16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 04:54
Salomatlik 👁 723

BAKTERIOLOGIK TEKShIRUV: U QANDAY AMALGA OShIRILADI?

BAKTERIOLOGIK TEKShIRUV: U QANDAY AMALGA OShIRILADI?

Aholining sogʻlom va farovon yashashi koʻp jihatdan uning tibbiy madaniyatiga, yaʼni sogʻlom turmush tarziga amal qilishiga bogʻliq. Kundalik hayotida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qiluvchi, yashash xonadonini orasta tutuvchi insonlar kamdan-kam holatlarda kasallikka chalinadilar. Aksincha, pala-partish hayot tarzini oʻziga odatiy hol sifatida qabul qiluvchi insonlarning turli yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar bilan ogʻrib turishi koʻp kuzatiladi. Aholi orasida bunday noxush holatlarning, ayniqsa, yuqumli infektsiyalar, xavfli bakteriyalar tarqalishining oldini olishda Sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va Jamoat salomatligi boʻlimining bakteriologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan tahliliy tekshiruv ishlari, xavfli bakteriyalar va infektsiyalar oʻchogʻini aniqlash hamda xavfni bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega.

Amudaryo tuman Sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi bakteriologiya laboratoriyasida 2 nafar oliy toifali, bir nafar 1-toifali va yana bir nafar oliy maʼlumotli shifokor, 3 nafar oliy, bir nafar 1-toifaga ega malakali laborantlar hamda 4 nafar kichik tibbiyot xodimlar faoliyat olib borishadi.

Oʻzaro hamjihatlik muhiti qaror topgan jamoada aholi salomatligini qatʼiy talablar asosida muhofaza qilish, tuman hududida oʻtkir yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi infektsiyalar va xavfli bakteriyalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar puxta reja asosida amalga oshiriladi. Natijada koronavirus infektsiyasidan soʻng tuman hududida yuqumli infektsiyalar umuman kuzatilmadi. Oʻtkir oshqozon-ichak kasalliklari, turli yiringli va bolalar orasida koʻp uchraydigan gijja kasalliklarini aniqlash hamda ushbu kasalliklar oʻchogʻini bartaraf etish borasidagi bakteriologik tekshiruvlar samarali tashkil etilgani bois yil sayin tuman aholisi orasida yuqumli kasalliklarga chalinish holatlari tobora kamayib bormoqda.

Bakteriologiya laboratoriyasida sanitariya boʻlimi, oʻtkir oshqozon-ichak kasalliklari hamda havo-tomchi boʻlimlari faoliyat olib boradi. Laboratoriyaga tuman Tibbiyot birlashmasidan, tumandagi barcha maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalaridan, aholi yashash joylaridan, shuningdek, ichimlik suvlari manbalaridan namunalar olib kelinib tekshiriladi va boshqa obʼektlardan namuna xamda sinamalar qabul qilinadi. Keltirilgan barcha namunalar laboratoriyaning malakali mutaxassislari tomonidan belgilangan qatʼiy laborator nazorat asosida tekshirilib, tahliliy xulosalar beriladi.

Tuman Tibbiyot birlashmasidan havo, suv, surtma namunalari hamda barcha boʻlimlardan olib kelingan tibbiy asbob-uskunalarning sterillik holati doimiy ravishda bakteriologik tekshiruvdan oʻtkazib boriladi. Shuningdek, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida mazkur muassasalar joylashgan hududlardan suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, muntazam ravishda tahliliy tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydigan stafilokokk kasalligi, barcha yosh toifadagi bolalar va kattalarda kuzatiladigan ovqatdan zaharlanish, yaʼni botulizm kasalligiga qarshi kurash vaqtida amalga oshirilmasa, koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, laboratoriya xodimlari tomonidan bemorlar va ular bilan muloqotda boʻlganlardan tahlil uchun qon olinib, jiddiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Bakteriologiya laboratoriyasi xodimlari uchun har bir kun qaynoq ish jarayonida oʻtadi. Oʻta xavfli yuqumli kasalliklarga tekshirish, musbat chiqqan natijalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va Jamoat salomatligi boshqarmasining oʻta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasiga yuborish ham aynan shu yerda, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, parazitologiya laboratoriyasida aholi tomonidan olib kelingan namunalar yuzasidan parazit kasalliklarini aniqlash boʻyicha tahlillar amalga oshirilib, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini gijja kasalligiga tekshirish ishlari ham amalga oshiriladi.

Bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha ishlarning mazmun-mohiyatida xalqimiz salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishdek ezgu niyat mujassam. Zero, salomatlik bor joyda farovonlik, yuksak taraqqiyot va baxtiyor hayot hukmron boʻladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026