16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Salomatlik 👁 582

FIDOYILIGI BILAN OʻZ HAYoTIGA FAYZ BAGʻIShLAGAN ODDIY HAMShIRA

FIDOYILIGI BILAN OʻZ HAYoTIGA FAYZ BAGʻIShLAGAN ODDIY HAMShIRA

Luiza serfarzand oilada dunyoga keldi. Tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi Toʻliboy ota va Hayitgul onalar tarbiyasini olgan 8 nafar oʻgʻil-qizning beshinchisi boʻlgan Luiza juda yoshligidan ota kasbiga mehr qoʻydi. Oʻzidan katta opa-akalari va uka-singillari bilan nihoyatda ahil-inoqlikda kechgan bolaligi, oʻsmirlik yillari u shifokor boʻlish orzusi bilan yashadi. Bobur nomli qishloqda va yaqin atrofdagi mahallalarda “qoʻli yengil Toʻliboy doʻxtir” nomini olgan otasiga havas qilib, tengdoshlari bilan oʻzaro oʻyinlarida u doimo shifokor vazifasini bajarar, vaqt oʻtib, ulgʻaygan sari uning ota kasbiga boʻlgan mehr va ixlosi tobora oshib, qalbidagi bu ishtiyoq haqiqiy orzuga aylandi. Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasida hamshira boʻlib ishlovchi oʻzidan katta opasi Feruzaxon bilan tibbiy birodar vazifasida xizmat qiluvchi Hasanjon akasining tibbiyotga doir kitoblarini qiziqish bilan oʻqib, oʻzini shifokorlarday his qilganida u hali maktab oʻquvchisi edi.

Umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tamomlagan Luiza Yangiboyeva qalbidagi ezgu orzusini amalga oshirish maqsadida 1995-yilda Andijon tibbiyot bilim yurtiga oʻqishga kirdi. Mazkur bilim yurtida oʻqish va amaliy mashgʻulotlar davrida tibbiyot sohasi boʻyicha chuqur nazariy hamda amaliy bilim olgan Luiza oʻqishni tugatgach, ilk mehnat faoliyatini 1997-1999-yillarda Andijon shahar markaziy shifoxonasining tugʻruqxona boʻlimida doya vazifasida ishlashdan boshladi. Andijonlik shifokorlar bilan birgalikda, til topishib ishlagan yillarini Luiza tajriba orttirish, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash borasidagi kasbiy toblanish davri sifatida alohida mehr bilan eslaydi.

– Shifokor uchun nazariy va amaliy mashgʻulotlarning uygʻunligi juda muhim, – deydi u. — Tibbiyotda nazariya qanchalik katta ahamiyat kasb etsa, amaliy-kasbiy koʻnikma undan ham muhimroq. Shifokor ana shu uygʻunlik jarayonida shakllanadi. Bu borada men andijonlik va keyinchalik ish faoliyatimda menga qoʻl-qanot boʻlgan amudaryolik ustoz shifokorlardan minnatdorman.

Barcha sohalarda ham yaxshi mutaxassis oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolmaydi, uning yetuklikka yetishuvida fidoyi ustozlarning mehnatlari alohida ahamiyatga ega. Bu borada Luiza Yangiboyeva ustozlardan yolchigan. U oʻziga ilk ustozlik qilgan Andijon shahar markaziy shifoxonasi tugʻruq boʻlimi katta doyalari Zulfiya va Dinora opalarini qalbida chuqur minnatdorlik bilan eslaydi. Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimi akusher-ginekolog shifokorlari Gulsara Allanazarova, Dinora Abduraimova, Habiba Toʻrayeva, tugʻruq boʻlimining oʻsha paytdagi tajribali doyalari Gulchehra Qoʻchqorova, Zulayho Imomovalarning qoʻllab-quvvatlashlari esa unga oʻz kasbiy mahoratini oshirishda juda katta tajriba maktabi vazifasini oʻtadi, “qoʻli yengil doya” sifatida shakllanishini taʼminladi. Natijada Luiza qisqa vaqt ichida nafaqat ustozlari, balki Tibbiyot birlashmasi rahbariyatining ishonch va hurmatiga sazovor boʻldi.

U 1999-2005-yillarda Amudaryo tuman markaziy shifoxonasi tugʻruq boʻlimi doyasi, 2005-2017-yillarda mazkur tugʻruqxona boʻlimi katta doyasi, 2017-2018-yillar oraligʻida Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi homilador ayollar patologiyasi boʻlimi doyasi lavozimlarida faoliyat olib bordi. 2018-yildan ayni paytgacha esa Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi boʻlib ishlayotgan Luizaning oʻzi endi koʻplab yoshlarga ustoz.

Bugungi kunda Luiza Yangiboyevaning shogirdlari orasida oʻz kasbining yetuk va bilimdonlari talaygina. Birgina 2024-yilda izlanuvchan va intiluvchan shogirdlaridan tugʻruq majmuasi hamshirasi Hulkaroy Qozoqboyeva “Yil hamshirasi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, mazkur koʻrik-tanlovning mamlakat bosqichida sovrinli 2-oʻringa sazovor boʻldi. Shuningdek, tugʻruq majmuasi hamshirasi Sanobar Ahmedova mazkur koʻrik-tanlovda oʻz yoʻnalishi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi, Oʻzbekiston miqyosida 3-oʻrin sohibasi boʻldi va “Eng yaxshi emlash hamshirasi” nominatsiyasi gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

Bundan tashqari oʻrta tibbiyot xodimlari oʻrtasida 2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda Luiza Yangiboyevaning shogirdlari katta muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritishdi. Xususan, Chamangul Urazakova “Eng yaxshi jarrohlik hamshirasi”, Oygul Eshniyozova “Eng yaxshi jonlantirish boʻlimi hamshirasi” yoʻnalishlarida faxrli 1-oʻrinni, Azizaxon Artikova esa “Eng yaxshi tibbiy brigada patronaj hamshirasi” yoʻnalishida 2-oʻrinni egalladi.

Oʻqib-izlanish, oʻz ustida doimiy ishlashni, “Eng yaxshi va foydali tajriba – ilmda” degan purmaʼno hikmatni oʻziga hayotiy shior qilib olgan Luiza Yangiboyeva bilim va tajribalarini yoshlarga oʻrgatishdan aslo charchamaydi. U Tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi sifatida bir vaqtning oʻzida birlashmaning barcha boʻlimlari katta hamshiralari, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlari katta hamshiralari, boʻlimlarning xoʻjalik ishlari boʻyicha bekalari va kichik tibbiy xodimlariga oʻta yuqumli kasalliklar, shifoxona ichi infektsiyalarining oldini olish, atrof-muhitni obodonlashtirish, shifokor odobi kabi mavzularda seminar-oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazadi. Patronaj hamshiralarning bilim va tajribalarini mustahkamlash, tibbiyot sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, sohaga tatbiq etilayotgan yangiliklar, qonunchilik hujjatlari, oʻzgarishlar yuzasidan amaliy mashgʻulotlar, tushuntirish ishlarini olib boradi.

Oʻtayotgan har bir ish kunini yangi mazmun bilan boyitib yashashga odatlangan Luiza Yangiboyeva oʻz mehnatining qadr topayotganidan mamnun. Fidoyi mehnati 2022-yilda soha vazirligi tomonidan alohida eʼtirof etilib, “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻlikni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Uning shaxsiy yutuqlari jamlangan albomidan birin-ketin Oʻzbekiston Respublikasi Hamshiralar Assosatsiyasi faxriy yorliqlari, Amudaryo tuman hokimligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligi tomonidan bildirilgan tashakkurnomalar ham joy oldi.

Inson uchun bu kabi eʼtibor va ragʻbatdan ham katta yana bir mukofot bor — bu xalq ishonchi, eʼtirofi. Nazarimda Luiza Yangiboyeva oʻzining fidoyi mehnati bilan ana shu maqomga ham erishganlardan. U nafaqat oʻz mehnat jamoasida, balki oʻzi istiqomat qiladigan mahallada va oilasida ham hurmat, ehtirom va ishonchga sazovor baxtiyor ona, fidoyi rafiqa, mehribon ona. Umr yoʻldoshi Endirboy Qurbonboyev bilan ahil-inoqlikda yashab, ikki nafar oqila qiz va oʻz kasbining bilimdoni boʻlgan bir oʻgʻilni el-yurtga kamarbasta insonlar qilib tarbiyalagan oilaparvar beka. Ayni paytda Luiza bilan Endirboy tuzgan mehr-muhabbat koshonasi — baxtiyor oila qoʻrgʻoni muhitida kamolga yetgan oʻgʻli Eldor nufuzli ishlab chiqarish korxonasining oliy maʼlumotli hisobchisi. Irodaxon Tibbiyot oliygohining 5-bosqich talabasi, Elmiraxon esa 76-sonli maktabning aʼlochi oʻquvchisi.

Luiza har kuni shahar koʻchalarini oralab Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi tomon borarkan, yoʻl boʻyi tanish-notanish insonlarning oʻziga alohida ehtirom bilan salom berishlaridan koʻngli togʻday yuksaladi. Ularga javoban samimiyat bilan mehr koʻrsatishga, koʻngillariga xush yoqadigan biron soʻz aytishga, shu orqali aziz xalqiga bu kabi eʼtibor uchun minnatdorchiligini izhor etishga intiladi. Qaysidir ishi, balki bir fazilati orqali xalqi uni maʼlum maʼnoda tanigani uchun koʻnglida xotirjamlik hissini tuyadi. Zero, xotirjam insonning hayotida maʼni, ishida fayz-baraka boʻladi. Luizaning hayoti ana shunday fayz-barakaga toʻla.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019