16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:50
Sport 👁 644

Oʻsmirlar oʻrtasida sportning kurash turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi

Oʻsmirlar oʻrtasida sportning kurash turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi

Oʻzbekiston azaldan kurashchi polvonlar yurti sanaladi. Ota-bobolarimiz kurash gilamini or-nomus timsoli deb bilishgan. Kurash nafaqat jismoniy kuch-qudratni namoyon etuvchi sport turi, balki halollik, mardlik va adolat ramzi hamdir. Bugungi kunda kurash zamonaviy sport maydonlarida oʻz oʻrnini mustahkamlab, jahon miqyosida eʼtirof etilmoqda. Kurash xalqaro musobaqalarda alohida sport turi sifatida tan olinib, Osiyo oʻyinlaridan ham munosib oʻrin egalladi. Jahon polvonlari bugungi kunda “oʻrta”, “taʼzim”, “kurash”, “halol”, “dakki”, “tanbeh”, “gʻirrom” kabi oʻzbek soʻzlaridan foydalanib, kurash maydonlarida bellashmoqda.

Davlat rahbarining 2024-yil 21-dekabr kungi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori mamlakatimizda ushbu sport turiga boʻlgan eʼtiborning naqadar yuksak ekanini yana bir bor isbotladi. Ushbu Qaror bilan kurash sportining bolalar va oʻsmirlar orasida keng targʻib etilishi, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda kurash sportini yanada ommalashtirish maqsadida hududlarda turli yosh toifalari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda. Shunday musobaqalardan biri 15-fevral kuni Amudaryo tumani sport maktabida tashkil etildi. “Biz – giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur musobaqada oʻsmir yoshdagi yigitlar va qizlar oʻzaro kuch sinashdi.

Musobaqaga Nukus shahri, Shoʻmanay, Xoʻjayli va Beruniy tumanlaridan 200 nafarga yaqin yosh sportchilar tashrif buyurdi. Bellashuvlar qizgʻin va murosasiz kechdi. Ishtirokchilar Xalqaro Kurash Federatsiyasi qoidalariga muvofiq kurash olib bordilar. Dastlab qizlar oʻrtasidagi bahslar oʻtkazildi. Bugungi kunda ayol-qizlarimizning ham kurash sportiga qiziqishi ortib borayotgani quvonarli holat. Shundan soʻng yigitlar ham oʻz kuch va mahoratlarini gilamda namoyish etdilar.

Har bir sportchining maqsadi nafaqat musobaqalarda gʻolib boʻlish, balki milliy anʼanalarimizga sodiq qolgan holda, halollik va adolat tamoyillariga amal qilishdir. Kurashning asosiy mezonlari aynan shu tamoyillarga asoslangani uning ahamiyatini yanada oshiradi. 

Musobaqada oʻz vazn toifalarida faxrli oʻrinlarni egallagan sportchilarga Amudaryo tumani sport maktabi tomonidan diplom va medallar tantanali ravishda topshirildi. Musobaqalar yakuniga koʻra amudaryolik kurashchilar umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Musobaqaga Zulhijja Xudoyorova bosh hakamlik qilib, ishtirokchilarning kurashga boʻlgan ishtiyoqini yuqori baholadi.

Kurash nafaqat milliy sport turi, balki xalqimizning maʼnaviy qadriyatlaridan biri sifatida ham eʼtirof etiladi. Davlatimiz tomonidan ushbu sport turini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar kelgusida yangi chempionlar yetishib chiqishiga va kurashning xalqaro miqyosda yanada ommalashishiga xizmat qiladi.

Shohista Shomurodova, QDU 3-bosqich talabasi, tahririyat amaliyotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019