16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Jamiyat 👁 237

Tarix nafasi va zamonaviy targʻibot: Chilpiq qalʼasidagi xalqaro promo-tur

Tarix nafasi va zamonaviy targʻibot: Chilpiq qalʼasidagi xalqaro promo-tur

2026-yilda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati arafasida Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada mustahkamlash, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi va betakror turistik salohiyatini keng targʻib etish maqsadida “Uzbekistan Road Trip to World Cup 2026” nomli yirik xalqaro promo-tur loyihasi izchil davom etmoqda.

Mazkur loyiha doirasidagi navbatdagi manzil sifatida Chilpiq qalʼasi tanlangani bejiz emas. Qadimiy tarix va sir-sinoatlarga boy ushbu maskan nafaqat arxeologik yodgorlik, balki butun Qoraqalpogʻiston Respublikasi turistik salohiyatining yorqin timsolidir.

13-aprel kuni promo-tur ishtirokchilari Chilpiq qalʼasida tantanali ravishda kutib olindi. Milliy ruh aks etgan folklor jamoalarining chiqishlari mehmonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Qadimiy kuy-qoʻshiqlar, milliy raqslar va anʼanaviy marosimlar orqali mehmonlar xalqimizning boy madaniyati va mehmondoʻstligini chuqur his etishdi.

Shundan soʻng, keng auditoriyaga ega blogerlar tomonidan Chilpiq qalʼasi haqida turli formatdagi media-kontentlar — videoroliklar, fotojamlanmalar, hikoya va reportajlar tayyorlandi. Ushbu kontentlar xalqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilib, Oʻzbekistonning turistik jozibadorligini namoyon etishga xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida hudud yoshlari ham faol ishtirok etib, ajdodlarimizdan meros boʻlib qolgan tarixiy obidalar, qadimiy urf-odatlar va milliy qadriyatlar haqida yangi bilimlarga ega boʻlishdi. Bu esa yosh avlodning milliy oʻzlikni anglash, tarixga hurmat ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Promo-tur dasturiga koʻra, ishtirokchilar Taxtakoʻpir tumanidagi Qarateren turistik majmuasi hamda Taxtobe turistik majmuasiga ham tashrif buyurishlari rejalashtirilgan. Ushbu maskanlar oʻzining tabiiy goʻzalligi, ekologik tozaligi va oʻziga xos landshaftlari bilan sayyohlarni oʻziga rom etadi.

Bugungi kunda ichki turizmni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Qoraqalpogʻiston kabi tarixiy maskanlarga boy hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi yoʻnalishlarni ochish, xizmatlar sifatini oshirish orqali nafaqat xorijiy sayyohlarni, balki mahalliy turistlarni ham jalb etish mumkin.

Ichki turizmning rivojlanishi hududiy iqtisodiyotning jonlanishiga, yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga, milliy hunarmandchilik va xizmat koʻrsatish sohalarining kengayishiga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, “Uzbekistan Road Trip to World Cup 2026” kabi loyihalar nafaqat xalqaro imijni mustahkamlash, balki ichki turizmni ragʻbatlantirishda ham muhim platforma vazifasini oʻtamoqda.

Chilpiq qalʼasida oʻtkazilgan mazkur tadbir yana bir bor shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekiston — bu nafaqat boy tarix, balki zamonaviy turizm imkoniyatlari mujassam boʻlgan mamlakatdir. Qoraqalpogʻistonning betakror tabiati, sirli tarixiy obidalari va samimiy insonlari esa uni alohida jozibador maskanga aylantiradi.

Bunday tashabbuslar orqali Oʻzbekistonning turistik salohiyati dunyo miqyosida tobora keng tanilib boraveradi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019