16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:27
Siyosat 👁 688

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 6-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 6-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 21-fevral kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 6-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida deputatlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, korxona-tashkilotlar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi oʻrinbosari – 3-Doʻstlik saylov okrugidan deputat Madamin Kazakov olib bordi. Sessiya kotibligiga 6-Boʻston saylov okrugidan deputat Maqsud Saʼdullayev saylandi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala tumanda aholi bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yil yakuniga qadar tumanda amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov hisobot berdi.

Faxriddin Yusupov oʻz hisobotida tumanda aholi daromadini oshirish, fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida biriktirilgan iqtisodiy kompleks, banklar hamda “Mahalla yettilliklari” bilan birgalikda qator ishlar amalga oshirilganini qayd qilib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning belgilangan prognoz koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha koʻrilayotgan choralar xususida soʻz yuritdi.

Hisobotda keltirilishicha, oʻtgan yil mobaynida iqtisodiy koʻrsatkichlarda yuqori oʻsish surʼati kuzatilgan boʻlib, sanoat mahsulotlari hajmi 112,1 foizga, xizmatlar hajmi 117,4 foizga, qurilish-pudrat ishlari hajmi 105,4 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 104,2 foizga oʻsgan. 2024-yilda tumanda 15 ming 836 ta yangi ish oʻrinlari yaratish belgilangan boʻlib, yil yakuni bilan amalda 20 ming 855 ta ish oʻrinlari yaratilgan va reja 132 foizga bajarilgan.

Sessiya kun tartibidagi tuman mahalliy byudjetining 2024-yilning toʻqqiz oyi davomida va yil yakuni boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Javlonbek Jumamurodov hisobot berdi.

Hisobotda 2024-yil 9 oy davomida Amudaryo tumani mahalliy byudjetning daromadlar rejasi jami 46 mlrd 803,1 mln soʻm qilib belgilangan boʻlib, ushbu reja jami 47 mlrd 673,6 mln soʻmga, yaʼni 870,5 mln soʻmga ortigʻi bilan bajarilgani, ushbu davrda mahalliy byudjetning xarajatlari jami 198 mlrd 138,9 mln soʻm qilib belgilangan boʻlib, amalda 185 mlrd 856,8 mln soʻmlik mablagʻlar sarflangan.

Sessiyada “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash borasida Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali boshligʻi Sherzod Sultanov hisobot berdi.

Deputatlar shuningdek tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida mazkur boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Ibragim Rajapovning hisobotini tingladilar.

Hisobotda qayd qilinganidek, 2024-yil mobaynida 404-sonli Prezident qarori asosida Beruniy mahallasi hududida joylashgan 31-sonli maktabga 330-oʻrinli, Xizr eli mahallasi hududida joylashgan 46-sonli maktabga 300-oʻrinli, Jumur ovul mahallasi hududida joylashgan 48-sonli maktabga 240-oʻrinli qoʻshimcha binolar hamda mazkur maktabga 12ga 24 metr oʻlchamli sport zali, bundan tashqari Qoramon mahallasi hududiga davlat investitsiya dasturi asosida 150-oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi, Qangli ovulida joylashgan 49-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga esa 90-oʻringa moʻljallangan yangi bino qurilishi ishlari sifatli tarzda yakuniga yetkazilgan.

Kun tartibidagi navbatdagi masala – “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlarni qayta taqsimlash masalasi yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi direktori Gʻulomjon Duysenbayev soʻzga chiqib, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, jamgʻarma mablagʻlarini mahallalar oʻrtasida qayta taqsimlash toʻgʻrisidagi taklif kiritdi va taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi, hisobotlar va oldinda turgan vazifalar boʻyicha rejalar tahlil qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026