16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Qishloq xoʻjaligi 👁 248

Tomorqa xonadon xazinasiga aylanyapti

Tomorqa xonadon xazinasiga aylanyapti

Azaldan mehnatkash, tinib-tinchimas, ishning koʻzini biladigan xalqimiz har bir qarich yerdan unumli foydalanishni oʻrgangan. Bekorchidan hamma bezor boʻlganidek, hamisha biror ishning payida, harakatda boʻlib kelgan. Shu bois yurtimizda dasturxonlar toʻkin, xonadonlar fayzli, mehmondoʻstlik esa xalqimizga xos fazilatga aylangan.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tomorqadan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hukumat tashabbuslari asosida issiqxonalar qurish, tokzorlar barpo etish, iqlimga mos ekinlar yetishtirish kabi yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar oʻz samarasini bermoqda. Bu jarayonda koʻplab oilalar oʻz tomorqasidan yuqori hosil olib, yerni oilaviy daromad manbaiga aylantirmoqda.

Ayniqsa, bugungi kunda tomorqaga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. Xonadon egalari har qarich yerdan unumli foydalanishga harakat qilmoqda. Tomorqadan samarali foydalanish orqali doimiy bandlik taʼminlanayotgani esa ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy farovonlikka xizmat qilmoqda. Bu nafaqat oilaviy daromadning ortishiga, balki mahallaning, qolaversa, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ham munosib hissa qoʻshmoqda.

Amudaryo tumanining Oʻzbekiston mahallasini bu jihatdan namuna sifatida tilga olish mumkin. Mahalla ahli tomorqani shunchaki yer emas, balki daromad va farovonlik manbai sifatida qadrlashadi. Mirishkor dehqonlar oila aʼzolari bilan hamjihatlikda mehnat qilib, har qarich yerni xazinaga aylantirmoqda.

Mahallada yashovchi Charshamboy ota Qurbonboyev mehnatni hayot mazmuniga aylantirgan nuroniylardan. Charshamboy ota turmush oʻrtogʻi Oʻgʻiljon momo, farzandlari va nevaralari bilan birgalikda tomorqada mehnat qilib, oʻzgacha huzur topadi.

Peshona teri ortidan xazinaga aylangan 30 sotixlik tomorqada tarvuz, qovun, bodring, pomidor va boshqa ekinlar yetishtiriladi. Xonadon bogʻida hosilga kirgan oʻrik, olma, shaftoli, anjir, anor va boshqa mevali daraxtlar har mavsumda oila dasturxoniga fayz bagʻishlaydi.

Erta, oʻrta va kechpishar mevalar bogʻni xush manzaraga aylantirgan. Ayniqsa, uzum navlarining xilma-xilligi havasingizni keltiradi. “Rizamat ota”, “Kelinbarmoq”, “Mersedes”, “Husayni”, “Toifi” kabi sara navlardan olingan shirin hosil bogʻbon mehrini anglatadi goʻyo.

Charshamboy ota xonadoni faqat dehqonchilik bilan cheklanib qolmagan, chorvachilik ham yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa oilani sut mahsulotlari bilan doimiy taʼminlaydi va ehtiyojdan ortgani xalqimiz bilan baham koʻriladi.

Xonadon turmush tarzi va madaniyatining koʻzgusiga aylangan tomorqada yetishtirilgan mahsulotlar nafaqat oila dasturxoni, balki mahalliy bozor rastalarini ham toʻldirib turibdi. Xonadondagi bunday fayzli muhit, albatta, halol mehnat samarasidir. Xonadon sohib va sohibalari hovlidagi xazinadan unumli foydalanish, boʻsh qoldirmaslik, har qarich yerni yashnatishni insoniy burchi deb bilishadi.

Oʻzbekiston mahallasidagi dehqonlar yerdan toʻgʻri va samarali foydalanishning yorqin namunasi, desak adashmaymiz. Mirishkorlar iqlim sharoitini hisobga olgan holda turli ekinlar ekib, yiliga ikki-uch marta hosil olishga erishmoqda. Dehqonchilik, bogʻdorchilik va chorvachilik sohalarida toʻplangan tajriba bugungi kunda samara berayotgani quvonarli holdir.

Afsuski, baʼzan tomorqasi boʻlsa-da, undan foydalanmaydigan odamlar ham uchrab turadi. Yer bor joyda ish bor, mehnat bor joyda fayz va baraka boʻladi. Shuning uchun har bir xonadon tomorqasini qadrlashi, undan oqilona foydalanishi va har bir qarich yerni obod qilishga intilishi zarur. Bu nafaqat oila farovonligi, balki yurt taraqqiyotining ham asosidir.

Agar Oʻzbekiston mahallasiga yoʻlingiz tushsa, Charshamboy ota xonadoniga albatta kirib oʻting. Bir piyola choy ustida dehqonchilik, bogʻdorchilik va tomorqachilikka oid amaliy bilimlardan bahramand boʻlasiz, xonadon tomorqasida yetishtirilgan sarxil neʼmatlardan tatib koʻrasiz. Erta bahor yoki kech kuzda borsangiz, albatta, sara navli koʻchatlar va qalamchalardan bebahra qolmaysiz.

Yoʻlga tushar ekanmiz, dildan shunday niyat oʻtdi: nuroniylarimiz koʻpaysin, bogʻlarimiz serhosil, bozorlarimiz toʻla, dasturxonlarimiz esa hamisha toʻkin-sochin boʻlsin!

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019