16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:31
Iqtisodiyot 👁 509

Tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirish yoʻlida

Tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirish yoʻlida

Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashda yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil qilishning ahamiyati nihoyatda katta. Amudaryo tumanida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

“NUKUS DILISHA” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan un ishlab chiqarish zavodi loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi muhim sanoat tashabbuslaridan biri boʻlib, uning natijasida mahalliy un mahsulotlariga boʻlgan talabni qondirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi farovonligini oshirish maqsad qilingan. Korxona uchun Prezident farmoni asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 1,5 gektar va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 40,6 gektar yer maydonlari toʻgʻridan-toʻgʻri ajratilgan. Loyihaning umumiy qiymati 11 milliard soʻmni tashkil etadi, shundan 7,9 milliard soʻmi bank kreditidir.

Loyiha toʻliq amalga oshirilgach, zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 ming tonna unni tashkil etishi rejalashtirilgan boʻlib, bu hajm mahalliy ehtiyojlarni qondirish uchun toʻliq yetarli darajada. Shuningdek, zavodda 30 nafar yangi ish oʻrinlari yaratilishi kutilmoqda. Bu esa aholi bandligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Ayni paytda zavod qurilish ishlarining 80 foizi bajarilgan. Gʻalla qabul qilish punktlari toʻliq qurilib, ishlab chiqarish tsexini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Zarur asbob-uskunalar uchun kredit mablagʻlari ajratilgan boʻlib, ularni olib kelish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda. Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Turkiyadan tajribali mutaxassislar jalb qilingan va 2024-yil 20-dekabr sanasigacha zavodni toʻliq ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Tumanning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan yana biri “AMUDARYOTEX” MChJga qarashli oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarish loyihasidir. Ushbu loyiha mahalliy bozorda oʻsimlik yogʻiga boʻlgan talabni qondirishga hissa qoʻshish bilan birga, tuman aholisi uchun qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishga ham xizmat qiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 102 milliard soʻmni tashkil qiladi, bundan 3,5 million dollar miqdoridagi mablagʻ xorijiy investitsiya sifatida kiritilgan. Korxona toʻla quvvatda yiliga 10 ming tonna oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarishga moʻljallangan. Korxona ishga tushsa, 85 nafar yurtdoshlarimiz doimiy ish oʻrni va barqaror daromadga ega boʻladilar.

Korxonaga uskunalar asosan Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida korxonaga “Agro bank” tomonidan moliyaviy xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda.

Loyihaning qurilishi 2020-yil mart oyida boshlangan boʻlib, 2024-yil dekabr oyida toʻliq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur korxona 2,5 gektar maydonda joylashgan va uning 10,3 ming kvadrat metrini yopiq inshootlar tashkil etadi. Bu yerdagi ishlab chiqarish jarayoni nafaqat ichki bozor talabini qondirish, balki eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Korxona tomonidan yiliga 12 milliard soʻm miqdorida soliq toʻlanishi hisob-kitob qilingan. Shu sababli ham loyihaning ishga tushishi natijasida tumanning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi yanada tezlashadi.

Mazkur loyihalar tuman uchun muhim iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlib, ular mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda yangi ish oʻrinlari yaratish orqali aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026