16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:33
Iqtisodiyot 👁 633

2025-yilga moʻljallangan soliq siyosati boʻyicha muhim oʻzgarishlar tadbirkorlar va keng jamoatchilikka tushuntirildi

2025-yilga moʻljallangan soliq siyosati boʻyicha muhim oʻzgarishlar tadbirkorlar va keng jamoatchilikka tushuntirildi

Xabaringiz bor, har yili yil yakunida kelgusi yil uchun soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari va byudjet parametrlari tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasida Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgarishlar hamda 2025-yilda soliq siyosatidagi yangiliklarni tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi. 

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasi boshligʻi Xalmurza Bekchanov, Savdo-sanoat palatasi boshligʻi Kazbek Artikov, soha mutaxassislari, tadbirkorlar hamda aholi vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan soliq tizimiga kiritilgan muhim yangiliklar boʻyicha batafsil axborot berildi. 

Qayd qilinganidek, mazkur qonun hujjatlari bilan Soliq kodeksining 37ta moddasiga, shuningdek Byudjet kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ushbu oʻzgarishlar aholi hamda tadbirkorlik subʼektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, iqtisodiy faollikni oshirish va soliqlarning samaradorligini taʼminlashga qaratilgan. 

Xususan, 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan kambagʻal oila aʼzolari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi. 2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-sentyabrga qadar tadbirkorlar tomonidan kasbga oʻrgatish uchun ishga qabul qilingan maktab, kollej va texnikum oʻquvchilariga daromad soligʻi hamda ularning oylik ish haqiga hisoblangan ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida belgilandi. 2028-yil 1-yanvarga qadar magistral yoʻllar boʻyida koʻchma savdoni tashkil qilgan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻz faoliyatining dastlabki 6 oyi davomida soliqlarni toʻlashdan ozod etildi.

Shuningdek, IT-park rezidentlariga qoʻshimcha qiymat soligʻidan tashqari barcha soliqlarni toʻlashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar 2040-yilgacha uzaytirilib, ushbu sektorni rivojlantirishga qoʻshimcha imkoniyat yaratildi.

Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliqdan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod qilindi.

Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini oʻrnatgan jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun qator imtiyozlar, ragʻbatlantirish choralari belgilandi.

2028-yil 1-yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytirildi.

Bundan tashqari, byudjet daromadlari barqarorligini taʼminlash maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan stavkasi tovar aylanmasi 500 mln soʻmgacha boʻlganda yiliga 30 mln soʻm, 500 mln soʻmdan yuqori boʻlganda 40 mln soʻm miqdorida belgilandi.

Noturar obʼektlar boʻyicha mol-mulk soligʻining asosiy stavkasini saqlab qolgan holda, soliq bazasini aniqlashda 1 kvadrat metr uchun oʻrnatilgan minimal qiymat, jismoniy shaxslarning turar obʼektlari boʻyicha mol-mulk soligʻi, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning qatʼiy miqdorda belgilangan stavkalari 10 foizga oshirildi.

Umuman olganda, soliq siyosati oʻzgarishlari natijasida tadbirkorlar va aholi ixtiyorida taxminan 3 trillion soʻm mablagʻ qolishi kutilmoqda.

Seminar davomida tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik mazkur oʻzgarishlar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, savollariga batafsil javob olishdi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019