16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:19
Jamiyat 👁 1,871

DAVLATBIKA RAJABOVA – FOLIB!

DAVLATBIKA  RAJABOVA – FOLIB!

Har kuni erta tongda oʻrnimizdan turib, eshigimizni ochsak, nigohimiz qoʻshnilarimizga tushadi. Ular bilan salomlashib, omonlik soʻrashib xotirjam uyimizga kiramiz. Bizning qon-qonimizga singib ketgan bu odatimizda ota-bobolarimizning asriy qoʻni-qoʻshnichilik, mahalladoshlik rishtalari mujassam ekanligini oʻzimiz ham sezmaymiz. Aslida esa qoʻshnilarimizning, ana shunday koʻnglimizga yaqin insonlarimiz istiqomat qiladigan mahallamizning tinch-osoyishtaligi - har birimizning tinchligimiz, osoyishtaligimizdir.

Bugungi kunda ovul, mahallalarda sogʻlom turmush tarzini barqarorlashtirish, aholi orasida hukumatimiz qarorlarining mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, ishsiz, ishga yaroqli aholining ish bilan bandligini taʼminlash, umummilliy qadriyatlarimiz, anʼanalarimizni keng targʻib etish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni sogʻlom, ona Vatanimizga munosib vorislar qilib voyaga yetkazish, aholi orasida yaqin qoʻshnichilik, mehr-oqibat tuygʻularini tarbiyalash va bardavom boʻlishiga erishishda ovul-mahalla fuqarolar yigʻinlari maslahatchilarining xizmati alohidadir.

Ha, ular bugun oʻz hududlaridagi istiqomat qiluvchi oilalarning yaqin sirdoshi, lozim boʻlsa, yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi maslahat-goʻyiga aylanishgan. Bolalar dargohlari, umumtaʼlim va kasb-hunar taʼlimi muassasalari muammolariga ham oʻzini daxldor deb bilib, yechimiga ustozlar bilan birga bel bogʻlaydi ular.

Bular yaqinda tuman madaniyat uyida boʻlib oʻtgan fuqarolar yigʻinlarining "Eng namunali diniy maʼrifat va maʼnaviy ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” koʻrik tanlovida ham yaqqol aks etdi.

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi va "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbir xuddi bayram tusini oldi. Gʻoliblik uchun bellashgan maslahatchilar 3 ta shart boʻyicha oʻzlarining mahoratlarini namoyish etdilar. Dastlab ularning faoliyatlariga doir hujjatlari, koʻrsatkichlari bilan hakamlar hayʼati yaqindan tanishib chiqdilar.

Ayniqsa maslahatchilar ish faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar, ular yechimini yoritish yuzasidan sahna koʻrinishi namoyish etish sharti juda  hayajonli boʻldi.

Oxirgi shartda maslahatchilar oʻz ish faoliyatlariga doir savollarga javob berdilar.

Koʻrik-tanlov yakuniga koʻra Mangʻit shahridagi Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻini maslahatchisi Davlatbika Rajabova birinchi oʻringa, "Toʻlqin” ovul fuqarolar yigʻini maslahatchisi Guljon Sapenova ikkinchi oʻringa, "Boʻzyop” ovul fuqarolar yigʻini maslahatchisi Gulzoda Koʻbayeva uchinchi oʻringa loyiq, deb topildi.

Shuningdek namunali faoliyat olib borayotgan, "Kuyuk koʻpir” ovul fuqarolar yigʻini maslahatchisi Tamara Karimova, "Qilichboy” ovul fuqarolar yigʻini maslahatchisi Raʼno Jumaniyozovalarga ragʻbatlantiruvchi mukofotlar topshirildi.

Asli kasbi kutubxonachi boʻlgan Davlatbika Rajabova 2004-yilda Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻini maslahatchisi qilib tayinlangan edi. Oʻn yilga yaqin faoliyati davomida u koʻpchilikka ibrat boʻlib oʻz vazifasini ado etib kelayotir. Demoqchimizki, uning koʻrik tanlovda eng namunali maslahatchi, deb topilgani bejiz emas.

- Mahallamiz aholisining ogʻzibirchilikli, mehr-oqibatli ekanligi doim meni quvontiradi va dalda beradi. Munavvar opa Sodiqova, Farida opa Davletova, Oyjon opa Oʻrozboyeva, Tozagul opa Xudoyorova singari onaxonlarimiz doimo beminnat koʻmak berishadi. Bugungi namoyish qilgan sahna koʻrinishimizni ham qoyillatib ijro qilishdi va gʻolib boʻlishimga koʻmaklashishdi. Ularga suyanib yana koʻp rejalar tuzib qoʻyganman, - deydi D.Rajabova.

U oʻz suyanchiqlari – mahalla onaxonlari bilan mazkur tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Oygul RAJABOVA,

Komila SAGITOVA.

Suratda: D.RAJABOVA

M.ShOMURODOV olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026