16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:25
Iqtisodiyot 👁 572

“Loyihalar yarmarkasi” tadbiri oʻtkazildi

“Loyihalar yarmarkasi” tadbiri oʻtkazildi

2024-yil 16-dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish boʻyicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida “Loyihalar yarmarkasi” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari, tijorat banklari masʼullari, mahalladagi tadbirkorlik bilan shugʻullanishni xohlovchi fuqarolar ishtirok etdi.

Yarmarkani tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov ochib berdi. Hokimning birinchi oʻrinbosari oʻz nutqida bugungi kunda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlari xususida soʻz yuritib, kichik biznesni har tomonlama rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Darhaqiqat, bugun yurtimizda tadbirkorlar uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochilgan. Prezidentimiz tomonidan oʻtgan yilning 16-dekabr sanasida oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida ham tadbirkorlar uchun qator yangi imkoniyatlar va imtiyozlar berilishi eʼlon qilingan edi.

Xususan, oʻtgan 6-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega boʻlgan tadbirkorlarga “Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash” dasturi doirasida shartsiz 300 million soʻm kredit beriladi. Bu orqali kelgusi yillarda koʻp sonli aholi bandligini taʼminlash koʻzlanmoqda.

Shuningdek, 30ta tumanda baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik va asalarichilik boʻyicha kooperatsiyalarni koʻpaytirish maqsadlariga 500 milliard soʻm yoʻnaltirilishi belgilandi. Endilikda ham investitsiya olib keladigan, ham koʻp ish oʻrni yaratadigan startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi.

Shu bilan birga sharoiti ogʻir boʻlgan 71ta tumanga boshqa hududlardan tadbirkorlarni taklif qilish uchun ularga qoʻshimcha kreditlar ajratilib, joriy yilda mingta ogʻir mahalla infratuzilmasiga 3 trillion 200 milliard soʻm ajratilishi belgilangan.

Endilikda “Loyihalar yarmarkasi” har bir tuman va shaharlarda oyda ikki marta tashkil qilinadi. Tuman va shahar hokimliklari tashabbusi bilan loyihalar yarmarkasi oʻtkaziladigan joy tanlab olinib, yarmarka oʻtkaziladigan sanadan uch ish kun oldin mahalla idorasi va ijtimoiy tarmoqlardagi mahallaga tegishli guruhlarda eʼlonlar joylashtiriladi. Hokim yordamchilari va mahalla bankirlari mahallalardan yangi loyiha qilmoqchi boʻlgan, kreditga layoqatli mijozlarni loyihalar yarmarkasiga olib boradi.

Yarmarkada tumandagi ovul va mahallalarga biriktirilgan banklar dasturlar doirasida va oʻz mablagʻlari hisobidan mavjud kredit mahsulotlari boʻyicha koʻrgazmali materiallar tayyorlab, faol ishtirok etadi. Biriktirilgan banklar tashrif buyurgan jismoniy va yuridik shaxslarning biznes rejalarini koʻrib chiqib, ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kredit mablagʻlarini ajratib borishni oʻz zimmalariga oladi.

Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida oʻtkazilgan dastlabki yarmarkada mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etdi. “Loyihalar yarmarkasi” tadbiri doirasida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish boʻyicha ishlab chiqilgan biznes rejalar taqdimot qilindi. Yarmarka doirasida qator tashabbuskorlarning loyihalari tijorat banklari tomonidan maʼqullandi va kredit ajratgan holda moliyalashtirish uchun tanlab olindi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019