16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:30
Salomatlik 👁 475

1-DEKABR – BUTUNJAHON OITSGA QARShI KURASh KUNI MUNOSABATI BILAN DXX ChEGARA QOʻShINLARIGA QARAShLI 92-02 HARBIY QISM XIZMATChILARI IShTIROKIDA TADBIR BOʻLIB OʻTDI

1-DEKABR – BUTUNJAHON OITSGA QARShI KURASh KUNI MUNOSABATI BILAN DXX ChEGARA QOʻShINLARIGA QARAShLI 92-02 HARBIY QISM XIZMATChILARI IShTIROKIDA TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Jahon Sogʻlikni saqlash tashkiloti hamda Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1988-yilgi Qarori bilan 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida belgilangan.

Jahon Sogʻlikni saqlash tashkilotining 2024-yilgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda OIV infektsiyasini yuqtirgan 40 milliondan ortiq bemor bor. Ularning soni yiliga 1, 5 million kishiga ortib bormoqda. Eng yomoni, mazkur kasallik har yili 600 ming kishini hayotdan olib ketmoqda.

Aytish joizki, mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi boʻyicha keyingi yillarda barcha yoʻnalishlarda sezilarli yutuqlarga erishildi. Xususan, joriy yilning III choragi yakuniga koʻra, mamlakatimizda OIV infektsiyasiga chalingan bemorlarning 84 foizi davolashning butun dunyoda tan olingan usuli – antiretrovirus muolajalari bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparat xarajatlarining qariyb 80 foizi davlat byudjeti mablagʻlari, qolgan 20 foizi xalqaro jamgʻarmalar hisobidan qoplanmoqda.

Bu haqda Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli 92-02 harbiy qism zobit va askarlari ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda batafsil soʻz yuritildi.

Tadbirda 92-02 harbiy qism zobit va askarlari uchun Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari Tamara Saidova, Dilbar Allabergenova hamda Raʼno Saidovalar OITS kasalligining oldini olish, kasallikning dastlabki belgilari, sogʻlom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati, shuningdek, jismoniy faollik va kundalik hayotda amal qilinishi zarur boʻlgan sanitariya-gigiyena qoidalari mavzularida batafsil va keng tushunchalar, zarur tavsiyalar berdilar.

Shu bilan birga, ushbu kasallikka chalingan bemorlar haqidagi barcha maʼlumotlar mutlaqo sir saqlangan holda muolaja choralari koʻrilishi, ularning oila aʼzolari ham mazkur kasallikni yuqtirib olishlarining oldini olish boʻyicha zarur profilaktik ishlar amalga oshirilishi haqida soʻz yuritishdi va tadbir ishtirokchilariga OITSdan saqlanish boʻyicha targʻibot varaqalari tarqatdilar.

Uchrashuv davomida 92-02 harbiy qism xizmatchilari OITSdan saqlanish, davolanish bosqichlari, muntazam ravishda sogʻlom turmush tarzi qoidalariga amal qilgan bemorlarning mazkur kasallikdan butunlay sogʻayib ketish imkoniyatlari bor yoki yoʻqligi yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Ishtirokchilar tomonidan tushgan shu va shu kabi boshqa savollarga shifokorlar Jahon Sogʻlikni saqlash tashkiloti tomonidan taqdim etilgan soʻnggi maʼlumotlar asosida batafsil javoblar berdilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026