻktam, sobit mamlakat –

Istiqbol ufqlari porloq, charogʻon,

Imkonlari ulugʻ, bagʻri keng oshyon!

 

Koʻngillar birlashgan azal-u azal,

Mehr guli ungan ming yillar avval.

Bir yuz qirq millatning erki mukammal

Qomusiy sharh ila yaqqol namoyon –

Unda qadr topgan Hazrati inson!

 

Tonggi sabolardan koʻngillar xurram,

Har bitta goʻshada tantana, bayram.

Ziroatga toʻla dalalari ham

Shunchalar obodon, shunchalar koʻrkam,

Baxtga yor taqdirim – yorugʻ peshonam!

 

Totuvlik bazmiga, qarang, jamlashgan

Millatlar, elatlar ahil, sirlashgan.

Aslida barchasi maʼnan birlashgan –

Oʻzbekiston manim yagonam – onam –

Udir Sharq gavhari – oltin ostonam!

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019