16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:19
Siyosat 👁 456

“Targʻibot poyezdi”ning targʻibot guruhi aʼzolari 40-maktabga tashrif buyurdi

“Targʻibot poyezdi”ning targʻibot guruhi aʼzolari 40-maktabga tashrif buyurdi

Har qanday zamon va makonda inson qadri ulugʻ, uning haq-huquqlari har nedan ustun. Odamzod dunyoga kelar ekan, u bilan birgalikda huquqlari ham tugʻiladi, oʻzi bilan hamnafas yashaydi. Shubhasiz, Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining haqiqiy muallifi xalqning oʻzidir. Fuqarolarning xohish-irodasi esa islohotlarning manbai va harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan umumxalq referendumida oʻzi va yurt taqdiriga befarq boʻlmagan, shu yurtning buguni va ertasiga daxldorlik hissi bilan yashaydigan har bir yurtdoshimiz faol ishtirok etib, ularning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizni yoqlab ovoz bergani ham fikrimiz dalilidir.

Sir emaski, Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha orzu-umidlari va intilishlari oʻz aksini topgan. Konstitutsiya mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega va toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz 6 boʻlim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat. Joriy yilda bosh qomusimiz 32 yoshga toʻladi. Shu munosabat bilan yurtimizning deyarli barcha hududlarida, mahallalarda, idora va tashkilotlarda, taʼlim maskanlarida bayram kechalari, turli xil zakovat oʻyinlari, targʻibot tadbirlari oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida tashkil etilgan “Targʻibot poyezdi” loyihasining targʻibot guruhi aʼzolari Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabga tashrif buyurdi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri oʻrinbosari, guruh rahbari Baxram Xudaybergenov, universitetning jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari Allanazar Janabayev, Kobeysin Zaripbayev, Sabrina Shamuratova hamda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi Aysulu Muratbayeva, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xoʻjamuratova va oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

“Targʻibot poyezdi” loyihasining maqsadi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini yoshlarga anglatish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

Tadbirda targʻibot guruhi aʼzolari oʻquvchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmuni, unga kiritilgan yangi moddalar, huquqiy normalar mohiyati, inson oʻz haq-huquqlarini bilishi va amalda qoʻllay olishining ahamiyati haqida toʻxtaldilar. Konstitutsiya, qonun, inson huquq va erkinligi, qonun ustuvorligi kabi tushunchalarga alohida urgʻu berildi.

Shundan soʻng, oʻquvchilarning huquqiy savodxonligini sinovdan oʻtkazish maqsadida “Zakovat” oʻyini oʻtkazildi. Unda oʻquvchilar guruhlarga boʻlinib, oʻz bilim va salohiyatini namoyon qildilar. Oʻyin soʻngida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari topshirildi. Bu kabi tadbirlar targʻibot guruhi tomonidan Qoraqalpogʻistonning boshqa tumanlarida ham oʻtkazilmoqda.

 Soʻzimiz avvalida huquqini bilgan va amalda qoʻllay olgan inson xor boʻlmaydi, degan edik. Darhaqiqat, bizga hayotda toʻgʻri yozish, raqamlarni toʻgʻri hisob-kitob qilish, odam va uning salomatligi kabi yoʻnalishlar qanchalik zarur boʻlsa, huquqiy savodxonlikka ham shunchalar ehtiyojimiz bor. Zero, u toʻgʻri yozish yoki toʻgʻri hisoblashni oʻrgatmasa-da, fuqarolarga toʻgʻri yashashni oʻrgatadi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026