16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:48
Jamiyat 👁 189

Jinoyatchilikning oldini olish – barqarorlik va taraqqiyot kafolati

Jinoyatchilikning oldini olish – barqarorlik va taraqqiyot kafolati

Bugun yurtimizda xavfsizlik, qonun ustuvorligi va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xavfsiz muhitni yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, hududlarda tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining birinchi oʻrinbosari Oybek Shomuratov rahbarligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda islohotlar ijrosi kabi muhim va dolzarb masalalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Mazkur yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, tegishli boʻlim va tashkilotlar rahbarlari, "Mahalla yettilik"lari masʼullari ishtirok etdi. Asosiy eʼtibor jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va eng muhimi – xavfsiz mahalla tizimini takomillashtirishga qaratildi.

Yigʻilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha qabul qilingan 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuzilgan yoʻl xaritalari boʻyicha olib borilgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yoʻllari belgilab olindi.

Tahlillarga koʻra, baʼzi hududlarda profilaktik ishlar yetarli darajada olib borilmayotgani, yoshlar bilan ishlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani, oilaviy nizolarni vaqtida hal etmaslik kabi omillar jinoyatchilik xavfini oshirmoqda. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi” institutining faolligini kuchaytirish, mahalla profilaktika inspektorlari, ijtimoiy xodimlar va imomlar hamkorligida barqaror mexanizm yaratilishi lozimligi  taʼkidlandi.

Oybek Shomuratov oʻz chiqishida jinoyatchilikka qarshi kurashish faqatgina huquq-tartibot idoralarining vazifasi boʻlib qolmasdan, barcha davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari va har bir fuqarodan bu borada chuqur masʼuliyat talab qilinishini alohida taʼkidladi.

Yigʻilish yakunida hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish, xavfsiz muhitni shakllantirish boʻyicha amaliy choralar, aniq vazifalar belgilab olindi. Jumladan, “xavfsiz hudud” kontseptsiyasini toʻlaqonli amalga oshirish, axborot-tahliliy monitoringni kuchaytirish, yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish kabi yoʻnalishlar boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Aytish joizki, jinoyatchilikning oldini olishda tizimli yondashuv, hamjihatlik va qatʼiyat asosiy omillardan sanaladi. Aholi osoyishtaligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish esa nafaqat bugunning, balki ertangi taraqqiyotning ham kafolatidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019