16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:54
Fan va taʼlim 👁 323

Har bir sinfda bilim va ilhom nafasi

Har bir sinfda bilim va ilhom nafasi

Aniq maqsad, yuqori shijoat va ilhombaxsh muhit – Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bu yerda oʻqish niyatidagi talabgor-ishtirokchilar qalbida ana shunday iliq taassurotlarni qoldirdi. Maktabdagi taʼlim sifati, oʻquvchilarning zukkoligi hamda zamonaviy bilimlarga boʻlgan intilishini tadbir davomida his etish qiyin emas edi. Taqdimotchi-oʻquvchilarning ishonchli, ravon va mazmunli chiqishlari maktabda amalga oshirilayotgan taʼlim-tarbiya ishlarining samaradorligini yorqin namoyon etdi. Mehmonlar maktabda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida, bu dargohda kamol topayotgan yosh avlodning yuqori salohiyatiga ham guvoh boʻlishdi.

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida taʼlim-tarbiya jarayoni, oʻquvchilarning bilim darajasi, isteʼdod va qobiliyati, pedagoglarning faoliyati keng jamoatchilikka namoyon etildi.

Tadbirda talabgor oʻquvchilar, ularning ota-onalari, maktablardan psixologlar ishtirok etdi. Mehmonlar uchun har bir fanga moʻljallangan maxsus oʻquv sinfxonalari, fan-laboratoriya xonalari, zamonaviy kompyuter sinfxonalari, bir soʻz bilan aytganda, maktabda yaratilgan barcha sharoitlar namoyish etildi. Mehmonlar dars mashgʻulotlari, toʻgaraklar faoliyati va ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Ayniqsa, tadbirning oʻquvchilar tomonidan erkin tarzda zukkolik bilan olib borilishi bu yerdagi taʼlim muhiti darajasini yaqqol koʻrsatib berdi.

Jumladan, kimyo va biologiya fanlari uchun moʻljallangan, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalarida yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida ochiq dars mashgʻulotlari tashkil etildi. Darslar davomida oʻquvchilar nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini namoyon etishdi. Ular turli tajriba va kuzatuvlar orqali tabiat qonunlarini tadqiq etish, ilmiy yondashuv asosida xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega ekanliklarini namoyish qilishdi. Bu esa oʻquvchilarning faqat nazariy emas, amaliy bilimlarga ham ega ekanligini koʻrsatdi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida oʻquvchilar sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari va robototexnika yoʻnalishlarida ham bilim va koʻnikmalarini namoyon etishdi. Ular tomonidan tayyorlangan dasturiy modellar, turli sensorli qurilmalar va robototexnik jihozlar namoyish qilindi. Bu esa oʻquvchilarning raqamli texnologiyalarga boʻlgan qiziqishini, innovatsion fikrlash va ilmiy ijodkorlik salohiyatini yaqqol koʻrsatdi.

Shuningdek, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik faniga ixtisoslashtirilgan sinfxonalardagi moddiy-texnik baza ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu sinflarda harbiy qurol-aslahalar, himoya vositalari va oʻquv qoʻllanmalari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari ushbu jihozlar bilan bevosita tanishish, ularning tuzilishi va qoʻllanilishi haqida amaliy maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Bu esa yoshlarda Vatanga sadoqat, masʼuliyat va harbiy-maʼnaviy tarbiyaga boʻlgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

Bunday tadbirlar maktab faoliyatidagi shaffoflikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar muassasaning kundalik hayotini oʻz koʻzlari bilan koʻrib, ishonch va hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniga ega boʻladilar. Shu bilan birga, maktab jamoasi uchun ham bunday ochiq muloqot motivatsiya manbai boʻlib xizmat qiladi — ular oʻz ishlarini xolis baholash va kelgusidagi faoliyatni yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Tadbir davomida bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida taʼlim sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi shubhasiz. “Ochiq eshiklar kuni” maktabning jamoatchilik oldidagi nufuzini oshirish, yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochish va iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash borasida muhim vosita boʻldi. Bu nafaqat targʻibot, balki muassasaning yanada rivojlanishiga xizmat qiluvchi amaliy natijalarni ham berishi bilan ahamiyatlidir.

Bunday tadbirlar orqali maktab jamoasi, oʻquvchilar va ota-onalar oʻrtasida samarali muloqot, hamkorlik va oʻzaro ishonch mustahkamlanishi taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarishi shubhasiz.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019