16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:22
Jamiyat 👁 351

“MAHALLA YeTTILIGI”NING HAMKORLIKDAGI FAOLIYaTI TUFAYLI ChOYKOʻL OVULI OBOD VA FAROVON GOʻShAGA AYLANMOQDA

“MAHALLA YeTTILIGI”NING HAMKORLIKDAGI FAOLIYaTI TUFAYLI ChOYKOʻL OVULI OBOD VA FAROVON GOʻShAGA AYLANMOQDA

Biz hammamiz mahallada yashaymiz, uning har bir qarich yerini obod qilish, mahalla ahlining muammolariga yelka tutish, yaxshi-yomon kunlarida mahalladoshlar bilan birga boʻlish, oʻzimiz yashab turgan hududning kelajagi, yanada taraqqiy etishi uchun masʼullik tuygʻusi bilan yashash – azaliy qadriyat. Shu bois, har gal Yangi yil arafasida mahalla masʼullari kelgusi yil rejalari, belgilanayotgan yangi vazifalar, mahalla hayotida kutilayotgan oʻzgarishlar yuzasidan xalq vakillari oldida hisobot berishni, yechimini kutayotgan muammolar boʻyicha fikrlashib olishni oʻzlarining zimmalaridagi burchi deb biladilar. Zero, davlatimizning mahalla institutini rivojlantirish va uni eng demokratik va xalqona, ijtimoiy tuzilmaga aylantirish borasidagi talabi ham shu.

“Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitishi ham belgilab qoʻyilgan. Bu esa mahalliy darajadagi muammolarga oʻz vaqtida yechim topish, jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishi hamda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash imkonini bermoqda.

Yangi 2025-yilning ilk kunlarida ijodiy guruhimiz bilan Amudaryo tumanidagi Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻinida boʻlganimizda “Mahalla yettiligi”ning aholi murojaatlari bilan ishlash, mahalliy darajadagi muammolarni samarali hal etishga qaratilgan saʼy-harakatlari tufayli xalq hayotidagi oʻzgarishlar va yangilanishlardan koʻzimiz quvondi. Chunki har choraklik yakuni boʻyicha hokimiyat organlari rahbarlari va ovul fuqarolar yigʻini vakillari tomonidan yigʻin faoliyati vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarni eshitib borilishi bois ovul ahli hayotiga oid barcha muammolar tizimli ravishda hal etilib borilmoqda. “Mahalla yettiligi” aʼzolari uchun aholi murojaatlari, ariza va takliflar bilan ishlash faqat joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasini belgilash vositasi emas, necha-necha odamlarning arz-dodi, taklif va shikoyatlarini joyiga chiqqan holda ijobiy hal etishga qaratilgan ezgu qadamdir.

Bugungi kunda ovul hududida 1 ming 192 xonadon tarkibidagi 1 ming 293ta oilada 7 ming 123 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Tarixga aylangan 2024-yil davomida 1 ming 192 xonadonga “Mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan uyma uy yurib, elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash, xonadonlarga quyosh paneli, quyosh suv isitish uskunasi, tejamkor lampalar oʻrnatish buyicha olib borilgan suhbatlar, targʻibot tadbirlari va uchrashuvlar tufayli koʻpdan-koʻp muammolar joyida hal etildi.

Xususan, yer va mol-mulk soligʻi, kommunal toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilgani bois, bu borada belgilangan reja 1 milliard 426 million soʻm oʻz vaqtida toʻlandi va aholining soliqlar boʻyicha qarzdorligi umuman yoʻq hisobi.

Aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli 186 nafar fuqarolar doimiy daromad manbaiga ega boʻldilar. 1 ming 105ta xonadon egalari tomorqalaridan samarali foydalanishlari evaziga oʻz oilalari farovon, yanada obod boʻlishiga erishayotganlari esa eʼtiborga va eʼtirofga munosib.

Bundan tashqari, 95ta xonadonda 10 va undan ortiq chorva mollari parvarishlanayotgani tufayli mazkur oilalar aʼzolari ham doimiy daromad manbalariga ega boʻldilar. “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida choykoʻlliklar mahalla binosi atrofida 20 sotix yer maydoniga 150 tup mevali daraxt koʻchatlari ekishib, “Mahalla bogʻi”ni tashkil qilishgani ovul obodligini taʼminlashga qaratilgan yana bir ezgu qadam boʻldi. Bundan ham muhimi, ovul hududini koʻkalamzor goʻshaga aylantirish maqsadida 800 ta tomorqa yeri mavjud xonadonning har birida 10 tupdan, jami 8000 mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning ogʻirini yengil, mushkulini oson qilish, qiyin paytda yelkadosh boʻlish “Mahalla yettiligi”ning doimiy vazifasiga aylangan. Birgalikdagi saʼy-harakatlar, tufayli yil boshida “Ijtimoiy himoya” reyestriga kiritilgan fuqarolarning barchasining turmush sharoitlari ijobiy tomonga oʻzgargani bois, 2025 yining 1-yanvar holatiga “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” roʻyxatidagi fuqarolar mazkur daftarlardan toʻliq chiqarildi. Shayx qalʼa koʻchasida yashovchi Nurbek Jumatovning yashash uyi yonib ketganligi sababli homiylar va koʻni-qoʻshnilari tomonidan hovli-joyi hashar yoʻli bilan taʼmirlab berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga karatilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish, qolaversa, ovul infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida ovulda 2025-yilda bajariladigan ishlar ham ayni paytda “Mahalla yettiligi” aʼzolarining eʼtibor markazidagi vazifaga aylangan.

Unga koʻra, Os ovul aholi punktiga oʻquvchilarning maktabga xavfsiz qatnashi uchun 900 metr, Chorvador aholi punktiga 300 metr masofadagi piyodalar yoʻlakchasini qurish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, pillachilik sohasida kasanachilik faoliyatini keng joriy etish, ovul yoshlarini sport-sogʻlomlashtirish inshootlariga yanada koʻproq jalb qilish, toʻylar, oilaviy marosimlarni kamchiqim, isrofgarchiliklarsiz oʻtkazish, hududdagi umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikda kitobxon yoshlar safini oshirish, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan kitobxonlik kechalari, taniqli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

“Mahalla yettiligi” aʼzolarining Mahalla Kengashi aʼzolari hamda fuqarolar yigʻini komissiyalari bilan hamkorlikdagi faoliyati tufayli oʻtgan yil davomida ovul hududida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, oilaviy ajrashishlar va oʻzaro nizolar umuman qayd etilmadi. Bundan ayonki, haqiqatdan ham choykoʻlliklar turmush tarzida osoyishtalik va xotirjamlik hokim. Biz buni tobora goʻzallashib, infratuzilmasi jadal rivojlanayotgan ovul qiyofasida koʻrib, yaqqol his etdik.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019