16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:06
Salomatlik 👁 398

“DAVLAT TIBBIY SUGʻURTASI MEXANIZMLARINI JORIY ETIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”GI PREZIDENT QARORI TAQDIMOTIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

“DAVLAT TIBBIY SUGʻURTASI MEXANIZMLARINI JORIY ETIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”GI PREZIDENT QARORI TAQDIMOTIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻlamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sugʻurta xizmatini joriy etish, tibbiy xizmat bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish va shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini kengaytirish maqsadida 2024-yil 5-sentyabrda Prezidentimizning “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 311-sonli Qarori qabul qilingan edi. Unga koʻra, davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida aholiga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat byudjetiga toʻlanadigan soliqlar hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan. Bunda aholidan sugʻurta uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.             

Amudaryo tuman Tibbiyot Birlashmasi faollar zalida Prezidentimizning mazkur qarori taqdimotiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻp tarmoqli Markaziy poliklinika, shuningdek, hududlardagi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari shifokorlari, umumiy amaliyot shifokorlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda faollari, tibbiyot sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova ochdi va olib bordi. U tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda Davlat tibbiy sugʻurtasini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish borasidagi Prezident Qarori yuzasidan qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.

Shundan soʻng Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Fahriddin Abdullayev mazkur Qarorning mazmun-mohiyati, aholiga sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmat koʻrsatishda qulayliklar yaratish maqsadida ushbu Qaror bilan 2024-yil 1-oktyabrdan Tashkent shahri va Sirdaryo viloyati Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimiga oʻtganligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shu jumladan Amudaryo tumanida ham 2025-yil 1-yanvardan boshlab aholiga Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi orqali tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilishi xususida batafsil toʻxtaldi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi oʻz soʻzida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarining afzalligi, aholi uchun qulayliklari, kafolatlangan paketlarga nimalar kiritilgani va dori-darmonlar bilan bepul taʼminlanish huquqiga ega fuqarolar elektron tashxislar orqali dorixonalar tomonidan taʼminlanishi haqida soʻz yuritdi. Bundan tashqari, har bir fuqaroda oʻz sogʻligiga oʻzi masʼulligi hissini shakllantirish, aholining tibbiy savodxonligini oshirish, mahalla bilan tibbiyot xodimlari hamkorligi, shoshilinch va rejali ravishda bepul tibbiy xizmat koʻrsatilishi masalalari boʻyicha yigʻilish ishtirokchilariga misollar orqali zarur tushunchalar berdi.

Shu bilan birga, tuman Tibbiyot Birlashmasi tomonidan Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi orqali aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishga jiddiy tayorgarlik ishlari olib borilayotgani, bu boʻyicha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan oʻzaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʼkidlanib, hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan zarur tushunchalar berildi.

Yigʻilishda davlat tibbiy sugʻurtasini amaliyotga joriy etish borasida aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot tadbirlarin olib borish, tibbiy sugʻurta xizmatining afzalliklari, aholi uchun qulayliklari xususida tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan takliflar ham bildirilib, vazifalar belgilab olindi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019