16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:09
Adabiyot 👁 677

AMUDARYo TUMANIDA “INFOLIB OʻZBEKISTON – 2024” XIII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DOIRASIDA ONA TILI BAYRAMI TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

AMUDARYo TUMANIDA “INFOLIB OʻZBEKISTON – 2024” XIII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DOIRASIDA ONA TILI BAYRAMI TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Mamlakatimizda yoshlar kitobxonligini rivojlantirish, kitobxon yoshlarning intilish va qobiliyatlarini maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda “Infolib Oʻzbekiston” milliy axborot-kutubxona haftaligi oʻtkazilib kelinmoqda. Haftalik doirasidagi adabiy-musiqiy tadbirlar, taniqli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, sheʼriyat kechalari va mushoiralarda nafaqat kitobxon yoshlar, balki minglab adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishmoqda.

Joriy yilning 21-oktyabr sanasidan “Infolib Oʻzbekiston – 2024” XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi ham Respublikamiz boʻylab barcha kutubxonalarda koʻtarinki ruhda boshlandi. Butun Oʻzbekiston boʻylab 21-25-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir doirasidagi adabiy-musiqiy kechalar va davra suhbatlari oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bagʻishlangan ona tili bayrami tantanalari bilan boshlandi.

Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazida haftalikning ochilish marosimiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir ham amudaryolik kitobsevarlar qalbida maʼnaviyat va maʼrifatga, milliy qadriyatlarimizga cheksiz hurmat-ehtirom uygʻotgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Haftalik doirasida kutubxonada oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan “Til – faxrimiz” nomli kitoblar koʻrgazmasi orqali tadbir ishtirokchilari hozirgi zamon oʻzbek va jahon adabiyoti hamda mumtoz ababiyotimizning noyob durdonalari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida “Ona tilim – sarchashmangdan sarxush dilim” deb nomlangan adabiy kecha ham tashkil qilindi. Unda Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari, Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda 3-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilaridan iborat “Bilimlilar” va “Zukkolar” jamoalari orasida bilimdonlar bellashuvi oʻtkazildi.

Bilimdonlar bellashuvida kitobxon oʻquvchi-yoshlar oʻzlari oʻqigan kitoblardan olgan taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar hamda bir-birlariga mumtoz va hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti namoyandalarining asarlari yuzasidan savollar berishib, oʻz bilimlarini, qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazdilar.      

Haftalik davomida kitobxonlikni targʻib qilish, badiiy adabiyotning insonning shaxs sifatida shakllanishidagi bebaho ahamiyatini yoshlarga toʻlaqonli yetkazish maqsadida faxriy kutubxonachi Odinaxon aya Musayeva bilan kitobxonlar uchrashuvi ham oʻtkazildi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda oʻtgan uchrashuvda Odinaxon aya Musayeva kitob tufayli oʻz hayoti davomida erishgan muvaffaqiyatlari, oilaviy baxti, shu bilan birga, inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida adabiyotning, xususan, kitobxonlikning tengsiz ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, ona tilimizning sofligini saqlashda, uni yanada jarangdor va serjilo til sifatida shakllantirish, yanada boyitishda badiiy adabiyotimizning jonkuyar namoyandalari qatorida har bir inson masʼul ekanligini taʼkidladi. Faxriy kutubxonachi Odinaxon aya Musayeva bilan kitobxon yoshlar oʻrtasidagi qiziqarli savol-javoblar ishtirokchilar uchun taassurotlarga boy boʻldi.

Kecha soʻnggida tadbir ishtirokchilariga Amudaryo tuman Axborot-kutubxona Markazi maʼmuriyati tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Rohatoy Ramonova, Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026