16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Fan va taʼlim 👁 367

OYBEK NOMLI MAHALLADA “XUSNIYA KIDS” NODAVLAT MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI OʻZ FAOLIYaTINI BOShLADI

OYBEK NOMLI MAHALLADA “XUSNIYA KIDS” NODAVLAT MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI OʻZ FAOLIYaTINI BOShLADI

Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish, sohaga innovatsion gʻoyalarni keng joriy qilish hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatiga keng yoʻl ochishga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli bugungi kunda, ayniqsa, maktabgacha taʼlim tizimi jadal rivojlanmoqda. Nodavlat maktabgacha tashkilotlarining ham yil sayin nufuzi va taʼlim-tarbiya sifati tobora yaxshilanib, natijada maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni qamrab olish koʻrsatkichi oshib bormoqda. Sohaga tadbirkorlarning jalb qilinishi aholining maktabgacha taʼlim tashkilotlariga boʻlgan talab va ehtiyojlarini qondirish imkonini berish bilan birga yangi ish  oʻrinlarining ham paydo boʻlishiga zamin yaratmoqda.

Amudaryo tumanida ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga koʻra, maktabgacha taʼlim tizimida nodavlat sektor ishtirokini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tarmogʻini kengaytirish, xususiy MTTlarni tashkil etish istagida boʻlgan tadbirkorlarga zarur shart-sharoitlar yaratib berish, qurilish-taʼmirlash ishlarida yaqindan koʻmaklashish va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan eʼtibor va ragʻbat tufayli koʻplab xususiy muassasalar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Ana shunday nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan biri yangi 2025-yilning ilk haftasida Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasida ham tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshladi.

Bugungi kunda mazkur mahalla hududida 1ta davlat, 2ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, ularda 373 nafar kichkitoylar tarbiyalanayotgan edi. Yangidan tashkil etilgan “XUSNIYA KIDS” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti esa 120-oʻringa moʻljallangan boʻlib, 4ta guruhning har biriga 30 nafardan bolajonlar qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Muassasaning ochilish marosimida Amudaryo tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomurodov, mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

“XUSNIYA KIDS” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish, muassasa binosini qurish va jihozlash uchun tadbirkorning salkam 3 mlrd soʻm oʻz mablagʻi yoʻnaltirilib, shuning 2,4 mlrd soʻmi qurilish va rekonstruktsiya ishlari uchun, 500 million soʻmdan ortiq qismi esa binoni toʻliq jihozlash uchun sarflandi.

Gulxumor Qozoqboyeva rahbarligida oʻz faoliyatini boshlagan mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlarning yayrab ulgʻayishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, yumshoq oʻrindiqlar, bolalarning toʻyib uxlashlari uchun qulay va zamonaviy divan-karavotlar bilan jihozlangan dam olish xonasi, turli ertak qahramonlari, ona tabiat manzaralari bilan bezatilgan, biri-biridan yoqimtoy oʻyinchoqlar turkumlarini oʻzida mujassam etgan oʻyinxona, yuvinish va kiyimlarni almashtirish xonalari, tantanalar zali, oshxona va ovqatlanish xonalari koʻrgan koʻzni quvontiradi.

Tadbirkor Feruza Madrahimova tomonidan tashkil etilgan “XUSNIYA KIDS” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshlashi bilan 15 nafar ayol-qizlar doimiy ish bilan taʼminlandi. Muassasa toʻliq quvvat bilan faoliyat yuritishni boshlagach, yaʼni 4 ta guruhning har biriga 30 nafardan bola qamrab olingandan keyin ish oʻrinlarini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

– Maqsadimiz – xalqimizga munosib xizmat qilish, – deydi tadbirkor Feruza Madrahimova. – Davlatimiz tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Fidoyi mehnat qilgan tadbirkorga esa eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatilayotir. Bunga javoban biz tadbirkorlar ham yanada yaxshiroq, yanada faolroq ishlashimiz kerak.

Biz esa el-yurt manfaati yoʻlida xizmat qilishga bel bogʻlagan Feruza Madrahimovaga:

– Ezgu ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin, – deya tilak bildirdik.

Iroda ERDOShEVA, Qoraqalpoq davlat universiteti Jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019