16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Salomatlik 👁 798

“SALOMATLIK UChUN BADANTARBIYa VA 5000 QADAM PIYoDA YuRISh” MARAFONI OʻTKAZILDI

“SALOMATLIK UChUN BADANTARBIYa VA 5000 QADAM PIYoDA YuRISh” MARAFONI OʻTKAZILDI

Salomatlik – insonning eng katta boyligi hisoblanadi. Bugungi zamonaviy taraqqiyot ritmida va doimiy stressli vaziyatlarda ana shu boylikni asrab-avaylash, organizmni sogʻlomlashtirish uchun vaqt ajratish qiyin. Lekin Butunjahon Sogʻlikni saqlash tashkilotining tavsiyasi – sogʻlom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish insonni ham maʼnan, ham aqlan chiniqtirishini hisobga olsak, alohida vaqt ajratmay turib ham inson mustahkam salomatlik sohibi boʻlishi mumkin.

Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, salomatlikni belgilovchi omillar 10-15 foiz ekologiyaga, 10-15 foiz genetikaga, 10-12 foiz tibbiyot tizimi darajasiga va 55-60 foiz sogʻlom turmush tarziga bogʻliq ekan. Vaholanki, sogʻlom turmush tarziga amal qilish oʻziga va atrofidagilarga eʼtiborli boʻlish, kundalik sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish har bir tibbiy madaniyatli insonning burchidir. Butunjahon Sogʻlikni saqlash tashkiloti bayrami – 7-aprel sanasi bilan bogʻliq tadbirlar butun dunyo xalqlarini ana shu burch masʼuliyatini his etib yashashga daʼvat etib keladi. Chunki Jahon Sogʻlikni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, birgina ekologik muammolar tufayli har yili yer yuzida 13 mln. kishi vafot etadi.

Yer kurrasining 90 foizdan ziyod aholisi nosogʻlom havodan nafas oladi. Qolaversa, global isish, turli tabiat hodisalari va suv tanqisligi insonlar sogʻligiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bundan tashqari, notoʻgʻri ovqatlanish, haddan tashqari shirinlikka ruju qoʻyish, kamharakatlilik va semirish yurak qon-tomir, saraton kasalliklarining kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.

Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasining sport-sogʻlomlashtirish maydonchasida 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Salomatlik uchun badantarbiya va 5000 qadam piyoda yurish” tadbirida Tibbiyot birlashmasining tajribali shifokorlari tomonidan bu haqda batafsil soʻz yuritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligining koʻrsatma xatida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi Salomatlik va strategik rivojlanish boʻlimi sport targʻibotchisi Ibodulla Nurimbetov rahbarligida oʻtkazilgan tadbir avvalida ishtirokchilar badanni chiniqtiruvchi mashqlarni bajardilar.

Shundan soʻng, tibbiyot xodimlari Shifokorlar koʻchasi boʻylab 5000 qadam piyoda yurish marafonida qatnashdilar. Ona tabiat bagʻrida, ertalabki musaffo havodan bahramand boʻlib, piyoda yurish marafonida ishtirok etgan 150 nafardan ziyod tibbiyot xodimlari shu kungi ish faoliyatlarini koʻtarinki kayfiyatda, tetiklik bilan boshladilar. Zero, ertalabki badantarbiya mashqlari nafaqat sogʻlom turmush tarzi, balki ijtimoiy va jismoniy faollikning birdan-bir asosidir.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019