16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:28
Salomatlik 👁 2,837

JISMONIY VA AQLIY FAOLLIK OʻTA MUHIM

JISMONIY VA AQLIY FAOLLIK OʻTA MUHIM

Isonning yetuk va barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun qanday omillar bor va bu omillardan biz oʻz hayotimizda foydalanayotirmizmi?

Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismonan va aqlan yetuklikka erishish uchun kundalik hayotimizda qanday qoida va meʼyorlarga amal qilayotirmiz?

Bizning bugungi suhbatdoshlarimiz sport sohasi murabbiylari, suhbatimiz mavzusi esa aynan yuqoridagi savollar doirasida boʻldi.

Bahrom SOATOV, 1-sonli BOʻSMning katta tennis boʻyicha murabbiysi:

- Avvalo shuni aytish kerakki, sport - goʻzallik, epchillik, kuch-qudrat, bulardan ham eng muhimi, mustahkam sogʻlik manbai. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, sport bilan shugʻullanadigan yoshlarning dunyoqarashi keng, fikrda sobit, yuzida tiniqlik, harakatlarida dadillik boʻladi. Bunday yoshlar oʻziga ishonadi, atrofidagilarning hurmatini qozona oladi. Vaqtini qanday rejalashtirishni yaxshi bilgani uchun bunday yoshlarimiz turmushimizga yot boʻlgan zararli illatlarga, ayniqsa, kashandalik, giyohvandlik, alkogolizmga ruju qoʻymaydilar. Sport bilan shugʻullangan yoshlarning eslab qolish qobiliyati yaxshi boʻladi, agar ular talaba boʻlishsa, fanlarni oʻzlashtirishda, oʻzi tanlagan kasb boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishda aslo qiynalmaydi.

Xurshid ISMOILOV, 3-sonli BOʻSMning stol tennisi boʻyicha murabbiysi:

- Koʻpchilik sportga shunchaki bir soha sifatida qaraydi. Aksincha, sport – har bir inson hayotining ajralmas qismi boʻlib qolishi kerak. Muhtaram Prezidentimiz bekorga mamlakatimizning sport salohiyatini yuksaltirishga jiddiy eʼtibor bilan qarayotganlari yoʻq. Chunki eng avvalo sport - millatimiz obroʻ-eʼtiborining oshishida muhim omil boʻlibgina qolmay, xalqimizning, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodning ham aqlan, ham jismonan yetuklikka yetishuvida eng muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, sport-sogʻlomlashtirish ishlariga eʼtibor ham, ehtiyoj ham kuchaydi.

Bahrom SOATOV:

-Toʻgʻri aytasiz, shuning uchun ham sobiq Ittifoq davrida Mangʻitdan nariga oʻtmagan sportchilarimiz dunyoning nufuzli sport arenalarida yurtimiz sharafini himoya qilishayapti. AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Ispaniya, Turkiya, Rossiya, Angliya, Germaniya kabi davlatlarning sportchilari bilan bemalol bellasha oladigan amudaryolik sportchilar - dzyu-do kurashi boʻyicha Yevropa kubogi gʻolibi Elyor Masharipov, boks boʻyicha Oʻzbekiston kubogi gʻolibi Jaloliddin Aminov, Jasur Poʻlatovlarning nomini bugun sport muxlislari juda yaxshi biladi. Bunday yutuqlarga erishish uchun sportchi-yoshlarimiz oʻsib-ulgʻaygan oila muhiti ham muhim rol oʻynaydi.

Shahodat RAJABOVA, 3-sonli BOʻSMning badiiy gimnastika boʻyicha murabbiysi:

- Insonning ham aqlan, ham jismonan shakllanishida faqat sport bilan muntazam shugʻullanishning oʻzi kifoya qilmaydi. Sportchi nafaqat oʻzining kuch-qudrati, balki, maʼnan barkamolligi bilan ham gʻalabalarga zamin hozirlaydi. Maʼnaviy yetuklikka esa ilk qadam oilada qoʻyiladi. Oilada sogʻlom muhit qaror topgan boʻlsa, sportchining gʻalaba tomon imkoniyatlari ham kengayib boraveradi. Shu bois, oilalarimizda sogʻlom turmush tarzi hukmron boʻlsa, yaʼni, ota-ona tarbiyali, samimiy va xushmuomala boʻlishsa, ularning farzandlari ham yoqimli xulq-atvorga ega, xushfeʼl boʻlishadi. Agar u mohir sportchi boʻlsa, albatta raqibi ustidan gʻalaba qozonish unga oson kechadi. Chunki bunday sportchi vujudida jismoniy yetuklik bilan maʼnaviy yetuklik uygʻun tarzda rivojlanib boradi.

Xurshid ISMOILOV:

- Bu fikringizga toʻliq qoʻshilaman. Bola sportning oʻzi yoqtirgan turi bilan qanchalik jiddiy shugʻullanmasin, u kamol topayotgan oila muhiti nosogʻlom boʻlsa, uning urinishlari befoyda. Shuning uchun men oʻz hayotini sport sohasi bilan bogʻlashga ahd qilgan yoshlarning ota-onalariga, oila aʼzolariga bir gapni qayta-qayta aytgim keladi: farzandingiz el-yurt, qolaversa, oilangiz shaʼnini yuksaltiruvchi yetuk shaxs sifatida shakllanishini istasangiz, eng avvalo feʼlingizni keng qiling, hayot insonga faqat bir marta berilishini unutmang, oilada va jamiyatda chiroyli, orasta, fikran sogʻlom insonlar safida boʻlishga intiling.

Hamida RAJABOVA, stol tennisi boʻyicha 1-sonli BOʻSM murabbiysi:

- Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda shaxs eng avvalo faol boʻlishi kerak. Jismonan va aqlan faol inson hech qachon yomon odatlarga berilmaydi, kundalik hayotida vaqtni toʻgʻri rejalashtiradi. Yaʼni, mehnatga ijodiy yondashish – berilib ishlashga odatlanish, vaqtida, toʻgʻri ovqatlanish, tozalikka rioya etish, oʻzini yomon odatlardan tiyish, nos va tamaki chekish, spirtli ichimlikdan oʻzini saqlash, kuchli jismoniy va ruhiy holatga erishish, tanani haddan tashqari zoʻriqtirishdan saqlash, xushfeʼl boʻlish oʻta muhim. Tirnoq ostidan kir qidiradigan, boʻlar-boʻlmasga asabiylashib, suhbatdoshining jigʻiga tegadigan odam – bilib qoʻyingki, juda tez qariydi va kasallikka chalinuvchan boʻladi.

Shahodat RAJABOVA:

- Eng muhimi, inson oʻzini boshqalarga xush kelmaydigan odatlardan tiymogʻi kerak. Oilada tozalik, yaxshi taʼminlangan shart-sharoit boʻlsa-yu, insoniy mehr-oqibat, oʻzaro hurmat, shirin muomala boʻlmasa, bunday oilaga sogʻlom turmush tarzi tamoman yot. Shu bois, men yurtdoshlarimizga shunday der edim:

- Azizlar, sogʻlom turmush tarzi – sogʻligimiz garovigina emas, balki, oilalarimizning fayz-u tarovati, tinch-osoyishtaligi, farovonligi, ham jismonan, ham aqlan kamolotga yetishmoqlikdir. Va demakki, jismonan va maʼnan barkamol avlod kelajagi sari ezgu qadamdir. Buni unutish – Vatanning va millatning kelajagiga loqaydlikning bir koʻrinishidir. Shunday emasmi, azizlar!

Suhbatni Robiya YOʻLDOShEVA yozib oldi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026